Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.2K photos
3.57K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza Oʻzgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

O‘quvchilar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

🔹Bugun 11-sonli umumta’lim maktabida yo‘l transport hodisalarini oldini olishi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish borasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🔹Tadbirda tuman IIB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik A.Utegenov va mutasaddi rahbarlar tomonidan bolalar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida o‘quvchilarga dastlabki yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

🔹Suhbat davomida bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalaridan iborat videorolik namoyish etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumani sport maktabi faoliyati

▶️Batafsil “Sport” telekanali lavhasida

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘azalkent shahri yaqinida Chirchiq daryosi yoqasiga chiqindilar tashlab ketilgan” mazmunidagi videomurojaat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida davlat inspektorlari nazoratida hududga Obodonlashtirish bo‘limi  hamda “Rahnamo servis” MCHJ ishchi xodimlari va maxsus texnikalarini jalb etgan holda maishiy chiqindilar tozalanib bartaraf etildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chorvachilik xo'jaliklariga subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (52-son, 26.01.2024 y.) bilan “Chorvachilik xo'jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, chorvachilik xo'jaliklariga 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so'm, nasldor qo'y va echkining har bir boshiga 400 ming so'm miqdorda subsidiya ajratiladi.

📝 Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so'ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.

🔘 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:

xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkini sotib olish bo'yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to'lov topshiriqnomasi nusxasi;

bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.

🚫 Subsidiya oluvchining arizasini ko'rib chiqish uchun to'lovlar undirilmaydi.

Subsidiya mablag'i subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvarag'iga o'tkazib beriladi.

👉Manba

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram