Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.57K subscribers
29.6K photos
3.6K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🏖“Chorvoq oromgohi” Sizni yozning issiq kunlarida mazmunli hordiq olishga chorlaydi. Bu yerda Siz ajoyib oq qumli plyajda dam olishingiz va oʻzingizni xuddi dengiz boʻyida dam olayotgandek his qilishingiz mumkin.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Haqorat qilganlik
– shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so'mdan 13 mln 200 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

🔰 Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

▫️66 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

🔰 Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to'g'ridan-to'g'ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️66 mln so'mdan 132 mln so'mgacha jarima;
▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda;
xavfli residivist tomonidan;
tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa:

▫️132 mln so'mdan 198 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj

Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida mehmon uylari, mehmonxonalar qurilishi jadallashmoqda.

Ya’ni, xorijiy turistlarda yashillik texnologiyasiga alohida e’tibor berilib, bu esa Boʻstonliq tumaniga sayyohlarning oqimini yanada kuchaytirmoqda.

Tafsilotlar bilan "Oʻzbekiston 24" telekanalining lavhasida tomosha qilish mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚕️👨‍⚕️👨‍⚕️👨‍⚕️👨‍⚕️👨‍⚕️
#Boʻstonliq_tumani
#tibbiy_koʻrik

🩺Bugun tuman hokimligi oila va xotin-qizlar boʻlimi va tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorligida Yusufxona oilaviy shifokorlik punktida “Novobod”, “Chimgan” va “Yangiqoʻrgʻon” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tibbiy koʻrikka muhtoj xotin-qizlar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi, aholi oʻrtasida, ayniqsa ayollar orasida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar tumanimizning deyarli barcha mahallalarida oʻtkazilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Medallar oʻz egalariga topshirildi

🟢Bugun tuman hokimligida tuman hokimi oʻrinbosari M.Nurmetov, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Qurbonov boshchiligida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil qilindi.

🟢Uchrashuv avvalida tuman hokimi oʻrinbosari M.Nurmetov bitiruvchilarni tabriklab, ularga katta hayotdagi yoʻllarida omad va zafarlar tiladi. Bitiruvchi yoshlarning tumanimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishlarini alohida taʼkidladi.

🟢Shundan soʻng maktabni oltin va kumush medallar bilan yakunlagan oʻquvchilarga rahbarlar ishtirokida medallar topshirildi.

🟢Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yilida tumandagi maktablarni jami 42 nafar bitiruvchi medallar bilan yakunladi. Shundan 36 nafar bitiruvchi oltin medal bilan, yana 6 nafari kumush medal bilan bitirdi.

🟢Tadbir soʻngida “Zamonaviy maktab” maqomiga ega boʻlgan 8 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga 2- va 3-darajali “Zamonaviy maktab” maqomini olganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram |💬Facebook |📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM