Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.63K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#anons

‼️“Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

Hurmatli yo‘lovchilar, joriy yilning 3-dekabr sanasidan boshlab shahar atrofida yangi keltirilgan tezyurar shaharlararo elektropoyezdi oʻz qatnovlarini boshlayotganligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz!

Tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega boʻlgan tezyurar elektropoyezdi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga tayyor!

Tezyurar elektropoyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
7201-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 06:18 — Xojikent 07:42

7202-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 08:02 — Toshkent 09:17

7203-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 12:53 — Xojikent 14:03
7204-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 14:33 — Toshkent 15:48

7205-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 18:10 — Xojikent 19:20

7206-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 19:45 — Toshkent 21:03

Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi:
Umumiy: 20 000 so‘m
Bolalar uchun: 11 500 so‘m etib belgilandi.

❗️ Ma’lumot oʻrnida aytib oʻtamiz, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari oʻz oʻrnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
#Sana

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni


Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning kadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#yashil_makon

🌳Bo‘stonliq tumanida ’’Yashil makon’’ umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, yangi bog‘lar barpo qilinmoqda.

🌳Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Chimboylik” MFY hududidagi qabriston atroflariga 1000 tup terak ko‘chatlari, S.Xondoyliqiy MFY hududidagi qabriston atroflariga 4000 tup tut ko‘chatlari ekildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🔹Viloyat hokimining farmoyishi bilan, korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 2024-yilning 13-noyabr kunidan 13-dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

🔹Bugun tuman hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha huquqiy seminar o‘tkazildi.

🔹Unda tuman hokimi J.Axmedov, sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etishdi.

🔹Seminarda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni, korrupsiya va uning oqibatlari, qonunda belgilangan javobgarlik turlari va shu kabi ko‘plab ma’lumotlar misollar bilan o‘qib eshittirildi.

🔹Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo‘lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to‘siqlardan biri ekanligi, rivojlanishni tanazzulga olib kelishi tahliliy misollar bilan aytib o‘tildi. Bu illatga qarshi nafaqat soha xodimlari, balki barcha barobar kurashishi kerakligi ta’kidlandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 300 dan ortiq Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 139 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 7 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM