Bobosher's blog | #FreePalestine
329 subscribers
382 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
"Hard times create strong men.
Strong men create good times.
Good times create weak men.
Weak men create hard times."

Biz oxirgi bosqichga qarab ketayapmiz.
🔥5👍1
Paxtakorda poezd emas bekatdayam joy yo'q ))
😁29
Call of Duty Infinite Warfare o'yinida Lewis Hamilton bor ekan.
Asterix va Obelix kinosida Schumacherni ko'rganimdayam buncha kulmagandim ))
🫡4🤣3
Oxirgi 1-2 oydagi voqealardan keyin juma ma'ruzalariga shoshilib erta borishga ham hojat qolmadimikan deb o'ylab qoldim. Hijobni Arabning milliy kiyimi desa, zionistlar o'ldirgan minglab musulmon haqida churq etib og'iz ochmay, lekin har juma "tepa"ning oyog'ini yalab duo qilsa, ummatni birlashtirish o'rniga mazhablarni bir-biriga qayrasa, ... . Bilmadim. Harna o'z-o'zidan imom bo'lib qolishmagandir.
👍21👎6
Ko'p joylarda duo qilishibdi. Duolar qabul bo'lsin. Mulla Qosimjon domla masjidida hatto yashirib ham bir og'iz bu haqida gapirilmadi.
Ko'rasan, o'qiysan, eshitasan, lekin yordam bera olmaysan. Alam qiladi. O'zi kifoya qilsin.
👍16😢3
ICPC quarter-final
🔥26👍1
G'azoga avvalroq oziq-ovqat, suv, endi telefon va internet ham uzilibdi. Endi ichkaridan chiqayotgan axborot to'liq filterlanadi. Xohlagan ishini qilib, xohlagancha cho'pchak to'qishadi. Alloh Falastin xalqiga kuch-quvvat va matonat bersin. Duodamiz. Boshqasi qo'limizdan kelmaydi.
👍17🔥32🫡1
Forwarded from Vaqt.uz | Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Турк телевиденияси орқали Ғазо секторидан келган фаластинлик интервью берди:

"Мусулмон давлатларига айтинг, биз учун жаноза намози ўқимасин. Биз тирикмиз, ўлган сизсиз".

👉 @Geosiyosatuz
😢24
"Germaniya bizdan 50 yil oldinda" emish. Tavba, oxirgi marta borganimda hali 3 soat orqada edi. Katta shaharlarda vaqt tez o'tadi deb shuni aytishsa kerak.
😁24🔥1
Pain is when you google an error and all the links are purple...
😁18
"Coffee nerd" bo'lmoq istaydur bu ko'ngil 😮‍💨

Cho'ntak ko'tarmas lekil
😁5👍4
Yozda mediaga ancha addiktiv bo'lib qolibman, sezilayapti. O'qish ham ish ham yo'qligi sabab kitob/maqola o'qish kamaygan. Focus span ancha tushib ketgan. Engineering Notesda tuzukroq post yozishga ham "qo'lim kelishmay" qoldi.

Yaqinda sohaga va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblardan tashqari badiiy kitob o'qishni ham boshladim (o'ylab qarasam, yil boshidan beri bittagina badiiy asar o'qigan ekanman, sharmanda). Abituriyent vaqtimdagi badiiy asardan zavq olish hissi esimdan chiqay degan ekan. Har kuni metroda o'tadigan 1 soatimni sarflashga yaxshi variant topildi. Ayniqsa, o'qish/ishdan charchab qaytayotganda dam olishga foydasi tegayapti. Hozircha aynan qaysi asar ekanini ayta olmayman, lekin 19-asrdagi Angliya hayoti yaxshi tasvirlangan.
👍6🔥3
Suqrot ta'limoti bitta memda.
😁3
"Chernobil tavallosi"dan. Butun hududdagi hamma hayvonlar o'lgani va otib o'ldirilgani butun fojeaning eng "yengil" oqibatlaridan biri bo'lgan ekan.

P.S. Birinchi marta Asaxiydan e-book sotib oldim. Hozircha tavsiya qila olmayman, buglari ko'p ekan.
👍2
Kunduzi soat 12 da ham oyni ko'rsa bo'larkan ))
2-3 hafta oldin Isroilning yonini olib turgan ba'zi davlatlar ham bugun unga qarshi chiqayapti. Butun dunyo bo'ylab oddiy xalq Falastinni qo'llab ko'chaga chiqayapti. Bu yoqda bo'lsa Saudiya Isroilga otilgan raketalarni urib tushirayapti.
😢21