#Jarayon
Noqulay ob-havo sharoitida ham aholi murojaatlari tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda
Qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filialida 24 soatlik navbatchilik asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Aholining murojaatlari ob-havo harorati noqulay boʻlishiga qaramay, soha masʼullari tomonidan oʻz yechimini topmoqda. Buning uchun viloyatda 633 nafar xodimdan iborat 186 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan.
Aytish mumkin, 2023-yilda 600 km.ga yaqin tarmoqlar va 128 ta transformator punktlar, 13 mingta tayanch ustunlari yangilandi.
Angren shahri va Quyi Chirchiq, Boʻstonliq, Parkent, Yangiyoʻl tumanlaridagi sanoat zonalarida podstansiyalarni qurish-taʼmirlash ishlaridan soʻng, 50 dan ortiq yirik sanoat korxonalari yangi tarmoqlarga ulandi, 230 ta mahallada elektr tizimlari yaxshilandi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter