Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Harbiy oila bekalarini sabr va qanoat malikalari desak arziydi. Chunki harbiy xizmatchilarimiz qaysi go‘shada xizmatda bo‘lmasin, ularning umr yo‘ldoshi zahmatli xizmatlarida yelkadosh, sinovli kunlarida suyanchiq.

🔹Mana shu oqila bekalarimiz orasida bilimdon, tadbirkor, zukko ayollarimiz borki, ularning intellektual salohiyati, iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida harbiy qism va garnizonlarda ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlari tashkil etilmoqda. “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari miqyosida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan “Balli, ayollar!” ko‘rik-tanlovi ham fikrimizning yorqin dalilidir.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Chorbog‘ harbiy qismda ushbu tanlovning qo‘shilma bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilasining olti nafar zukko bekasi ishtirok etdi.

🔹Bekalar olti yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Ularning har bir chiqishini  hay’at a’zolari odilona baholab bordi.

🔹Shuni alohida ta’kidlash joizki, bir-biridan bilimdon va iqtidorli qatnashuvchilarga munosib baho berish uchun hay’at a’zolari anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Chunki ularning har birining sahna ko‘rinishi o‘ziga xos e’tirof, yuqori bahoga sazovor. Biroq bellashuv o‘z nomi bilan bellashuv va tanlov o‘z qahramonlarini kashf etmog‘i shart.

🔹Ma’naviy-ma’rifiy tadbirning yanada shukuhli o‘tishida “Gulyor” xalq etnografik dastasi xonandalarining ashula va raqslari ajoyib kayfiyat ulashdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Tumanda faoliyat yuritib kelayotgan fermer va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan suv ta’minotini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish maqsadida ariq-zovurlarni betonlash, zamonaviy lotoklarni yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Shuningdek, dala madaniyatiga e’tibor berish, agrotexnik tadbirlarni bajarish hamda 2024-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida mahalliy o‘g‘itlarni berish ishlari olib borilmoqda.

🔹Bundan tashqari, suv tejovchi texnologiyalar, ya’ni tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish usullari keng joriy etilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram