Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
32.3K photos
3.83K videos
10 files
11.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bo‘stonliq tumani inspektor-psixologlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘smir va o‘quvchi” tadbirlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#LIVE

Soʻgʻd delegatsiyasi Toshkent viloyatida

Ayni damda Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati raisi Rajabbaoy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiyani Bekobod shahar “Oybek” chegara postida yuqori saviyada kutib olindi.

Ikki davlat hududlari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo masalalarida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsad qilingan uchrashuvda, mehmonlar Oʻrta Chirchiq, Zangiota, Yangiyoʻl, Toshkent hamda Boʻstonliq tumanlarida boʻlishadi. Hududlardagi ixtisoslashgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarining qishloq xoʻjaligi, sanoat va yangi zamonaviy-innovatsion ishlab chiqarish jarayondari bilan tanishadi.

Shuningdek, Soʻgʻd viloyatidan import qilinadigan mahsulotlarni oʻzlashtirishda hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar tuzish reja qilingan. Hududiy va tarmoq korxonalar oʻrtasida butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha manfaatli kelishuvlarga erishish imkoniyatlari ham yaratilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent shahrida 2024-yil 2-3-may kunlari boʻlib oʻtgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida doirasida mazkur ikki viloyat oʻrtasida bir qator kelishuv va hamkorlik borasidagi bitimlar imzolangan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹"Bo‘stonliq ovozi" gazetasining 2025-yil 8-fevraldagi 3-sonida tuman ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar va dolzarb mavzular keng yoritilgan. Gazetada ijtimoiy himoya, ta’lim, sport, ekologik tashabbuslar va madaniy merosga oid maqolalar o‘rin olgan.

🔹Ayollar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar batafsil tahlil qilinadi. "Ayollar daftari" loyihasi doirasida minglab ayollarga yordam ko‘rsatilgani va ularning turli sohalarda qo‘llab-quvvatlangani alohida e’tirof etiladi.

🔹Millatlararo do‘stlik va ta’lim yo‘nalishidagi islohotlar, xususan, qozoq maktablarining faoliyati va milliy madaniyatni saqlashdagi roli ijobiy yoritilgan.

🔹Yoshlar sporti bo‘yicha o‘tkazilgan "Umid nihollari" musobaqalaridagi yutuqlar, stol tennisi va shaxmat musobaqalari natijalari keng o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan.

🔹Ekologik mavzularda "Yashil makon" loyihasi va uning doirasida amalga oshirilgan ishlar bayon qilingan. Daraxtlarni parvarish qilish va yashil muhitni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlar alohida qayd etilgan.

🔹Mazkur son dolzarb va mazmunan boy bo‘lib, o‘quvchilar uchun muhim axborot manbayi hisoblanadi.

🔹Gazetada yoritilgan mavzular tuman hayotining turli jabhalarini qamrab olib, o‘quvchilarning ma’naviy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram