Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.68K subscribers
33.8K photos
4.03K videos
11 files
12.2K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Axmedov rahbarligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Yig‘ilishda tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Zokirov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etishdi.

📝Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va eksport rejasining bajarilishi;

"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish;

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarga huquqiy yechim topish;

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik;

Maqbullashtirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar va "Mahalla yettiligi" faoliyati;

"Zamonaviy mahalla markazlari"ni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar.

🟢Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan har bir masala bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Shodiyeva boshchiligida tumanda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

🟢Uchrashuv davomida oilaning muqaddasligi, uning ahamiyati va mustahkamligiga erishish, er-xotin o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi mavzularda fikr almashildi. Ishtirokchilarga oilaviy muhitda o‘zaro hurmat va tushunish muhimligi, farzand tarbiyasida mas’uliyatli yondashuv haqida tushunchalar berildi.

🟢Shuningdek, harbiy xizmatchilar yashayotgan xonadonlarga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari ham o‘rganildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bo‘stonliq tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning badiiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢Mazkur tanlov doirasida ishtirokchi jamoalar tomonidan ijtimoiy muammolarni hajviy sahna ko‘rinishlari orqali yoritish orqali tomoshabinlarga nafaqat kulgu, balki dolzarb hayotiy masalalar haqida o‘ylash imkoniyati yaratildi. Tadbir harbiy xizmatchilarning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash yo‘lida muhim tashabbus bo‘ldi.

🟢Bellashuvda ishtirok etgan jamoalarning sahnalari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

🟢Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Toshkent shahridan tashrif buyurgan “Fidoiylar” jamoasi, 2-o‘rinni Bo‘stonliq tumanining “Chorbog‘lik bolalar” jamoasi, 3-o‘rinni Sirdaryo viloyatining “Energetiklar” jamoasi egalladi.

🟢G‘olib jamoalarga diplomlar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun tuman hokimi Jo‘rabek Axmedov tashabbusi bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritayotgan bir guruh ayol xodimlarga kundalik turmushda zarur bo‘lgan maishiy buyumlar hamda gigiyenik vositalar tarqatildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida navbatdagi amaliy qadam


🟢Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shu maqsadda joylarda bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🟢Xususan, Bo‘stonliq tumanida ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi J. Axmedov tashabbusi bilan tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Shodiyeva rahbarligida mehnat qilish istagida bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar xotin-qiz bilan suhbat tashkil etildi.

🟢Mazkur suhbat davomida ularning kasbiy qiziqishlari, mehnatga bo‘lgan tayyorgarlik darajasi, shuningdek, oilaviy holatlari o‘rganildi. Natijada ushbu xotin-qizlar Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Oq tosh” dam olish maskaniga ishga joylashtirildi.

🟢Bu tashabbus xotin-qizlarga nafaqat doimiy ish o‘rni yaratish, balki ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, oilaviy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

📣DIQQAT BILDIRISH❗️

🩺Ertaga, 25-iyul kuni soat 9-00 dan 16-00 ga qadar “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan Qo‘shqo‘rg‘on oilaviy shifokorlik punktida “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Sari-Qangli”, “Aydarali”, “Achchisoy” MFY hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilinishini ma’lum qilamiz.

❗️Barchangizni o‘z sog‘lig‘ingizni nazorat qilish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlaymiz!

Sog‘lom hayot – baxtli kelajak!

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun tuman hokimligida viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Ilxomjon Arzikulov, tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, nuroniylar, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahalla faollari ishtirok etdi. Tashkilotchilar tomonidan bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish, xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, fidoyilik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlarini yuksak qadrlash, barkamol avlodni tarbiyalash, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan tizimli ishlarni tashkil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, yot va zararli g‘oyalarga nisbatan ongli immunitetni shakllantirish, kiyinish madaniyati, odob-axloq va madaniyat masalalari yuzasidan ham tushunchalar berildi. Milliy an’ana va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirish orqali jamiyatda totuvlik va do‘stlik muhitini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

🟢Tadbir so‘ngida ishtirokchilar ushbu tashabbusning dolzarbligini e’tirof etib, kelgusida bunday uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi yoshlar tarbiyasida muhim omil bo‘lishini qayd etdilar.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#tibbiy_koʻrik

🩺Bugun “Nanay” MFY hududida joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinika binosida tor soha xodimlari tomonidan “Nanay”, “Sijjak”, “Bog‘iston”, “Boladala” MFYlari aholisi uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bo‘stonliq tumanining olis tog‘li hududlarida yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Respublika ishchi guruhi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tashabbusi bilan arzonlashtirilgan narxlardagi savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari va “Mahalla raisi” ko‘krak belgisi tantanali tarzda topshirildi.

🟢Tadbir doirasida mahalla raislariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” hamda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitoblari ham taqdim etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#tibbiy_koʻrik

🩺Bugun “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan Qo‘shqo‘rg‘on oilaviy shifokorlik punktida tor soha xodimlari tomonidan “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Aydarali” MFYlari aholisi uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢“Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida bir qator ishlar bajarildi.

🟢Jumladan, Quruvchi ko‘chasiga 1 kilometr asfalt qoplamasi yotqizildi. Bu mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratdi.

🟢Shuningdek, A. Temur va Konchilar ko‘chalariga 15 ta zamonaviy, quyosh nuri yordamida quvvatlanuvchi tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Ushbu yoritgichlar energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi hamda mahalla ko‘chalarining tungi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

📝Ma’lumot uchun, shu kungacha “Markaziy” MFYda quyidagi asfaltlash ishlari amalga oshirilgan:

Konchilar ko‘chasiga – 1300 kvadrat metr;

Ma’rifatchilar ko‘chasiga – 620 kvadrat metr;

S. Raximov ko‘chasiga – 920 kvadrat metr asfalt qoplamasi yotqizilgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Sayyor_sud

🟢Tuman Ichki ishlar boshqarmasida jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudi va tuman IIB JXX probatsiya guruhi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi “Sayyor sud” majlisi o‘tkazildi.

🟢Sayyor sudda probatsiya hisobida turgan 27 nafar nazoratdagi shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar mazmunan ko‘rib chiqilib, 25 nafar shaxslar muqaddam qilgan jinoyatlaridan tegishli xulosa chiqarib, o‘zlariga nisbatan tayinlangan jazolarni namunali xulq bilan o‘tab, tuzalish yo‘liga o‘tganligi sababli o‘talmagan jazolari JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildilar. 2 nafar shaxsga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar rad etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun Bo‘stonliq tumani hokimligida viloyat prokurori o‘rinbosari S.Ro‘ziyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‒138-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish tashkil qilindi.

🟢Unda viloyat va tuman prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining yettilik vakillari ishtirok etdi.

🟢Yig‘ilishda Bo‘stonliq tumanida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari va noqonuniy qurilmalarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ushbu ishlarni tizimli ravishda olib borish maqsadida ishchi guruhi tuzildi hamda uni faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil 1-mavsumida Bo‘stonliq tumani “Bog‘chaovul” MFY aholisi tomonidan yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan loyihaga oid ishlar hanuz boshlanmagani bo‘yicha turli e’tirozlar bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil 1-mavsumida “Bog‘chaovul” MFY aholisi Bahodirlar va Hamdo‘stlik ko‘chalarining 2 381 metr ichki yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha 2 334 ta ovoz to‘plab, loyiha g‘olibi bo‘lgan. Ushbu loyiha doirasida o‘tkazilgan tender tanlovlari natijasida “SAFEED” MCHJ pudratchi tashkilot sifatida tanlab olingan.

Hozirgi vaqtda ko‘chalarda asfaltlashga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Asfalt yotqizish ishlari 2025-yil 31-iyul kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlarini esa 2025-yil 1–2-avgust kunlari to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi doirasida hududlarda ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.

📝Xususan, ushbu qarorga muvofiq quyidagi ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borildi:

“Xumson” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Xumsonbuloq ko‘chasiga – 350 metr;

“Xo‘jakent” MFYdagi Karvon yo‘li va Tojiyev ko‘chasiga – jami 650 metr;

“Fazogir” MFYdagi Nurchilar ko‘chasiga – 660 metr asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mazkur ishlar mahalliy infratuzilmani yaxshilash, transport harakatini qulaylashtirish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

“Burchmullo” MFYda Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlandi


🟢30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Burchmullo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida do‘stlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🟢Tadbir davomida turli millat vakillari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari hamda bolajonlar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari mehmonlar va mahalla ahliga bayramona kayfiyat ulashdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bo‘stonliq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Abdullayev boshchiligida probatsiya hisobidagi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

🟢Suhbatda yoshlarni qayta jinoyat sodir etmaslikka undash, probatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida tushuntirishlar berildi.

🟢Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotida uchrayotgan maishiy muammolarini hal qilish, ijobiy yechim topish, bandligini ta’minlash, bugungi kunda yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, Vatan koriga yaraydigan munosib fuqaro bo‘lishga harakat qilishlari lozimligi ta’kidlandi. Yoshlar tomonidan taklif va murojaatlar tinglanib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

“Do‘stlik” MFYda 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Bo‘stonliq tumanida ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

🟢Shu kunlarda tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan tashqi reklama vositalarining holatlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Shuningdek, o‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi 776-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son hamda “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-son qarorlarining mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar berilmoqda.

🟢Savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi va tashqi reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha ma’lumot berilib, qonun talablariga xilof o‘rnatilgan tashqi yozuv e’lonlari va reklama bannerlari olib tashlanmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM