Bobosher's blog | #FreePalestine
329 subscribers
382 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Aygandima random generatsiya qilishyapti ovozlarni deb.
👏7
Buyuk og’alarda nima gaplar?

P.S. Rus og’alarni nazarda tutdim. Sardor og’a tug’ilgan kun nishonlayapti, mayda ishlarga vaqti yo’q bugun ))
👍6😁1
Forwarded from Josh*Developer
Dasturlashga kirishim va oilam sarmoyasi

Oilamiz biroz qiynalgan payti, ijara puli 400 000 so'm bo'lsa ham bazo'r to'laydigan ahvolda edik. O'rta ta'limimni bitirib, "oliy" ta'limga topshirgandim. 88.2 ball. Yiqildim. Qarasam maktabda tasavvur qilgan hayot kutganimdek emas ekan. Boshqa yiqilgan do'stlarim bir qarasangiz dalada, bir qarasangiz qurilishda ishlashga kirib ketishgan, juda ozchilik qayta ilm olishga qaytgan edi. Bunday ishlarni og'irligini ishlab ko'rib, totib ko'rib bo'lgandim. Ilm olmasam bo'lmasdi.
Shunday holatda paytim yaqin qarindosh akam dasturlashga qiziqtirgandi. Oilamiz o'sha ahvolda bo'lsa ham menga sarmoya ajratishga rozi bo'lishgan. Katta akam esa arzonroq kompyuter topib bergandi. U paytlar Chirchiq shaxrida turar edim. Dasturlash kurslari topa olmay, Toshkentga qatnashni boshlaganman. Har dars kuni 3 ta transport, salkam 20-30km yo'l. Kursning o'zi ijara puliga ketadigan summadan oshib ketayotgan edi.
Shu paytda eng yaqin do'stlarim bu ishim bo'lmasligini aytib tanqid qilishgandi. O'zim ham qiynalardim, o'zimni oilamga zarar keltirayotgandek his qilib...

Bu holatni ko'pchilik bilsa kerak. Oramizda ko'p insonlar ham xuddi shunday yo'llardan o'tishgan. Ilmning qiyinchilik davri.

Ammo, Allohga shukurki, bu qiyinchiliklar uzoqqa bormadi. Sekin-sekin harakatlarimizni samarasini Allohni izni bilan ko'ra boshladik. Hozir Alloh yetkazgan oylik daromadimga qarab(qanchaligini so'ramang iltimos 😄), buni orqasida juda ko'p insonlarni mehnati yotganini his qilib turaman. Shunday og'ir ahvolda ham sarmoya qilishga rozi bo'lgan oilam, shu sohaga qiziqtirgan va yordamchi bo'lganlar, hammasidan minnatdor bo'laman.

Alhamdulillah

Gapim so'ngida aytmoqchi bo'lgan gapim, oilangizni asrang. Sizga bergan sarmoyalarini bekorga sovurmasdan shukur qilib qattiq o'qing. Ularni bu vaqtda bergan sarmoyalari millionlardanda qimmatli va qadrli bo'ladi.

Shunaqa gaplar ...🙂

@JoshDeveloper
👍10🔥5
Meetingdan chiqqunimcha tugab ketibdi ))
😁8😢2👍1
4 minutda 200+ application.
Job chiqishi bilan avtomatik apply qiladigan sistema yo'qmi ishqilib?
😁13🔥1
Based on true story
👍9😢2🔥1
Videolari tarqalayotgan Jizzaxdagi vertolyot ko'tarib yurgan matoh AEM survey equipment deyiladi. Yer osti tuzilishi va yerosti suvlari holatini o'rganish uchun foydalaniladi (mening bilishimcha). Lekin buni hamma bilmaydi. Shuni hisobga olib, boshqa davlatlarda odatda bunday researchlardan oldin mahalliy aholi ogohlantiriladi.
Resumeni upload qilgandan keyin ham yana qaytadan hamma ma’lumotlarni qo’lda kiritishni so’raydigan kompaniyalarga tushunmay o’tib ketsam kerak.
👍5😁2
LinkedInda yuborishibdi.
Hech kimga alohida mentorlik qilmayapman, @boboshersnotes’dagi postlar kim uchundir foydali bo’layotganidan xursandman.
Ko’rib xursand bo’ldim.
Oldik☕️
🔥22👍1👎1
Forwarded from Umar Sadullayev
Dollar oshsa ham narxlar oshadi, tushsa ham oshadi. Ruslar kelsa ham oshadi, ketsa ham oshadi. Bizda faqat narxlar oshadi. Bizda insofsizlarni nafs xohishlari oshsa oshadi, kamaymadi.
Mana masalan uy muommosi, ba'zi uyi bor mulkdorlar bilganini qilyapti. Shu Ruslar kelishidan avval ijaraga falon narxga ko'nib yurgan mulkdor odamlar(falon narx ham katta narx, axir talabalar qaytdiku!), Ruslar kelishini eshitib yana narxni oshirishdi.

Bizda shu nimadirga xalq muxtojlik sezsa, darrov narxini oshiramiz qo'yamiz. Insofsizlar bosib ketgan jamiyatda yashash naqadar og'ir-a ! O'zim birnecha yillardan beri ijarada yashab bu zahmatni juda yaxshi his qilaman. Falon million so'm oylikli ishli inson ham bu davlatda uy olish uchun yillab yemay-ichmay ishlashi kerak. Endi yig'dim desangiz yana qandaydir bahona bilan narxlar osmonga uchgan bo'ladi... Ha aytgancha, qayerdan ham pul yig'ardingiz, axir ijarani o'zi falon dollar bo'lsa...

Alloh ularga insof bersin. Nafslari ustidan g'olib qilsin.

Alloh hali bu mulklaridan hisobini so'raydi...

Davlatimizning
musaffo osmoniga ko'z tegmasin! Ko'ramiz xalqimiz uchun bu muammoni yechishda nima qilishar ekan!
Yaxshilikka bo'lsin.

@UmarSadullayev
😢10👍2👎2
Charchaganda musiqa eshitishdan ko’ra yaxshiroq narsani bilasizmi?
Qur’on eshiting!
Afsuski, buni his qilish uchun shunchaki eshitish kamlik qiladi.
Doim Qur’onni sevuvchilardan bo’lish nasib qilsin.

Eshiting, dam oling, tashvishlarni unuting.
https://www.youtube.com/watch?v=sLuR-4YxEns
20👍5🔥1
«Кейинги 5 йилда минглаб ўзбеклар гигант айти компанияларда ишлашади» — Amazon’да ишлаётган дастурчи

23 ёшли Азимжон яқинда Facebook компаниясида ёзги амалиётни тугатиб, Amazon’да иш бошлади. У Facebook, Amazon ва Google каби катта компанияларга қандай ишга кириш, улардаги «катта ойлик маошлар, кўплигидан фойдаланишга улгуриш қийин бўлган имкониятлар» ҳақида қизиқ маълумотлар билан бўлишди.

👉 https://kun.uz/08803257

Kun.uz расмий канали
🔥7👍1
Men uchun ancha foydali hafta bo'ldi.
Kamida 30 soat vaqtimni o'rganishga sarfladim.
👍12🔥5
Qiziq fakt:
James Webb Space teleskopi oydan turib yerda uchib yurgan arini kuzata oladigan darajada kuchli ekan.
😁15👍2🔥2
Atrofingizga qarang, qanday ahvoldamiz. Bizni ilmsizlik shu holga olib keldi va faqatgina ilm qutqaradi. Bizni umrini kasbiga bag'ishlagan o'qituvchilargina qutqara oladi.

Bugun o'qituvchilar bayrami. Imkoningiz bo'lsa, o'qituvchilaringizni ko'rgani boring, bo'lmasa telefon qilib tabriklang. Muvaffaqiyatlaringizni ayting. O'qituvchingizning mehnati bekor ketmayotganini ko'rsating. Ularni xursand qiling. Zero, ular taslim bo'lsa xalqni hech kim ilmsizlikdan qutqara olmaydi.
👍20