Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.8K photos
3.62K videos
9 files
11K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🔹Har bir inson muammolarsiz, bekam-u ko‘st, ertasidan ko‘nglini to‘q qilib yashashga haqli. Ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ana shu oliy tamoyilni chuqur his qilgan holda Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi Farxod Abdihakimov, tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori Shoxruxbek Yunusov hamda  Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Radjabovalar tomonidan aholining huquqiy savodxonligi, oilaviy munosabatlar va davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib “Qoronqul” MFYda nuroniy onaxonlar va xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

🔹Dastlab, Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya yuzasidan ma’lumotlar berildi. Aholi tuman markaziga borib yurmasdan, o‘zlari istiqomat qiladigan hududda davlat xizmatlarini olish imkoniga ega bo‘ldi.

🔹Shundan so‘ng, FHDYo bo‘limi rahbari G.Radjabova va "Oqila ayollar" harakati tuman yetakchisi tomonidan oilalarda ma’naviy muhitni yaxshilash, ota-onalarning farzandlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaviy janjallar va oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida so‘z yuritildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Sayyor_qabul

🔹Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Tursunboev boshchiligida “Novobod” MFY hududi aholisi uchun ochiq muloqot tarzda sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi.

🔹Qabul davomida mazkur hududda amalga oshirgan ishlari va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faolining hisoboti tinglandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Kengash_qarori

Toshkent viloyatida raqamlashtirish ishlari yanada jadallashtiriladi

Viloyatda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida, boʻsh turgan binolar roʻyxati shakllantirilib, IT-Park rezidentlarini 1 yil muddatga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar IT-Park rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi 250 milliard soʻmga, ularning eksport hajmi esa 15 million dollarga yetkaziladi.

1-noyabrga qadar dasturchilarning kamida 150 nafari ishga joylashtiriladi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari "Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi" loyihasini amalga oshirishi belgilandi. Bunda, 2 200 nafar yoshlarni ingliz tilidan C1 daraja va 1 100 nafar yoshlarni nemis yoki boshqa xorijiy tildan B2 darajada sertifikat olishlari taʻminlanadi.

Joylardagi Raqamli texnologiyalar markazlarida "mahalla beshligi" raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitib boriladi.

Bundan tashqari, viloyatda "IT shaharcha" qurilishi ham rejalashtirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig'ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibini to'xtatib turish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Boʻstonliq_tumani
#BILDIRISH

Osiyo kubogi | Chorak final


🇶🇦 Qatar 🆚 🇺🇿 Oʻzbekiston

📣Hurmatli tumanimiz yoshlari va fuqarolari❗️

⚽️Bugun soat 20:30 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida musobaqa mezboni Qatarga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur uchrashuvni endilikda Siz tuman hokimligi ro‘parasida o‘rnatilgan katta ekranda onlayn tarzda jamoa bo‘lib tomosha qilishingiz mumkin.


Terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!

📍Lokatsiya

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BO‘STONLIQ TUMANI_TO‘MARIS HARBIY KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANGAN AYOL_02.02.2024

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
#Diqqat
#Kengash_qarori

Viloyatda ichimlik va oqova suv narxlari oshirilmoqda

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarori asosida 2024-yil 20-fevraldan boshlab, ichimlik va oqova suv narxi oshiriladi.

BATAFSIL

◀️Кирилл алифбосида ўқиш

◀️Lotin alifbosida oʻqish

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter