Bobosher's blog | #FreePalestine
329 subscribers
382 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Universitetda Cyber Security Club jamoasi naushnik sovg'a qildi. Endi bunga PC yig'sam bo'ldi ))
🔥14🤣9👍3😁2
Forwarded from Khamidulla Inoyatov
Bugun, 2 Aprel, Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni. Mening autizm sindromli farzandim bor. U bilan o’tkazgan har bir kunim menga yangi qiyinchiliklar va shu bilan bir qatorda yangi g’alabalar (new challenges and triumphs) olib keladi; har bir yangi kun menga sabr-toqat, hamdardlik va farzandga bo’lgan cheksiz muhabbatning haqiqiy ma’nosini o’rgatadi. Farzandimning autizm sindromi - bu mening bu dunyoni tushunishim va uni boricha qabul qilishim borasida ko’zlarimni ochdi. Bu yerda har bir kichik o’zgarish juda muhim! Ta’lim va himoya orqali, men autizm haqida xabardorlikni oshirishga va autizm spektridagi barcha uchun inklyuzivlikni targ’ib qilishga intilaman. Keling, autizm bilan aloqador barchaga mehr ko’rsatib, ularni qo’llab-quvvatlab, bu spektr haqidagi to’g’ri ma’lumotni birga tarqataylik. Farzandlarimiz va kelajak avlodlarimiz uchun yanada inklyuziv va ularni boricha qabul qiladigan jamiyat qurishda davom etaylik. #autizm #autizmawareness

@khamidulla_inoyatov
3🔥2
HalalGPT
🤣56👍6😁6👎1
Shaxmat o'ynamaganimga ancha bo'libdi
— Sizningcha nazariy bilim bilan amaliy ko'nikma bir xilmi?
— Nazariy jihatdan ha. Amaliyotda esa yo'q.
😁26
Har bir kun siz uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. Menimcha bu gapni juda ko'p eshitamiz, lekin har doim ham his qilmaymiz. Yo'qsa har bir kunning qadriga yetgan bo'lardik.
👍14🫡3
AQSHdagi o'nlab universitetlarda Falastinda bo'layotgan genotsidga qarshi namoyish qilib chiqayotgan yuzlab odamlar qamalayapti. So'z erkinligi deganlari bo'lsa shuncha bo'lar.
👍21
Qaysidir amaldor O'zbekistonni qimorga tikib yuborishini kutamiz endi 🍿.
🤣15👍3😁3🔥1
1 hafta oldin bir deputat ikkinchisiga:
– Yaqinda qimor qonuniy bo'ladi.
– Yo'g'-e, qo'ysangchi.
– Qanchadan garov o'ynaysan?
🤣37
Qiziq, Uzmobiledagilarning o'zi ham Uzmobile ishlatarmikan yo boshqa simkartami? Haligi chetda davolanib kelgan tibbiyot vazirimizga o'xshab.
🤣25😁6👍2
Silaram "Saved Messages"ga nimadir yuborgandan keyin izidan nuqta yuborib qo'yasizlarmi? Content chat listda ko'rinmasligi uchun. Menga qolsa personal chatlarda ham shunday qilardim ))
🤣20😁3👍1
Metroga kirishda metall detektor bilan sumkani tekshiradigan akalarning ishini ko'rib mening vijdonim qiynalib ketadi...
🫡10👍4
Hozir dilemmadamanmi yoki yo'qmi deb rosa o'ylanayapman.

P.S. Dilemma bu – ikkilanish, qaror qila olmaslik.
🤣18
Og'riq yengilmaydi, balki qabul qilinadi.
🔥8😁3
Falastin uchun duoda bo'lib turing, har kungidan ham ko'proq.
27👍1👎1
Moida surasining 21-26 oyatlarida Muso alayhissalom va u kishining qavmlari o'rtasida bo'lib o'tgan bir voqea hikoya qilinadi. Bu oyatlar xuddi bizning hozirgi holatimizni aytganga o'xshaydi. Faqat bu safar... Bani Isroil o'rnida bizmiz.
😢131
"Xavfsiz hudud"dagi chodirda tiriklayin yongan ayollar, boshi olingan bolalar, "noma'lum" deb yozilgan qabrga ko'milgan minglab odamlar, qo'rquvdan shol bo'lib qolgan chaqaloqlar, oilasi ochlikdan o'layotganiga ilojsiz qarab turgan erkaklar... Va shu daxshatga kechayu-kunduz o'z ko'zi bilan guvoh bo'layotgan 2 million ilojsiz xalq.

Bu yoqda esa shularning hammasini g'ing demay kuzatayotgan "musulmon"lar. Birodarlaring boshiga shunday kulfat kelib, ular sendan yordam kutayotganda sen hech narsani ko'rmagandek yashashda davom etganingni farzandlaringga qaysi yuz bilan aytib berasan, nomard? Qiyomat kunida birodarlaring yuzga qanday qaraysan? Ibrohim alayhissalom yongan o'tga og'zida suv tashigan chumolichalik bo'lolmading-a. Birodaringlaring boshiga daxshatni solishayotganda qanday luqmangdan lazzat olayapsan? Savol-javobing og'ir bo'lishidan qo'rqmaysanmi?
😢31🫡31👍1
Ishtoni yo'q ishtoni yirtiqning ustidan kulibdi degan gap bo'lardi.
😁16🤣7👍1🫡1