Bobosher's blog | #FreePalestine
329 subscribers
382 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Forwarded from 2022.12.05
Мени ўзгартирган салом

Бир ДАН ходими айтиб берди:

"Ойлик олган куним эди. Қўшимчасига мукофот пули ҳам беришди. Кайфият зўр. Бугун ҳеч кимга жарима ёзмайман дедим-да, ишга чиқдим.

Хизмат жойимда турсам, узоқдан янги иномарка келяпти. Тўхтатдим.
- Ассалому алайкум, ака яхшимисиз?
- Ва алайкум ассалом. Аллоҳга шукр.
- Мошиналар муборак бўлсин!
- Сизга бунданам яхшисини насиб этсин!
- Ака, мен Фалончи Фалончиев... Хизматчилик, ҳужжатларингизни текшириб қўйсак.

Ҳайдовчи бемалол деди-да, ҳужжатларини тақдим этди. Синчиклаб текширсам-да бирон муаммо тополмадим. Базадан штрафларни текширдим: топ-тоза. Шунда шайтон қурғур эски синалган усулингни қўлла, деб қулоғимга қуйди. Ҳайдовчига жиддий қараб:
- Ака нима қоидабузарлик қилганингизни биласизми, - дедим.

Одатда, бунақа пайтда малакасиз ва эътиборсиз ҳайдовчилар ўзини йўқотиб қўяр, уларга биронта навбатчи қоидабузарликни қўйворса бўлаверарди. Ҳайдовчи ака ўзгармади ҳам, ўша-ўша кайфиятда "билмасам" деди. "Тузоққа илинди" дедим ичимда.

- Полосани босдингиз. Протокол қиламизми?

Ҳайдовчи ҳеч бўлмаса мен билан тортишиши, ҳақини талаб қилиши, жилла қурса, "ёзмай қўёвринг, камандир" дейиши керак эди. Иномарка эгаси фавқулодда хотиржамлик билан:
- Қоидани бузган бўлсак, ёзаверинг, - деди.

Тўғриси бунақа хотиржам ҳайдовчини умримда биринчи марта кўриб турибман. Бир тарафдан жаҳлим чиқади, иккинчи тарафдан виждон қийналяпти. Охири мақсадга ўтдим:

- Ғалати одам экансиз, ким нима деса ишонаверасизми? - дедим кулги аралаш. У эса менга шундай жавоб бердики, бошим ғовлаб кетди:
- Ғалати эмасман. Менга Аллоҳнинг саломини йўллаб, гўзал муомала қилган одам мени алдамаса керак.

Жавоб ўқ бўлиб юрагимга жойланган эди. Терс ўгирилдим-да, додлаб юбормаслик учун чуқур нафас олдим. Ҳужжатларни қайтариб берарканман:
-Узр сўрайман, кетаверинг, ҳеч қандай қоидабузарлик қилмадингиз, дедим.

Иномарка эгаси, ҳужжатларни қутига соларкан, ичидан кичик бир атирни олди-да, менга бераркан: "Мана бу ҳадяни қабул қилинг, чин дилдан, умрадан олиб келгандим. Ассалому алайкум!" деди.

Қўлларим қалтираб зўрға олдим. Ерга чўккалаб узоқ ўйланиб қолдим.

Иномарка эгаси менга мўминликни ўргатиб кетган эди. Ўшандан бери бировга ноҳақ жарима ёзмадим, ҳеч кимга ёмон муомала қилмадим...

©️ Давронбек Тожиалиев

👉 @OlimjonHaydarov 👈
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunov kungi bitiruv marosimida qatnashgan saxovatpesha tadbirkor akamiz "Najot Ta'lim" tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya ishlariga o'z hissalarini qo'shish maqsadida o'quvchilarimiz ichidan eng munosibiga topshirishimiz uchun 23 ming dollarlik elektromobilni hadya qilib ketdilar. Moshinani rasman qabul qilib oldik! Akamizning himmatlariga qoyil. Alloh taolo mukofotlasin. Hammamizga shunday himmat bersin.

📌 @javharuz 📌
👍7👏1
Kun mavzusi ))
😁11
Bugun dasturchilarning bayrami ekan, shu fursatdan foydalanib ikki yoshga ba... Eee uzr, adashib ketdim.

Qisqasi, barcha dasturchilarga ko'proq qiziquvchanlik, mustahkam dissipliniya va uzoqroq attention span tilayman. Shularni yaxshilab olsak, qolgani sekin o'z-o'zidan yaxshilanadi.
Ha yana bir gap: Hayotdan zavqlanishni esdan chiqarmang.
Bayram muborak, o'rtoq programmistlar.
👍9😁6😢2
Sane 54’
Mabrurbekdan hol-ahvol so’rab qo’yinglar ))
Xohlaymizmi yo’qmi tabiiy va aniq fanlar har kuni hayotimizda.
Biz “nature” deb ataydigan muhit matematikadagi kosinus, sinuslar-u fizikadagi termodinamika, mexanika qonunlari ustiga qurilgan. Yanayam aniqrog’i, insoniyat tabiatni tushunish uchun shu narsalarni o’ylab topgan va bu bilim deb nomlanadi.
Undagi inson tomonidan yaratilgan (yoki o’zlashtirilgan) va biz har kuni ishlatadigan komponentlar (transport, internet, elektr va h.k.) esa shu bilimni g’oyalarni haqiqatga aylantirish uchun ishlatish natijasi.

Biz atrof-muhitdan o’rganib, yana atrof-muhitga contribute qilamiz. Siz bu qonunlarni bilmasligingiz bu qonunlar siz uchun ishlamasligini bildirmaydi.
Zerikkanda kelib qolgan fikrlar.
👍7😁1
Uztelecomdagilar fisht devoringlar.
Kimdir simlarga tegib ketdimi yoki Cloudflare bilan kelishmay qoldinglarmi?
😁8👍1
Bobosher's blog | #FreePalestine
Uztelecomdagilar fisht devoringlar. Kimdir simlarga tegib ketdimi yoki Cloudflare bilan kelishmay qoldinglarmi?
Meniyam kuchli “tanka”larim bor shekilli, yozganimdan keyin hammasi yaxshi ishlayapti hozir.
Yana biror muammo bo’lsa OpenBudgetga kiritmay to’g’ri kelinoradi ))
😁9
Kitob yetib keldi, endi qunt bilan o'qish kerak.
👍19
"Oldik" rosa trendga chiqdi lekin ))
😁12🔥1
Yolg'on bo'lsa ayting
😁11
Masjiddan chiqishda bir kishi OpenBudgetga ovoz berishni so'rab turibdi. Biznikilar odamlarga qanday ta'sir o'tkazishni yaxshi bilishadi. U-ku bir ilojini qilib vaziyatni o'zining foydasiga hal qilishga harakat qilayapti, lekin menda boshqa savol bor. OpenBudget o'zi nega kerak bizga? Rostdan lokal byudjetda ortiqcha pul bor ekan nega shunchaki o'sha yo'llar, maktablar tuzatilmaydi. Nega soliqqa kelganida hamma teng to'laydi-yu, faqat ovoz to'plagan ko'cha tuzatiladi? Yoki hamma joy zo'r bo'lib ketdi-yu, ortib qolgan pulni qayerga sarflashni bilmayapmizmi?
😢11👍5
Bobosher's blog | #FreePalestine
Watch "What Shape Is Our Universe?" on YouTube https://youtube.com/shorts/bshzBEzk_sQ?feature=share
Shu akaning videolarini ko'rsam maza qilaman.
Fizikadagi murakkab tushunchalarni oddiy odam tushunadigan usulda tushuntiradi.
Forwarded from Abdulaziz Ikrom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Uzr, toʻgʻrisini aytvoribman»

Hasanxon domladan #hazil

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
😁7👍1😢1
Taxminan 10 kundan beri Sony WH-XB910N headphone(naushnik)ni ishlatayapman.
Naushnikning menga yoqqan tomonlari:
— Quvvati anchaga yetadi. Oxirgi marta full chargedan beri taxminan 6 soat aktiv ishlatdim (asosan, podcast va movie uchun). Hozir quvvati 80%.
— Noise cancelling ancha yaxshi.
— Cushionlari juda yumshoq va ancha sifatli.

Menga yoqmagan tomonlari:
— Bass juda chuqur (bu ko'pchilikka yoqadi aslida). Lekin podcast va meetinglarda odamlarning ovozi juda yo'g'on chiqadi.
— Mikrofoni juda sifatsiz.
— O'lchamlari anchagina katta. Beso'naqay va doim taqib yurish muammo.

Agar shu naushnikni sotib olmoqchi bo'lsangiz yana bir marta o'ylab ko'ring.
👍5
Aygandima random generatsiya qilishyapti ovozlarni deb.
👏7