Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.69K subscribers
33.5K photos
4.01K videos
10 files
12.1K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#obodonlashtirish

🔹Shu kunlarda 4P6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” va 4P12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘li yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

❗️Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yo‘llar atrofidagi chiqindilarning aksariyati tumanimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar oqimi bilan bevosita bog‘liq. Shu sabab, toza havodan bahra olib, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishni istagan mehmonlarga: “Tozalikka rioya qiling, borliqni asrab-avaylashga hissa qo‘shing”, degan bo‘lardik.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 621 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun Toshkent viloyati hududidan 8689 ta ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Bekobod tumanida 1390 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 1502 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 120 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 214 ta (Ko'rish)
🔹Quyichirchiq tumanida 406 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 866 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 461 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 183 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1225 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 195 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 648 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 1125 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 103 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 197 ta (Ko'rish)

Ushbu yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 05-apreldagi PQ-153-son farmoniga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 22 апрелдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 22 апреля 2024 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X
#Биласизми

❗️2024 йил 1 май кунидан аҳоли учун белгиланган электр энергияси ва табиий газ тарифлари


Батафсил инфографикада

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Фарзандингиз ижтимоий тармоқларда қандай контентга кўпроқ қизиқаётганини назорат қиласизми?

Кўнгилсиз воқеаларни олдини олиш мақсадида болалар томоша қилаётган видеоматериаллар мазмун-моҳиятига эътиборли бўлинг!

📲 Уяли алоқа воситаларидан тўғри фойдаланишлари бўйича йўл-йўриқ ўргатинг!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Xotin-qizlar bandligini oshirish markazi foydalanishga topshirildi


🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-376-sonli “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “S.Xondoyliqiy” va “Ko‘kto‘nli” MFY binolarida xotin-qizlar bandligini oshirish markazlari foydalanishga topshirildi.

🔹Markazlarning ochilishida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Shodiyeva, xotin-qizlar faollari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

📁 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Siz 1 oyda qancha elektr energiyasi sarflaysiz?

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-son qarorining qisqacha mazmun-mohiyati.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt