TentakMinds
Photo
Hatto talabalar uchun turarjoy bo'lmasa, ta'limda qilinayotgan "islohotlar" bir tiyin.
Buni hal qilishga qurbi yetadiganlar bo'lsa har kuni prezidentning gapini to'tidek takrorlashdan nariga o'tmayapti.

Forwarded from Najot Ta'lim
Yiqilishga imkon yo'q edi...
🔥 Uzoq kutilgan film premyerasini e'lon qilamiz. «Kelajak yoshlari» granti ishtirokchilaridan «Kelajak yoshlari» nomli hujjatli film premyerasini qarshi oling!
— Ular siz va biz kabi oddiy insonlar edi;
— Ularda ham orzu va havas bor edi;
— Ular umid qilishdan to'xtamas edi;
— Ular imkoniyat borligiga ishonishar edi;
— Ularga birgina imkon kerak edi;
— Ular o'zlariga berilgan ishonchni oqladi.
🗓 2021-yil, 5-aprel. «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan "Kelajak yoshlari" ta'lim granti ilk bor e'lon qilingan kun.
🔸 Katta maqsadlar va ezgu niyatlar bilan ushbu grantni taqdim qildik va 60 nafar boquvchisini yo'qotgan hamda kam ta'minlangan oila farzandlarini saralab oldik.
🚀 1 yil davomida IT sohalari va ingliz tilini o'rgangan yoshlarning bugun deyarli barchasi o'z yo'lini topib, ma'lum bir muvaffaqiyatga erishdi.
Biz ularning muvaffaqiyatidan ilhomlangan holda qahramonlarimizni jamiyatga ibrat bo'lishi o'laraq "Kelajak yoshlari" nomli film olishga qaror qildik. Media-marketing jamoasining uzoq harakatlaridan so'ng ushbu filmni sizlarga taqdim qilishga tayyormiz. Ishonamizki, ushbu film har bir kelajak yoshlari uchun manfaatli bo'ladi. 😊
📽 Film premyerasini bugun — 7-sentyabr soat 20:30 da YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling. O'tkazib yubormasligingizni tavsiya qilamiz.
🔗 Havola: https://youtu.be/v6OMqElyFjc
P. S. Ushbu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing. 🙂

Telegram
Najot Ta'lim
Forwarded from Bobosher's blog | #FreePalestine
Qishloqqa qaytdim😎
Rasmda ko'rib turganingiz eng so'nggi texnologiyalar bo'lmasa ham, mahalliy materiallar asosida ishlab chiqilgan "Countryside internet booster" WiFi routerining 2.0 versiyasi. 2 yil oldin ishlab chiqilgan birinchi versiya haqida mana bu yerda.
Ixtiro muallifi dadam.
Boshqa routerlardan farqli jihati, past internetli hududlarda ham 4G da ishlay oladi. Tannarxi past va minimalistik dizayn.
Avvalgi versiyadan upgradelar:
– 3G dan 4G ga ko'tarilish.
– Qo'shimcha xavfsizlik tizimi.
– Sovutish tizimi.
– Quyoshdan himoya qavati (rasmda ko'rsatilmagan).
Bugungi alfa test natijasiga ko'ra o'rtacha tezlik 2.6 MBps chiqdi (qishloq sharoitida bu ancha yaxshi natija). Normal holatda bu tezlik 200 KBpsdan oshmaydi.
Ertaga bir haftalik beta test boshlanadi. Qurilma beta testdan muvaffaqiyatli o'tsa, productionga chiqamiz.

😁7👍1👏1
Shuhrat aka bilan Nafisa opani shaxsan taniyman. Ikkisi ham bilimga chanqoq, doim yordamga tayyor insonlar. Albatta, bunga oiladagi tarbiya sabab bo’lsa kerak.
Bu grant aynan menga yordam bermagan bo’lsa ham, mana shunday do’stlarimga imkoniyat bergani uchun Najot Ta’lim va Cambridge LC jamoasiga rahmat aytaman. Inshaallah, kelajakda shunday ajoyib ilm markazlari bilan ishlash nasib qilsa, bundan juda xursand bo’laman.

👍12😁2
Dynamic Island menga yoqayapti.
Qachon iPhone 14 Pro olamiz endi?
Qachon iPhone 14 Pro olamiz endi?
🔥6
Shaxsiy fikrim:
Bizning aholi hali demokratik davlatda yashashga tayyor emas.
Ko’pchilik OpenBudgetda bo’layotganga o’xshab, kola evaziga umuman o’zi bilmaydigan fikr/harakat uchun ovoz berishga tayyor.

😁9👍5😢2👎1
Xola Avaz akaning qo'shig'ini ko'tara olmadi-yov...
😁6
Bir saytda talabalar uchun kvartira bo'yicha e'lonlar qo'yilishni boshlagan ekan, talabalar saytga DDoS uyushtiribdi. Tugadi.
P.S. Aytgancha, kvartiralar sifatini nazorat qilish uchun yagona markaz ochish ham yomon g'oya emas.

😁14👍1
Azon Koh ota.aac
5.9 MB
Ko'h ota masjidida yozib olingan azon. Menga juda yoqadi.
Ba'zida shu azonni eshitish uchun ham masjidga borib namoz o'qishga harakat qilaman.
P.S. Audio telefonda yozilgani uchun sifati unchalik yaxshi chiqmadi. Masjidga kelib eshitsangiz bor chiroyini his qilasiz.

👍8
— Dada, o'qituvchimiz darsdan keyin qo'shimcha dars o'tayapti, narxi 200 ming so'm ekan. Kursga borsam bo'ladimi?
— Esing joyidami, buncha qimmat?
O'sha odam to'y qilsa: https://t.iss.one/blogeruzofficial/3288
Mana biz uchun nima muhim, mana nima bizga "ochko" beradi.
Ochig'i, hayotda unchalik pessimist emasman, lekin bunaqa narsalar borgan sari trendga aylanayotganini ko'rib o'ylab qolaman. Cho'kayotgan tizimni (va ichidagi ko'tarilishni istamaydiganlarni) saqlab qolishga harakat qilib cho'kib ketgandan ko'ra "xoin" nomini olib "surish" va hech bo'lmasa yaqinlaringizni bu tizimdan olib chiqib ketish yaxshiroq emasmikin?
P.S. Fikrimga qo'shilmasangiz kommentariya ochiq.

Bloger.uz (Ортга йўл йўқ!)
Қудаларга пулдан чопон 😳
Одамлар бир-биридан ўтиши учун нима аҳмоқлик бўлса ҳаммасини қилиб кўришмоқда
P.S.: Кўрмаганнинг кўргани қўрсин. Солгани емак ҳайвоннинг иши. Оғзига келганни демак нодоннинг иши. Бошқаларга қараб "чопон" бичиш дол...нинг иши.…

😢2
Forwarded from 2022.12.05
Мени ўзгартирган салом
Бир ДАН ходими айтиб берди:
"Ойлик олган куним эди. Қўшимчасига мукофот пули ҳам беришди. Кайфият зўр. Бугун ҳеч кимга жарима ёзмайман дедим-да, ишга чиқдим.
Хизмат жойимда турсам, узоқдан янги иномарка келяпти. Тўхтатдим.
- Ассалому алайкум, ака яхшимисиз?
- Ва алайкум ассалом. Аллоҳга шукр.
- Мошиналар муборак бўлсин!
- Сизга бунданам яхшисини насиб этсин!
- Ака, мен Фалончи Фалончиев... Хизматчилик, ҳужжатларингизни текшириб қўйсак.
Ҳайдовчи бемалол деди-да, ҳужжатларини тақдим этди. Синчиклаб текширсам-да бирон муаммо тополмадим. Базадан штрафларни текширдим: топ-тоза. Шунда шайтон қурғур эски синалган усулингни қўлла, деб қулоғимга қуйди. Ҳайдовчига жиддий қараб:
- Ака нима қоидабузарлик қилганингизни биласизми, - дедим.
Одатда, бунақа пайтда малакасиз ва эътиборсиз ҳайдовчилар ўзини йўқотиб қўяр, уларга биронта навбатчи қоидабузарликни қўйворса бўлаверарди. Ҳайдовчи ака ўзгармади ҳам, ўша-ўша кайфиятда "билмасам" деди. "Тузоққа илинди" дедим ичимда.
- Полосани босдингиз. Протокол қиламизми?
Ҳайдовчи ҳеч бўлмаса мен билан тортишиши, ҳақини талаб қилиши, жилла қурса, "ёзмай қўёвринг, камандир" дейиши керак эди. Иномарка эгаси фавқулодда хотиржамлик билан:
- Қоидани бузган бўлсак, ёзаверинг, - деди.
Тўғриси бунақа хотиржам ҳайдовчини умримда биринчи марта кўриб турибман. Бир тарафдан жаҳлим чиқади, иккинчи тарафдан виждон қийналяпти. Охири мақсадга ўтдим:
- Ғалати одам экансиз, ким нима деса ишонаверасизми? - дедим кулги аралаш. У эса менга шундай жавоб бердики, бошим ғовлаб кетди:
- Ғалати эмасман. Менга Аллоҳнинг саломини йўллаб, гўзал муомала қилган одам мени алдамаса керак.
Жавоб ўқ бўлиб юрагимга жойланган эди. Терс ўгирилдим-да, додлаб юбормаслик учун чуқур нафас олдим. Ҳужжатларни қайтариб берарканман:
-Узр сўрайман, кетаверинг, ҳеч қандай қоидабузарлик қилмадингиз, дедим.
Иномарка эгаси, ҳужжатларни қутига соларкан, ичидан кичик бир атирни олди-да, менга бераркан: "Мана бу ҳадяни қабул қилинг, чин дилдан, умрадан олиб келгандим. Ассалому алайкум!" деди.
Қўлларим қалтираб зўрға олдим. Ерга чўккалаб узоқ ўйланиб қолдим.
Иномарка эгаси менга мўминликни ўргатиб кетган эди. Ўшандан бери бировга ноҳақ жарима ёзмадим, ҳеч кимга ёмон муомала қилмадим...
©️ Давронбек Тожиалиев
👉 @OlimjonHaydarov 👈

👍11
Forwarded from Javohir Izzatulloh | blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunov kungi bitiruv marosimida qatnashgan saxovatpesha tadbirkor akamiz "Najot Ta'lim" tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya ishlariga o'z hissalarini qo'shish maqsadida o'quvchilarimiz ichidan eng munosibiga topshirishimiz uchun 23 ming dollarlik elektromobilni hadya qilib ketdilar. Moshinani rasman qabul qilib oldik! Akamizning himmatlariga qoyil. Alloh taolo mukofotlasin. Hammamizga shunday himmat bersin.
📌 @javharuz 📌
📌 @javharuz 📌
👍7👏1
Bugun dasturchilarning bayrami ekan, shu fursatdan foydalanib ikki yoshga ba... Eee uzr, adashib ketdim.
Qisqasi, barcha dasturchilarga ko'proq qiziquvchanlik, mustahkam dissipliniya va uzoqroq attention span tilayman. Shularni yaxshilab olsak, qolgani sekin o'z-o'zidan yaxshilanadi.
Ha yana bir gap: Hayotdan zavqlanishni esdan chiqarmang.
Bayram muborak, o'rtoq programmistlar.

👍9😁6😢2