Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.7K subscribers
33.5K photos
4.01K videos
10 files
12.1K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#tabrik

Hurmatli tumandoshlar!


Sizlarni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Yangi yil – yangi orzu-umidlarga qanot. Bugun vaqtning shiddat bilan oʻtishiga yana bir bor guvoh boʻlib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qoʻymoqdamiz.

Oʻtayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda boʻlib oʻtgan tashvishli va quvonchli voqea­larni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor koʻz oʻngimizdan oʻtkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz.

Tumanda yuz berayotgan oʻzgarishlarni, xonadonlarimiz, mahalla, qishloq-ovullarimiz bugun tobora obod va goʻzal boʻlib borayotganini hisobga olib, 2023-yil biz uchun har tomonlama xosiyatli va fayzli boʻldi, deb ayta olamiz.

Ushbu qutlugʻ ayyom ostonasida turib, oʻtayotgan yildan rozi boʻlsak, Yaratganga har qancha shukronalar aytsak, arziydi.

Zero, tuman ravnaqi yoʻlida erishilayotgan barcha yutuqlarda Sizlarning ham munosib hissangiz borligi har birimizni gʻururlantirib, yangi marralarni zabt etishga kuch va shijoat bagʻishlaydi.

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda Sizlarni va oila aʼzolaringizni qutlugʻ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilak­larimni izhor etishni oʻzim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Shu qutlugʻ ayyomda erishgan barcha yutuqlarimizning bunyodkori boʻlganingiz uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Aziz va qadrli tumandoshlarim!

Qalblarimiz pok niyatlarga toʻlib turgan ushbu quvonchli lahzalarda Siz azizlarni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.

Sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka, oilaviy baxt-u saodat tilayman. Yangi yilning qadami qutlugʻ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon boʻlsin!

Yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!‌‌

Hurmat va ehtirom ila
Boʻstonliq tumani hokimi

Joʻrabek Axmedov


🌍Web-site | Telegram |💬Facebook | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат

2024 йил 1-10 январь кунларида Бўстонлиқнинг тоғли ҳудудларидаги дам олиш масканларига олиб борувчи 4Р6 автомобиль йўлининг маълум қисмида йўл-транспорт ҳодисалари ҳамда тирбандликларнинг олдини олиш мақсадида транспорт воситаларининг ҳаракати бир томонлама ташкил этилади.

Батафсил изоҳ видеода👆📹

👉 @YHXX_UZ
#2024_yil_1_yanvardan

🗓 1-yanvardan nimalar o'zgaradi?


🔹Pensionerga hisoblangan ammo o'z vaqtidan olinmagan pensiyani to'lash muddati uzaytiriladi BATAFSIL

🔹Ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi BATAFSIL

🔹Bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi BATAFSIL

🔹Garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi BATAFSIL

🔹Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi BATAFSIL

🔹Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi BATAFSIL

🔹Maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikasiyalanadi BATAFSIL

🔹Ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi BATAFSIL

🔹Yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi BATAFSIL

🔹Uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini o'zi band qilish hisoblanadi BATAFSIL

🔹Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so'mgacha oshiriladi BATAFSIL

🔹Ayrim poezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi BATAFSIL

🔹Professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi BATAFSIL

🔹Maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi BATAFSIL

🔹Kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat beriladi BATAFSIL

🔹Ayrim tibbiy xizmatlar Davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi BATAFSIL

🔹Baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi BATAFSIL

🔹Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi BATAFSIL

🔹“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi BATAFSIL

🔹Kredit qarzdorligini undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Rasman

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil bayram tabrigida ma’lum qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Барча воқеалардан биринчилардан хабардор бўлишни истайсизми?

Сизни ҳудудларда бўлаётган воқеалар қизиқтирадими?

Интернет тармоғидаги қайси манбаага суянишни билмаяпсизми?


Ишончли манбаадан янгиликларни билмоқчимисиз?

Воқеалар ривожи онлайн режимда!

Сиёсат оламидаги янгиликлар, иқтисодий, ижтимоий, маданият ва спорт янгиликлари барчаси бизни саҳифаларимизда.

📌Бизнинг Hudud inform телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида мудофаа қурилиши ва Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларини ривожлантириш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам оборонного строительства и развития Вооруженных Сил Республики Узбекистан.

