Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.56K subscribers
30.2K photos
3.66K videos
10 files
11.1K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun 1-son politexnikumida voyaga yetmagan o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda tuman hokimi J.Axmedov, tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Boymirzayev hamda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillar, ularning tarbiyaviy va ijtimoiy ildizlari tahlil qilindi.

🟢Mutasaddilar jinoyatchilikning oldini olishda ota-onalar, pedagoglar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Ayniqsa, yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Muhokama davomida bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy muhitini yaxshilash va ularning qonun buzishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi qayd etildi.

🟢Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish, yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish va ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Тошкент_ҳақиқати_минбари

⚡️⚡️ БЎСТОНЛИҚ: БАРҚАРОР ТАРАҚҚИЁТ БОСҚИЧЛАРИ

Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаевнинг тавсиясига  биноан, "Тошкент  ҳақиқати" газетасида вилоят ташкилот ва бошқарма раҳбарлари ҳамда туман-шаҳар ҳокимларининг тегишли соҳа ва ҳудудлар истиқболига доир таҳлилий мақолалари чоп этилиши белгиланган эди.

Газетанинг 2025 йил 26 февраль сонида Бўстонлиқ тумани ҳокими Жўрабек Аҳмедовнинг ҳудудда амалга оширилаётган ислоҳотлар ва уларнинг аҳоли ҳаётида акс этаётган реал натижаларига доир  "Бўстонлиқ: Барқарор тараққиёт босқичлари" сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.

👉МАҚОЛАНИ ЎҚИШ👈

@haqiqatonline_24
#LIVE

Ayni damda Chirchiq shahar "Kimyogarlar" madaniyat saroyida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Chirchiq shahar, Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Toshkent tumanlari aholisi uchun o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabulda respublika, viloyat, tuman-shaharlarga tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Qabulda fuqarolarning muammo va takliflari eshitilib, masalalarning yechimi yuzasidan mas’ullar nazoratiga yo‘naltirilmoqda.

Jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri viloyat hokimligining rasmiy sahifalarida kuzatib borish imkoniga egasiz.

📱YouTube
📱Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani “qizil” toifaga kiritilgan mahalla hududida “Namunali xavfsiz mahalla”ni tashkil etish maqsadida amaliy ishlar boshlandi.

🟢Xususan, tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan mahallalarda (“qizil” toifadagi) jinoyatchilikni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyosh paneli bilan jihozlangan tungi yoritish chiroqlarini xarid qilish uchun 300 mln so‘m hamda kuzatuv kameralari hamda qo‘riqlash pultlarini o‘rnatish xarajatlarini qoplash uchun 475 mln so‘m pul mablag‘lari ajratilib, o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

🟢Bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “M.Boymirzayev” MFY hududiga 30 ta zamonaviy quyosh nuridan quvvatlanuvchi tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Ushbu ishlar boshqa mahallalarda ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

🟢Ma’lumot o‘rnida, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan ham har bir mahallaga 3 donadan kuzatuv kameralari va mahalla binosiga tashvish tugmasi o‘rnatilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan 12 toifadagi fuqarolarga xizmatlar ko'rsatiladi. Ular kimlar?

🎬Videorolik orqali qisqacha tanishing!

☺️Batafsil ma'lumot uchun mahallangizdagi ijtimoiy xodimlarga yoki hududingizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамадан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Boʻstonliq_tumani

🟢Kuni kecha tuman hokim J.Axmedov boshchiligida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan 200 gektardan oshiq bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari bilan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟢Yig‘ilishda irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, ta’mirlash, ichki ariqlarini betonlashtirish hamda nasos agregatlarini quyosh panellari bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida dala chetlariga mevali daraxt hamda oziq-ovqat ekinlarini ekish, 2025-yil ipak qurti boqish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda shartnoma tuzish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, xar bir xo‘jalik rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan hamda amalda oshiriladigan ishlari taqdimot ko‘rinishida keng yoritib berildi.

🟢Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va muammolarga yechim topish choralarini ko‘rishlari lozimligi ta’kidlandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM