#Boʻstonliq_tumani
#harakat_xavfsizligi_oyligi
🔹Bugun “Harakat xavfsizligi oyligi”doirasida tuman IIB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik A.Utegenov boshchiligida 2-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida, tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan 1-, 3-, 4- va 54-sonli umumta’lim maktablarida 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
🔹Suhbat davomida 25-may “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator tavsiyalar berildi va shu bilan bir qatorda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, bitiruvchilarni o‘zboshimchalik bilan haydovchilik guvohnomasiz transport vositasi boshqarmaslik haqida so‘z yuritildi.
Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati
➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Unutmang!
❗️Avtomobilda harakatlanish vaqtida “Xavfsizlik kamari hayotingiz garovi” boʻlishi mumkin!
Toshkent viloyati hududida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar, yo'llarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.
| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Haj_2024
TOSHKENT VILOYATI ZIYORATCHILARI HAJGA YOʻL OLISHDI
Bugun Toshkent viloyatidan hajga boruvchi ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.
Kuzatishga chiqqan viloyat masʼullari hajga ketishayotgan yurtdoshlarimizni kuzatib duolar qildilar. Ziyoratchilar dastlab Madina munavvarada, soʻngra, Makkai mukarramada boʻlishib, haj arkonlarini toʻliq va mukammal etishadi.
Bu yil Toshkent viloyatidan jami 1000 dan ziyod kishi haj ibodatlarini ado etadi.
Bilamizki, haj kvotasi 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7 200 tani, 2022-yilda esa 12 ming taga yetdi. Joriy yilda Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy kvota 15 ming ta etib belgilandi.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 2023-2024 O‘QUV YILI YAKUNIGA BAG‘ISHLANGAN “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI HAMDA O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNING YOZGI TA’TILGA CHIQISHI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING
OTA-ONALARGA MUROJAATI
➡️Ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yili ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘quvchi-yoshlarimiz oldida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, mas’uliyatli onlar, yil davomida olgan bilimlarining sarhisobini berish vazifalari ham yaqinlashmoqda.
🔴25-may barcha umumta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilishi barchamizga ma’lum. Shu bilan birga bir yil davomida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchi-farzandlarimizni eng uzun ta’tillardan biri hisoblangan yozgi ta’tilga kuzatish arafasidamiz.
➡️Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yoz kunlari harorat darajasi ko‘tarilib, bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi ham oshib boradi. Aynan ta’til kunlarida suvda cho‘milish xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yo‘qligi va o‘zining jismoniy imkoniyatini inobatga olmasdan suv qirg‘og‘idan uzoqlashish yoxud taqiqlangan suv havzalarida cho‘milishi hamda ota-onalarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi.
➡️Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari va boshqa salbiy holatlar aynan, yozgi ta’til davrida ko‘payishi yillar davomida kuzatib kelinmoqda. Bunday salbiy holatlarga ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarning ta’til davrida kecha-yu kunduz bemaqsad va nazoratsiz yurishlari sabab bo‘lmoqda.
➡️Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ta’lim muassasasidan tashqarida milliy mentalitetimizga umuman zid tarzda ko‘chalarda to‘planishib, “Bog‘larda”, “Kafe”, “Restoran”, tog‘ va dam olish maskanlariga borishib, turli behayo xatti-harakatlar asosida (spirtli ichimliklar ichish, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlarni chekish) nishonlash kabi holatlar ham uchramoqda.
📣HURMATLI OTA-ONALAR!
➡️Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko‘zimizning oqu-qorasi, sizning va davlatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bilan shunga o‘xshash salbiy holatlar sodir bo‘lmasligi uchun
➖ muntazam ravishda farzandingizga alohida e’tibor qaratishingizni,
➖issiq kunlarda ko‘chada nazoratsiz yurmasliklarini,
➖tez oqar suv havzalarida cho‘milmasliklarini, cho‘milishga ruxsat etilgan suv havzalarida o‘zingiz ishtirokingizda bo‘lishini doimiy nazorat qilishingizni,
➖ko‘chada harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashingiz,
➖ta’til vaqtida ayniqsa, soat tungi 21-00 dan so‘ng farzandlaringizni bemaqsad ko‘chada yurishlarini oldini olishingiz,
➖ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, farzandingiz bilan albatta bog‘lanib, ularni xatti-harakatini o‘z nazoratingizga olishingiz talab etiladi.
➡️Shu bilan birga yozgi ta’til vaqtida Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 148 ta umumta’lim muassasalarida 2024-yil iyun oyidan boshlab faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”da fan, sport va 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarga jalb qilish orqali farzandlaringizni ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
❗️Yoz mavsumini farzandlarimiz uchun mazmunli va foydali hamda bexatar o‘tkazish uchun siz ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz. Zero, har bir ota-ona farzandining sog‘ligi va xavfsizligi, ta’limi, tarbiyasi, uning har bir xatti-harakati uchun bevosita javobgar ekanligini unutmasligimiz lozim.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

bostonliq.uz
Bo'stonliq tumani hokimligi
Bo'stonliq tumani hokimligi rasmiy veb sayti