Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.55K subscribers
29.7K photos
3.62K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#referendum2023

🟢Boʻstonliq tumanida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostidagi targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

🟢Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori, “Shuhrat” medali sohibi Elyor Rahmatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova, Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashi deputati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sayyora Fayziyeva, sportning “Boks” turi boʻyicha jahon chempioni, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindori Elnur Abduraimov hamda tumanimiz yoshlari, faollari, deputatlari ishtirok etdi.

🟢Soʻzga chiqqanlar yangi Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan oʻrni, unga kiritilayotgan yangi qoʻshimchalar va oʻzgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

🟢Tadbir davomida tumanimizning bir guruh sanʼatkorlari, “Gulyor” folklor-etnografik jamoalarining chiqishlari, raqs va sahna koʻrinishlari davraga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon
#bildirish

Bugundan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi

Bugun, 2023-yil 1-apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushdi.

Dasturga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt•soatiga 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Бектемир Мелиқўзиев, бокс бўйича уч карра Осиё чемпиони, Рио-2016 Олимпиадаси кумуш медали соҳиби:

— Бугунги кунда фаолиятимни АҚШда профессионал боксда давом эттираяпман. Олдимга катта мақсадлар қўйганман ва бу йўлда тинимсиз меҳнат қилаяпмиз. Худо хоҳласа, профессионал боксда ҳам юртимиз байроғини баланд кўтаришга ҳаракат қиламан. Катта натижаларни қўлга киритишимизга давлатимиз томонидан биз — спортчиларга, ёшларга кўрсатилаётган этибор ва халқимизнинг қўллаб-қувватлови сабаб, деб биламан. Айни кунларда Ўзбекистонимизда ҳар қандай соҳада ўзгаришлар бўлаяпти ва албатта, бу ўзгаришларга #befarqemasman. Барчангизни бефарқ бўлмасликка чақираман.

@menbefarqemasman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Гулноза Ҳамидова, "Эл-юрт умиди" жамғармасининг 2022 йилги стипендианти, Буюк Британиядаги Абердин университети магистранти:

— "Эл-юрт умиди" жамғармасига ҳужжат топшириб, суҳбат ва имтиҳон жараёнларида ҳеч қандай таниш-билишларсиз, ўз билим ва салоҳиятим билан Британиянинг нуфузли университетига ўқишга киришга муваффақ бўлдим.
Нақлларда атрофимиздаги дўсту душманлардан эмас, бефарқ инсонлардан қўрқиш кераклиги айтилади. Бугун мен чет элда бўлсам ҳам, юртимизда бўлаётган ижтимоий, иқтисодий, сиёсий ўзгаришларга бефарқ эмасман ва референдумда фаол қатнашаман.

@menbefarqemasman
#Boʻstonliq_tumani

📢DIQQAT EʼLON❗️

🎥 Ichki ishlar vazirligi va tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanimiz yoshlari va aholisining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida bugun tuman hokimligi roʻparasida soat 19-30 da ilk marotaba “OCHIQ OSMON OSTIDAGI KINOTEATR” tashkil qilinadi.

▶️Mazkur tadbirda ilk muhabbat, Vatanga, ota-onaga muhabbat, hayotiy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan mashhur kinofilmlar namoyish etiladi.

☕️Barcha yoshlarni, kattayu kichiklarni va kino ixlosmandlarini oʻziga xos muhitda tashkil qilinayotgan kino seanslarga taklif qilamiz.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Seminar

Bugun 17-sonli musiqa va sanʼat maktabida tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mashrab Shukurov hamda Shuhrat Mirzaahmadovlar tomonidan tuman Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasi xizmatchi va harbiy xizmatchilar ishtirokida seminar tadbiri tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda umumxalq referendumida ovoz berish tartibi va boshqa zarur boʻlgan masalalar tushuntirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#sport
#gʻalaba

Ofarin, Doston!

🏋️‍♀️Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha mamlakat birinchiligi qizgʻin davom etmoqda. 73 kg vazn toifasida gʻoliblik uchun supaga chiqqan 2021-yilgi jahon chempioni, tumanimiz oʻgʻloni Doston Yoqubov Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Турғун Бекназаров - Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист, Муқимий номидаги Ўзбекистон давлат мусиқали театри устоз санъаткори.

Каналга уланиш⬇️                                
https://t.iss.one/Muqimiyteatruz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Bo'stonliq tumanida aholi muammolari Mahallabay o'rganilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#sayyor_qabul

🟢Bugun Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida “Xoʻjakent” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Xoʻjakent” pansionatida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

🟢Qabulda fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish choralari belgilandi hamda bu borada har bir murojaatchiga atroflicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM