Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

⚡️Bugun tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoya va jarrohlik amaliyotiga muhtoj, imkoniyati cheklangan, boquvchisini yoʻqotgan 61 nafar fuqarolarga bir martalik, jami 131 mln 500 ming soʻm moddiy yordam pullari tarqatildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun Boʻstonliq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Ogohlik davr talabi” mavzusida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi.

🔹Unda Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” bekati xavfsizlikni taʼminlash boʻlinma huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori mayor A.Abidov ishtirok etdi.

🔹Tadbirda baxtsiz hodisalarni oldini olishda temir yoʻl izlaridan yurmaslik, qattiq jismlar qoʻymaslik, elektropoyezdlarga tosh otmaslik, vagonlar ustiga chiqmaslik kerakligi toʻgʻrisida zarur tushunchalar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov, davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlinmasi boshligʻi boshchiligida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔹Muloqotda tuman hokimi yoshlar yetakchilarining 3-chorak yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlari bilan tanishdi.

🔹Shuningdek, hududlardagi mavjud muammolar bartaraf etishda yoshlar yetakchilarini ish samaradorligini oshirish, vazifaga masʼuliyat bilan yondashish borasida alohida taʼkidlandi.

🔹Tadbir soʻngida tuman hokimi tomonidan 59 ta mahalla yoshlar yetakchilariga 2 tadan jami 118 ta kitob javonlari topshirildi.

🔹Maʼlumot oʻrnida, mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, chuqur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun tuman hokimi tomonidan 59 ta mahalla yoshlar yetakchilariga 112 turdagi jami 6 608 ta eng sara kitoblar toʻplami olib berilgan edi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi
Диққат, сўровнома - 1️⃣

🔘Бугунги сўровнома вилоятда фаолият юритаётган маҳалла фуқаролар йиғини хотин-қизлар фаоллари ўртасида ўтказилади. Тошкент вилоятида 22 та туман ва шаҳар борлигини инобатга олган ҳолда сўровномани иккига бўлиб бердик.

🤔Сизнингча, жорий йилда қайси МФЙ хотин-қизлар фаоли самарали фаолият юритди? Овоз беринг.

Сўровнома эртага соат 20:00 гача давом этади.

⚠️Эслатиб ўтамиз, турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🔘
Иштирокчилар вилоят Оила ва хотин-қизлар бошқармаси томонидан тавсия этилган.

Овоз беришда иштирок этиш учун каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
#statistika

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 652 tani tashkil etdi

Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra 5437 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 458 taga yoki 9,2 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 4 958 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 368 taga yoki 8,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-sentabr oyida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 652 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 221 taga yoki 25,3 %ga kamayganligini ko‘rish mumkin.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasman

11-noyabr — Oʻzbekistonda “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter