Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.62K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#sayyor_qabul

🟢Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar muammolarini yechish, murojaatlarini oʻrganish va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🟢Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish, tibbiy xizmat, xususan, sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam koʻrsatish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-koʻmak, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar xususida soʻz yuritildi.

🟢Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi maʼlum muddat va qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan murojaatlar masʼullarga yoʻnaltirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

🔹har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

🔹barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

🔹suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

🔹qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

🔹“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

🔘Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;

Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

🔘 2023/2024 oʻquv yilidan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Жорий ва келгуси ҳафтада Президентимиз фаолиятида қатор халқаро тадбирлар режалаштирилган.

Давлатимиз раҳбари 14-15 сентябрь кунлари Тожикистон пойтахти Душанбе шаҳрида Марказий Осиё давлат раҳбарларининг навбатдаги, бешинчи Маслаҳат учрашуви ҳамда Оролни қутқариш халқаро жамғармаси саммитида иштирок этади.

Бу саммитларда Президентимиз қатор муҳим ва долзарб таклиф ва ташаббусларни илгари суриши, минтақада савдо-иқтисодий, транспорт-логистика алоқаларини, “яшил” иқтисодиёт ва энергетика, сув ва экология соҳаларида ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларига қарши биргаликда курашиш каби масалалар юзасидан ўз нуқтаи-назарини баён қилиши кутилмоқда.

Давлатимиз раҳбари кейинги ҳафтада Америка Қўшма Штатларига ташриф давомида Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нутқ сўзлайди.

Президентимиз халқаро ҳамжамиятни нафақат юртимиздаги ислоҳотлар жараёни, инсон ҳуқуқлари, ижтимоий-сиёсий модернизация соҳаларида эришилган натижалар билан таништирадилар, балки ҳам минтақавий, ҳам глобал аҳамиятга эга қатор муҳим ташаббусларни илгари суриши кутилмоқда.

Бундан ташқари, Ўзбекистон етакчиси ташриф доирасида АҚШ Президентининг таклифига биноан ўтказиладиган “С5+1” форматидаги АҚШ ва Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг учрашувида иштирок этади.

Facebook|Instagram|Twitter
#Boʻstonliq_tumani
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 94-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, koʻrib chiqildi:

😄Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi “2022–2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 228-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman 3-sektor rahbarining hisoboti toʻgʻrisida;

😄Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Boʻstonliq tumani boʻlinmasining 2023-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida;

😄Boʻstonliq tumanida ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yakka tartibdagi va koʻp qavatli uy-joylarda 2023–2024-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha koʻrilgan tayyorgarliklar toʻgʻrisida;

😄Boʻstonliq tumanida toʻrtinchi bosqich “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida;

😄Boʻstonliq tumanida oilaviy shifokor va qishloq shifokori faoliyati, ona va bola salomatligiga koʻrsatilayotgan eʼtibor, alohida roʻyxatdagi fuqarolarni bepul dorilar bilan taʼminlash, shifoxonalarni tibbiyot anjomlari bilan jihozlanish va koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati toʻgʻrisida;

😄Boʻstonliq tumanida maishiy chiqindilarni olib ketish boʻyicha joriy yilning sakkiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida;

😄Boʻstonliq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va sogʻliqlarini tiklash uchun moddiy yordamga muhtoj fuqarolar hamda “qizil” toifadagi yoshlarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan moddiy yordam koʻrsatish va boshqa masalalar toʻgʻrisida boʻldi.

📝Sessiya yakunida koʻrilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzkad

Toshkent viloyatida 5 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektlari Uzkad dasturiga kiritildi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalist va blogerlar hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

🍇 Sizlarni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joriy yil 15-16-sentyabr kunlari oʻtkaziladigan “Uzum sayli”ga taklif etamiz.

🧧Xalqaro darajadagi tadbirga qiziqish kattaligini inobatga olib, turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlarga maxsus ruxsatnomalar beriladi.

📋Tadbirda ishtirok etish uchun jurnalist va blogerlar 14-sentyabr kuni soat 16:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:

📞 95 160 44 05
📞 95 160 44 06

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~

Вниманию журналистов, блогеров и представителей зарубежных средств массовой информации, аккредитованных в Узбекистане!

🍇 Приглашаем вас принять участие на «Празднике винограда» («Узум сайли»), который состоится 15-16 сентября текущего года в Паркентском районе Ташкентской области.

🧧Учитывая огромный интерес граждан страны, иностранных гостей к мероприятию международного уровня и во избежание различных неудобств, всем аккредитованным журналистам будут выданы специальные пропуска.

📋 Для участия на мероприятии журналисты и блогеры могут зарегистрироваться до 16:00 часов 14 сентября.

Телефоны для дополнительной информации:

📞 95 160 44 05
📞 95 160 44 06

Информационная служба хокимията Ташкентской области.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot

Ichimlik suvi muammosi: Bizni qanday kelajak kutmoqda?

“Toshkent suv taʼminot” MCHJ tomonidan tayyorlangan foydali va qiziqarli videolar...

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani “Uzun” MFYda yashovchi aholi va fermer oʻrtasida yer masalasida kelishmovchilik yuzaga kelayotgani aytilib, mutasaddilardan muammoga yechim topib berish soʻralgan.

Mazkur holat masʼullar tomonidan nazoratga olinib, tez orada oʻrganishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM