Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.57K subscribers
29.6K photos
3.61K videos
9 files
10.9K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣
#Boʻstonliq_tumani

“Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!”

Aziz yurtdoshlar!
Qadrli tumanimiz ahli va mehmonlari!

🌸Navroʻz yasharish-yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi.

✔️Maʼlumki, tumanimizda Navroʻz sayli 21-mart kuni oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq bayram munosabati bilan hududimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar va turistlarning soni ortib borishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarni oldini olish hamda viloyat markazi, mahallalar kesimidagi sayllar shu kunga toʻgʻri kelganligi sabab, Navroʻz sayli 22-mart kuni soat 10-00 dan 17-00ga qadar tuman markaziy oʻyingohida oʻtkazilishi belgilandi.

🌺Shu munosabati bilan barchani umumxalq sayliga chorlab qolamiz.

🌹Darhaqiqat, shu kuni doshqozonlarda koʻklamning tansiq taomlari — sumalak, halim tayyorlanadi. Tashkilot va korxonalar, mahalla va muassasalarning navroʻzona chiqishlari namoyish etiladi.

💐Aytgancha, siz milliy oʻyinlar, sport musobaqalariga qiziqasizmi? Demak, ishtirokchiga aylanish imkoniyatingiz bor. Navroʻz saylida tumanimizning umidli sportchilari, olimpiyada gʻoliblari ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, milliy liboslar, urf-odatlar, asori-atiqalarimizni oʻzida mujassam etgan milliy madaniy markaz jamoalarining chiqishlari saylga fayz kiritadi.

🌷Siz sevgan, elimiz ardogʻidagi mashhur sanʼatkorlar, estrada yulduzlari hamda Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli xonandalari ham xizmatda boʻlishadi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site 🌍 | Telegram | Facebook💬 | Instagram📸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Shukuh
#Navroʻzi_olam

Ayni paytda tumanimiz boʻylab Navroʻz sayllari davom etmoqda.

🌸Xususan, “Chinor” mahallasida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#mehr_saxovat

🌸Navroʻz yasharish-yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi.

🔹Shu kunlarda tumanimizning barcha hududlarida Navroʻz bayrami arafasida ezguliklarga yoʻgʻirilgan saxovat amallari bajarilmoqda.

🔹Unda keksa-nuroniy otaxon va onaxonlar, boquvchisini yoʻqotgan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.

🔹Koʻngillarga quvonch olib kelayotgan bu kabi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarq_emasman

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning har bir moddasi hayotiy tajribalarga asoslangan va hal qilinishi kerak boʻlgan muammolarni yechimi sifatida loyihada oʻz aksini topgan.
Siz ham befarq boʻlmang.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Barraj” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar Nilufar Mahkamova va Barno Turayevalar tomonidan imtiyozli kredit hisobidan qurilgan issiqxona talabga javob bermasligi va taʼminotchidan noroziligi mazmunida yoʻllangan video murojaati yuzasidan ushbu masala bo'yicha bugungi kunda surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilayotganligini va natijasi boʻyicha tez orada qoʻshimcha maʼlumot berilishini ma'lum qilamiz.