Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.56K subscribers
29.6K photos
3.61K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun tuman Ichki ishlar boshqarmasida xotin-qizlarni maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi.

🟢Tadbirda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda tuman adliya boʻlimi masʼullari ishtirok etishdi.

🟢Uchrashuvda xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiyasi, Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni jinoiy zoʻravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qoʻyilganligi taʼkidlab oʻtildi.

🟢Bundan tashqari, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan masalalarga eʼtibor qaratildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

90 yillik ijodiy yo'l...


🟢Har birimizning hayotimizda gazetaning oʻz oʻrni va nufuzi bor. Har qanday davrda ham gazetalar maʼnaviyatimiz chirogʻi, jamiyatimiz siyratiga sayqal boʻlib kelgan.

🟢Bugun tumandagi qozoq tilida nashr etiladigan “Бостандық даусы” gazetasining 90 yillik yubiley tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda tahririyatning keksa nuroniylari va bugun javlon urib mehnat qilayotgan ijodiy xodimlar ishtirok etdilar.

🟢Tadbir avvalida soʻz olgan tuman hokimi J.Axmedov tahririyat jamoasini qutlugʻ sana bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, bir guruh ijodkorlarga tuman hokimligi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

🟢Mana, salkam bir asrlik ijodiy yoʻlni bosib oʻtgan roʻznoma bugun ham oʻz mushtariylarini bir-biridan goʻzal ijod namunalari bilan xushnud etib kelmoqda. Qardosh oʻzbek va qozoq xalqlarining doʻstligi ramziga aylangan nashr oʻz tarixi davomida qanchadan-qancha ijodkorlarni kamolga yetkazdi.

🟢Maʼlumki, respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, tumanimizda ham 2 tilda gazeta nashr etiladi. Dastavval, 1933-yilda qozoq tilida “Бостандық даусы” roʻznomasi chop etilgan boʻlsa, 1936-yilning 18-iyunidan esa oʻzbek tilidagi “Boʻstonliq ovozi” gazetasi nashr yuzini koʻrdi.

🟢Bugungi kunda A.Kulbayev bosh muharrirlik qilib kelayotgan Boʻstonliq tuman hokimligi muassisligidagi “Boʻstonliq ovozi” va “Бостандық даусы” gazetalarining 7281 hamda 7573-nashri mushtariylar eʼtiboriga havola qilinmoqda.

🟢Gazetada turli janr va uslublardan, ayniqsa, axborot va badiiy-publitsistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi. Suhbat-intervyu va boshqa vositalarda voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi. Maqola, obzorlar va sharhlarda tuman hayotiga doir voqeliklar tahlil qilinadi.

🟢Bundan tashqari, gazetada lavha, ocherk kabi publitsistik janrlardan ham foydalaniladi. Shuningdek, unda gazetxonlarning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar va fotosuratlar bosiladi.

🟢Fursatdan foydalanib, tahririyatning barcha ijodkor, fidoyi xodimlarini qutlugʻ sana munosabati bilan muborakbod etamiz.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

Farzandingiz yoki biror yaqiningizga zarar yetkazishni istamasangiz, pirotexnika vositalaridan foydalanmang!

❗️Unutmang, amaldagi qonunchilikka asosan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi!

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yongʻinlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh boʻling!

Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻymang!

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xonadoningizda qarzdorlik sabab bemahal chiroq о‘chib qolmasligi uchun qanday yо‘l tutish kerak?

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) afzalliklari hamda siz yashayotgan xonadonda sarf qilinayotgan elektr energiyasi balansi va qoldiq haqida qanday tezkor ma’lumot olish mumkin?

Batafsil ushbu videorolikda👆

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumani aholisi diqqatiga❗️

🔴Tumanda 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 7/24 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢 Boʻstonliq tumani markaziy shtabi;
☎️ (70-74)20-050 (24 soat)
Shtab rahbari – Boʻstonliq tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Akmaljon Rixsitillayev;
☎️ Tel: (98)116-47-44

🔥 Boʻstonliq tumani Gaz taʼminoti filiali boshligʻi Akmal Abdulxayev;
📱 Tel: (98)363-74-78, (97)616-07-01
☎️ Tel: 104, (70-74)21-770 (dispetcher)

⚡️ Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi Qurbonali Sidiqov;
📱 Tel: (97)716-85-19, (99)855-38-58 (bosh muhandis)
☎️ Tel: (70-74)28-610, (70-74)21-921 (dispetcher)

🚰 Boʻstonliq tumani Suv taʼminoti boshligʻi Jalol Ermetov;
📱 Tel: (99)349-99-91, (99)630-32-52 (bosh muhandis)
☎️ Tel: (70-74)22-456 (dispetcher)

🏫 Boʻstonliq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Norpoʻlat Qurbonov;
📱 Tel: (99)928-44-45, (97)616-69-86
☎️ Tel: (70-74)22-834 (dispetcher)

🚑 Boʻstonliq tumani Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Rustam Unarov;
📱 Tel: (99)997-28-61
☎️ Tel: 103, (99)300-09-75 (dispetcher)

🚒 Boʻstonliq tumani Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasi boshligʻi Shukurulla Isaboyev;
📱 Tel: (98)115-39-38, (93)650-13-02
☎️ Tel: 101, 1050, (70)700-04-02 (dispetcher)

🚓 Boʻstonliq tumani IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Akbarjon Utegenov;
📱 Tel: (99)409-73-61
☎️ Tel: 102, (70-74)22-361.

📨Boʻstonliq tumani hokimligiga murojaat: @hokimiyatga_murojatbot

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM