— Sizningcha nazariy bilim bilan amaliy ko'nikma bir xilmi?
— Nazariy jihatdan ha. Amaliyotda esa yo'q.
— Nazariy jihatdan ha. Amaliyotda esa yo'q.
😁26
Har bir kun siz uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. Menimcha bu gapni juda ko'p eshitamiz, lekin har doim ham his qilmaymiz. Yo'qsa har bir kunning qadriga yetgan bo'lardik.
👍14🫡3
AQSHdagi o'nlab universitetlarda Falastinda bo'layotgan genotsidga qarshi namoyish qilib chiqayotgan yuzlab odamlar qamalayapti. So'z erkinligi deganlari bo'lsa shuncha bo'lar.
👍21
Qaysidir amaldor O'zbekistonni qimorga tikib yuborishini kutamiz endi 🍿.
🤣15👍3😁3🔥1
1 hafta oldin bir deputat ikkinchisiga:
– Yaqinda qimor qonuniy bo'ladi.
– Yo'g'-e, qo'ysangchi.
– Qanchadan garov o'ynaysan?
– Yaqinda qimor qonuniy bo'ladi.
– Yo'g'-e, qo'ysangchi.
– Qanchadan garov o'ynaysan?
🤣37
Qiziq, Uzmobiledagilarning o'zi ham Uzmobile ishlatarmikan yo boshqa simkartami? Haligi chetda davolanib kelgan tibbiyot vazirimizga o'xshab.
🤣25😁6👍2
Silaram "Saved Messages"ga nimadir yuborgandan keyin izidan nuqta yuborib qo'yasizlarmi? Content chat listda ko'rinmasligi uchun. Menga qolsa personal chatlarda ham shunday qilardim ))
🤣20😁3👍1
Metroga kirishda metall detektor bilan sumkani tekshiradigan akalarning ishini ko'rib mening vijdonim qiynalib ketadi...
🫡10👍4
Hozir dilemmadamanmi yoki yo'qmi deb rosa o'ylanayapman.
P.S. Dilemma bu – ikkilanish, qaror qila olmaslik.
🤣18
Falastin uchun duoda bo'lib turing, har kungidan ham ko'proq.
❤27👍1👎1
Moida surasining 21-26 oyatlarida Muso alayhissalom va u kishining qavmlari o'rtasida bo'lib o'tgan bir voqea hikoya qilinadi. Bu oyatlar xuddi bizning hozirgi holatimizni aytganga o'xshaydi. Faqat bu safar... Bani Isroil o'rnida bizmiz.
😢13❤1
"Xavfsiz hudud"dagi chodirda tiriklayin yongan ayollar, boshi olingan bolalar, "noma'lum" deb yozilgan qabrga ko'milgan minglab odamlar, qo'rquvdan shol bo'lib qolgan chaqaloqlar, oilasi ochlikdan o'layotganiga ilojsiz qarab turgan erkaklar... Va shu daxshatga kechayu-kunduz o'z ko'zi bilan guvoh bo'layotgan 2 million ilojsiz xalq.
Bu yoqda esa shularning hammasini g'ing demay kuzatayotgan "musulmon"lar. Birodarlaring boshiga shunday kulfat kelib, ular sendan yordam kutayotganda sen hech narsani ko'rmagandek yashashda davom etganingni farzandlaringga qaysi yuz bilan aytib berasan, nomard? Qiyomat kunida birodarlaring yuzga qanday qaraysan? Ibrohim alayhissalom yongan o'tga og'zida suv tashigan chumolichalik bo'lolmading-a. Birodaringlaring boshiga daxshatni solishayotganda qanday luqmangdan lazzat olayapsan? Savol-javobing og'ir bo'lishidan qo'rqmaysanmi?

😢31🫡3❤1👍1
Davlat xizmatlariga ishing tushmasin ekan. O'zi o'shalardan bittasi qilgan ahmoqlikni deb endi men kun bo'yi ko'chada yuribman, lekin haliyam ishim hal bo'lmadi.
😢13👍2