#Mirziyoyev #yigilish #mudofaa #QurolliKuchlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰🥰😇🥰🥰🥰🥰
#Boʻstonliq_tumani
#dehqon_xoʻjaligi

📣IMKONIYATNI QOʻLDAN BOY BERMANG

📝Endilikda sizda “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali elektron savdolarga qatnashib, Boʻstonliq tumani hududidagi dehqon xoʻjaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

👉 Ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi

Yoshlar doimiy eʼtiborda

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan (patronat) bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta'minlash hamda bolani o'z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa pullari uchun qo'shimcha mablag'lar ajratilishi belgilandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg'armasi mablag'lari hisobidan viloyat hokimligiga 57 million 827 ming so'm miqdorda mablag' ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰Ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (51 mln so'mdan 68 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

❗️Yetkazilgan moddiy zararning o'rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
HARBIY XIZMATGA CHAQIRILUVCHILAR DIQQATIGA!!!

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi PF-4054-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi” Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-291-son qaroriga muvofiq, navbatdagi 2024-yilgi chaqiruv mavsumiga Bo‘stonliq tumani hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1997-2006-yillarda tug‘ilgan chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o‘tash uchun 2024-yilning 10-fevral kuniga qadar tanlovda  qatnashishlarini so‘raymiz.

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga topshirishlari uchun to‘plagan baliga qo‘shimcha 50% miqdorda tavsiyanoma berilishi ma’lum qilingan.

🟢Sizlarga 2024-yilda muddatli harbiy xizmatga borish uchun chaqiriluvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishingizni hamda muddatli harbiy xizmat bepul ekanligini ma’lum qilamiz.

📍Manzil: Bo‘stonliq tumani Shifokor ko‘chasi, 24 uy.
📞Telefon: +99870 74 21 123

BO‘STONLIQ TUMANI MUDOFAA ISHLARI BO‘LIMI MAʼMURIYATI


➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

“Askar onalarini sharaflaymiz”

▶️Batafsil “Nurafshon TV” telekanali lavhasida

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik #IT

Toshkent viloyatidagi barcha shahar va tumanlarning yangi rasmiy veb sayti bugundan ish boshladi


Yangi saytlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyunda qabul qilingan PF-6247 sonli farmoni talablari asosida “Toshkent viloyati axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish markazi” dasturchilari tomonidan yaratilgan. Har bir sayt alohida, mustaqil resurs sifatida tashkil qilingan boʻlib, hozirda “Respublika kiberxavfsizlik markazi”ning maxsus sertifikati talablariga mosligi tekshirilmoqda va test rejimida ishlab turibdi.

Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar hokimliklarining yangi rasmiy veb-sayti:

▶️
Ohangaron tumani
▶️
Parkent tumani
▶️
Toshkent tumani
▶️Olmaliq shahar
▶️
Qibray tumani
▶️
Zangiota tumani
▶️
Angren shahar
▶️
Bekobod tumani
▶️
Bo'ka tumani
▶️
Bo'stonliq tumani
▶️Quyi Chirchiq tumani
▶️
O'rta Chirchiq tumani
▶️
Yuqori Chirchiq tumani
▶️
Piskent tumani
▶️
Yangiyo'l tumani
▶️Oqqo'rg'on tumani
▶️Ohangaron shahar
▶️Chinoz tumani
▶️Nurafshon shahar
▶️Yangiyo'l shahar
▶️Bekobod shahar
▶️Chirchiq shahar

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti 2023-yilning III-choragida ishga tushirilgan edi. Ayni paytda shahar va tuman hokimliklarining saytlari zarur axborotlar majmui bilan toʻldirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲❗️Firibgarlar tuzogʼiga tushib, mablagʼingizni boy berishdan ehtiyot boʼling!

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining kun tavsiyasi


📣Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling...

elektr simlarining holatini ko‘zdan kechiring;
soz holdagi elektr jihozlaridan foydalaning;
yoqilgan elektr jihozlarini qarovsiz qoldirmang;
elektr isitish pechlari va gaz plitasi ustida kiyimlarni quritmang;
uydan chiqayotganda jihozlaringizni o'chiring.

...bu siz o'ylagandan ham osonroq❗️

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas


🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;

▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;

▪️chet davlat fuqaroligini olishga;

▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;

▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM