Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.2K photos
3.57K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Tabrik

Assalomu alaykum muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka-ukalar!

Sizlarni va Siz orqali barcha oila a’zolaringizni o‘zida ezgu g‘oyalarni yaqqol ifoda etuvchi bayramlarimizdan biri Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Avvalo shunday kunlarga yetkazgani uchun yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Bu kunda arazlar unutilib, shukronalik, mehr-oqibat, shafqat, birdamlik tuyg‘ulari mustahkamlanadi.

Qurbon hayiti – ulugʻ bayram. Shuning uchun bu kunni yaqinlarimizni yoʻqlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulugʻlarni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat koʻrsatish, oilalarga xursandchilik ulashish va bayramning koʻrkiga koʻrk qoʻshadigan xayrli ishlar bilan oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu ayyomning maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

Qadrli tumandoshlar! 

Barchangizni yana bir bor ulug‘ ayyom – musulmon olamining ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklayman!

Xonadonlaringizga qut-baraka, farovonlik tilayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila
Boʻstonliq tumani hokimi Joʻrabek Axmedov


Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Бутун мусулмонлар уммати учун муқаддас бўлган Қурбон ҳайити – Ийд ал-Адҳо байрами муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлатлар ва ҳукуматлар, етакчи халқаро ва минтақавий ташкилотлар раҳбарларидан, таниқли жамоат ва дин арбобларидан самимий табриклар келмоқда.

В связи с наступлением священного для всей мусульманской уммы праздника Курбан хайит – Ийд аль-Адха на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают сердечные поздравления глав зарубежных государств и правительств, авторитетных общественных и религиозных деятелей, руководителей ведущих международных и региональных организаций.

#Mirziyoyev #qutlovlar #Qurbonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Boʻstonliq_tumani
#eʼtibor

Muborak ayyomda ehtiyojmandlarga ehtirom ko‘rsatildi

🔹Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko‘mak berish va ularni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir.

🔹Tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan 30 ta oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔹Shu o‘rinda saxovatdan chetda qolmagan, ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan homiylarga tuman hokimligi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
⚡️Suvda xavfsizlik qoidalariga amal qiling❗️

Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli
❗️

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

Belgilanmagan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!


🔹Yoz mavsumi boshlanishi bilan aholi cho‘milib, hordiq chiqarish maqsadida suv havzalari tomon otlanadi. Albatta, yoz faslida suvda cho‘milish kishiga o‘ziga xos maroq bag‘ishlaydi. Jazirama saratonda tanaga huzur bag‘ishlovchi havzalar o‘z bag‘riga chorlaydi. Ammo, belgilanmagan joylarda cho‘milish esa qanchalar tashvishli ekanligini, sokin kechayotgan hayotning bir lahzada qayg‘u-alamga bog‘lanishini bilamizmi?..

🔹Daryo, kanal va boshqa suv havzalarida cho‘milish fuqarolarning cho‘kishi kabi noxush holatlar bilan bir qatorda turli teri tanosil kasalliklarini ham keltirib chiqarishi mumkinligini shifokorlar tez-tez takrorlaydi.

🔹Shu kunlarda tuman Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi xodimlari tomonidan aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot va tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

🔹Shuningdek, ota-onalarga bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik va cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermaslik yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#туризм

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДАГИ ЭНГ БАЛАНД ШАРШАРАЛАР — ТОП-5

🔝 Мана, ёз ҳам жазирама паллага кирмоқда. Ҳа демай чилла бошланади. Бу кунларни табиат қўйнида ўтказишга нима дейсиз? Сиз учун вилоятмиздаги табиат мўъжизалари — шаршараларнинг манзилини тайёрладик, уларни эътиборингизга ҳавола қиламиз.

💠 "Катта Товоқсой"
(40 метр) — Тошкентдан 50 км узоқликда, "Товоқсой" дарёси дарасида жойлашган.

📍 Локация

💠 "Палтау" (35-40 метр) — Палтау қишлоғи яқинида, Тошкент-Бурчмулла автомобиль йўли бўйлаб бориш мумкин.

📍Локация

💠 "Бадак" (30 метр) — худди шу номдаги гўзал кўлнинг чап томонида оқиб туради.

📍Локация

💠 "Замбат" (25-30 метр) — бориш қийин бўлган "Замбат-сая" дарасида, "Кўксув" дарёсининг ўрта оқимида ҳосил бўлган.

📍Локация

💠 "Кулася" (15 метр) — Кўксув тизмасининг ғарбида, "Бурчмулла" қишлоғидан унча узоқ бўлмаган шаршара.

📍Локация

Сиз яна қандай шаршараларни биласиз? Изоҳларда ёзиб қолдиринг.

Yoshlar kundaligi