Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.2K photos
3.57K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

21-oktabr – Davlat tili bayrami kuni

🔹Til
– har bir xalqning, har bir millatning tarixini, ma’naviyatini, madaniyatini ifodalovchi vositadir. Aynan shuning uchun ham til Davlat suverenitetining asoslaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Millat boyligi hisoblangan tilni madh etish, e’zozlash har bir fuqarolarning muqaddas burchidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.

Mazkur sana munosabati bilan bugun tumanda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев 17-18 октябрь кунлари Пекин шаҳрида "Бир макон, бир йўл" халқаро форуми тадбирларида иштирок этди ва қатор икки томонлама учрашувлар ўтказди

Президент Шавкат Мирзиёев 17-18 октября принял участие в мероприятиях Международного форума "Один пояс, один путь" в Пекине и провел ряд двусторонних встреч

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Boʻstonliq_tumani
#sayyor_qabul

Fuqarolar murojaati sektor rahbari nazoratida

🔹Bugun tuman prokurori Iqboljon Qambarov boshchiligida “Ugam” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar muammolarini yechish, murojaatlarini oʻrganish va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda 33 nafar fuqarolarning tibbiy xizmat, xususan, sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam koʻrsatish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-koʻmak, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar xususidagi murojaatlari tinglanib, ijrosi yuzasidan tegishli masʼullarga muddatli topshiriqlar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram |Facebook | Instagram