Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#shukuh

Ayni damda keng shodiyona bilan nishonlanayotgan istiqlol tantanasi tumandoshlarimizni bir manzilda birlashtirdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

🟢Tuman hokimi J. Axmedov yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlar ekan, barcha sohalarda ilgʻorlar qoʻlga kiritgan natijalarni mamnuniyat bilan tilga oldi.

🟢Tuman hokimi aholi muammolarini aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish maqsadida sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan “Mahallabay” oʻrganish ishlari olib borilayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Unga koʻra tumandagi 11 792 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi, 2092 nafar fuqarolarga oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashildi, 981 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitildi. Shuningdek, 927 nafar fuqarolarga jami 27 mlrd. soʻmga yaqin kredit mablagʻlari ajratib berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#shukuh

🟢Bu yorugʻ olamda inson bolasi uchun eng buyuk neʼmatlardan biri – ozodlikdir. Bu neʼmatning naqadar ulugʻ ekanligini, ayniqsa, xalqimiz juda yaxshi anglaydi. Bugun esa, har bir yurtdoshimiz Yaratganga shukronalar aytib, mustaqilligimizning abadiy boʻlishini niyat qildilar.

🟢Bugun tumanimizda ham katta tantana, shodiyona... Mustaqillikning shonli 32 yilligini yurtdoshlarimiz xursandchilik va koʻtarinki kayfiyatda nishonlamoqdalar. Tumanimizning har bir qishlogʻ-u ovulida bayram shukuhi kezib yuribdi.

🟢Ayni damda markaziy oʻyingohda boʻlib oʻtayotgan tantanalarda ham yurtdoshlarimiz madaniy hordiq olmoqdalar. El suygan sanʼatkorlarning yurt ishqi, tinchlik, shukronalik va istiqlolimiz madh etilgan badiiy chiqishlari dillarga quvonch ulashmoqda. Shoʻx taronalar esa barchani raqsga chorlamoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#shukuh

🟢Avval xabar berganimizdek, bugun tuman markaziy oʻyingohida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

🟢Mazkur bayram tadbiri soat 15-00 da qardosh xalqlarning milliy urf-odatlari va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmalar bilan boshlandi. Nuroniylar va tuman faollari bir dasturxon atrofida jam boʻlib, qoʻllarini duoga ochdilar. Ular yurtga qut-baraka, xalqimizga omonlik va tinchlik tiladilar. Mehmonlar uchun esa milliy taomlarimizning durdonalaridan sanalmish halim va osh tarqatildi.

🟢Mustaqilligimizning 32 yilligi nishonlanayotgan ayni damlarda nuroniylar bilan suhbat qilar ekanmiz, ularning oʻtgan kunlarga bir nazar solib, bugungi dorilamon kunlar shukronasi bilan yashayotganligiga guvoh boʻlamiz. Ularning oʻtmish haqida aytgan har bir soʻzlari koʻz oʻngimizda dahshatli filmdek gavdalanadi. Shu zamon bir oz tin olib, istiqlol bergan neʼmatlar uchun shukronalar keltiramiz.

🟢Darhaqiqat, bugun yurtimizda katta oʻzgarishlar boʻlayotganligi hech kimga sir emas. Shu zaminning bir boʻlagi boʻlgan tumanimiz ham kundan-kun chiroy ochib bormoqda. Qishlogʻ-u ovullar infratuzilmasi yaxshilanmoqda. Yillar davomida vujudga kelgan muammolar bosqichma-bosqich oʻz oʻrnini bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga boʻshatib bermoqda.

🟢Bugungi shodiyonalar nafaqat tumandoshlarimizni, balki mehmonlarni ham hayratlantirdi. Biz uchun bayramlarning eng munosibi va chin maʼnoda nishonlashga haqli boʻlganimiz istiqlol ayyomi shukuhi tillardan dillarga koʻchdi deyish mumkin.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov

Viloyatim, ahli Toshkent, aytgum takror,
Bu daʼvatdan boʻlmagaymiz hech hayron endi,
Uygʻonmasang uyalgaymiz, uygʻon endi...

Mahmud Toir
.

Toshkent viloyatining bir guruh faollari viloyatimiz ahlini bugungi tezkor davrda vohamiz hurmat va eʼtiboriga mos boʻlishga chorlab, daʼvat bilan chiqdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM