Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.63K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.6K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Axborot 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar


Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#anons

‼️“Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

Hurmatli yo‘lovchilar, joriy yilning 3-dekabr sanasidan boshlab shahar atrofida yangi keltirilgan tezyurar shaharlararo elektropoyezdi oʻz qatnovlarini boshlayotganligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz!

Tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega boʻlgan tezyurar elektropoyezdi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga tayyor!

Tezyurar elektropoyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
7201-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 06:18 — Xojikent 07:42

7202-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 08:02 — Toshkent 09:17

7203-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 12:53 — Xojikent 14:03
7204-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 14:33 — Toshkent 15:48

7205-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 18:10 — Xojikent 19:20

7206-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 19:45 — Toshkent 21:03

Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi:
Umumiy: 20 000 so‘m
Bolalar uchun: 11 500 so‘m etib belgilandi.

❗️ Ma’lumot oʻrnida aytib oʻtamiz, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari oʻz oʻrnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
#Sana

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni


Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning kadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#yashil_makon

🌳Bo‘stonliq tumanida ’’Yashil makon’’ umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, yangi bog‘lar barpo qilinmoqda.

🌳Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Chimboylik” MFY hududidagi qabriston atroflariga 1000 tup terak ko‘chatlari, S.Xondoyliqiy MFY hududidagi qabriston atroflariga 4000 tup tut ko‘chatlari ekildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram