Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#jarayon

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5118-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Xo‘jaobod” MFY hududi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔹Xususan, tuman hokimi J.Axmedov mazkur hududda bo‘lib, yangi o‘rnatilgan 50 tonna sig‘imli suv minorasi hamda aholi murojaatlari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan 2 km masofada qazish va suv tarmog‘ini tortish jarayonlari bilan tanishdi.

🔹Shu kunning o‘zida tuman hokimi 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘li yoqalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan bajarish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🌳O‘simliklar dunyosi hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Tadqiqotlarga qaraganda, 1 gektar maydondagi daraxtzor bir kecha-kunduzda 220-275 kilogrammgacha karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratadi. Bu miqdor o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta’minlashga yetadi. Boshqacha aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga ehtiyojini qondiradi. Shu bois, yashillikni asrash va ko‘paytirish masalasi doimo dolzarb.

💦Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tasarrufidagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan jami 643 gektardan ortiq maydonlarda parvarish qilinayotgan igna bargli hamda manzarali daraxtlar va butalar monitoring nazoratidan o‘tkazilib, shundan zararkunanda va kasalliklarga qarshi 43 gektarda agrotexnik-mexanik, 302 gektarda biologik hamda 298 gektarda kimyoviy qarshi kurash tadbirlari olib borildi.

Web-site
| Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#moddiy_koʻmak

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 400 nafar xotin-qizlarga moddiy yordam ajratildi

🔹Bugun 3-sektor hududida “Ayollar daftari”ning 3-, 4- va 6-toifasiga kiritilgan, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand, tibbiy xizmatga muhtoj, 1-2-guruh nogironligi va qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud xotin-qizlarning 400 nafariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik 1 mln 360 ming so‘m miqdorida jami 544 mln so‘m moddiy yordam pullari tarqatildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram