Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.56K subscribers
29.5K photos
3.6K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

❗️Bunda, isitish davri tashqi havoning o'rtacha sutkalik harorati 8°Sdan past bo'lgan 5 kunlik davr tamom bo'lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°Sdan yuqori bo'lganda esa tamomlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

🕑 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

❗️Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

➡️ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

▪️Qo'y go'shti;
▪️Parranda go'shti;
▪️Mol go'shti;
▪️Tuxum;
▪️O'simlik yog'i;
▪️Un;
▪️Shakar;
▪️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📝 Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

🔹ota-onasi vafot etgan;

🔹ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

🔹ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;

🔹ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

🔹ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Bunda bevosita joylarga chiqqan holda, jinoyat sodir etilayotgan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan asl omillarni o'rganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli profilaktika tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi va hududiy «yo'l xaritalari»ga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#bilasizmi

Kimlarga pensiya puli ularning yashash manzillariga yetkazib beriladi?

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalarni sayyor kassalarda olish imkoniyati bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar Xalq banki filiali tomonidan bevosita ularning yashash joyiga yetkazib beriladi.
__

Ком
у доставляются пенсии по адресу проживания?

В соответствии с законодательством
пенсии доставляются непосредственно по месту жительства инвалидам I и II групп и лицам, не способным самостоятельно передвигаться, и получают пенсии в выездных кассах филиала Народного банка.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram