Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.74K subscribers
24.8K photos
2.82K videos
126 files
7.71K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tuxumdan go‘shtgacha: arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi

Bugun Bekobod tumani hokimligi, tuman tuman prokuraturasi huzuridagi iqtsodiy jnoyatlarga qarshi kurashish deportamenti hamkorligida Guliston mahallasi dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, unda asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvda. Bu yerda aholi ehtiyoji uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda topish mumkin.

Tuman markazida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan meva-sabzavotlar, turli salqin ichimliklar, sut va go’sht mahsulotlari, tuxum, un, yog’, shakar va boshqa turdagi mahsulotlar o’rin olgan. Fuqarolar dasturxoni uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Eng muhimi, mahsulotlar narxi arzon va sifatli.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Bekobod tumani Oq-tepa mahallasida joylashgan “MAX GREEN” MCHJ paxta to’qimachilik klasteri o’z faoliyatini boshladi.

Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov, tuman sektor rahbarlari hamda mahalla nuroniylari birgalikda zavodning ochilishda ishtirok etib, “MAX GREEN” MCHJ paxta to’qimachilik klasteri faoliyatida omad va zafarlar tilab duo qildi. “MAX GREEN” MCHJ paxta to’qimachilik klasterinig loyiha qiymati 12 mlrd so’mni tashkil qilib, jami 350 nafar ishchi xodimni o’z ichiga oladi.

▶️Batafsil lavhamizda👆

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod tumanidagi  Xalq qabulxonasi, Bekobod tumani IIB Pasport bo’limi va  Bekobod tumani Adliya bo’limi bilan hamkorlikda  bir necha yildan buyon tug’ilganlik haqidagi guvohnomasiz, fuqarolik pasportisiz, uysiz, yaqin qarindoshlarisiz, sog’ligida ruhiy nuqsoni bo’lgan, qiyin ahvolda yashab kelayotgan 1967 yil 29 mart kuni tug’ilgan Markayeva Xolnisa Qodirqulovnaning murojaati  yuzasidan birinchi bosqichda uning tug’ilganlik va O’zbekiston Respublikasida yashaganlik yuridik faktini Fuqarolik ishlari bo’yicha sud orqali tasdiqlatib, unga tuman FXDYo bo’limi tomonidan tug’ilganlik haqidagi guvohnoma berildi.
Shundan so’ng  bugun X.Q.Markayevaning  bir necha yillardan buyon ushalmay kelayotgan orzusi ushalib unga 57 yoshida birinchi bor O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berilib uning murojaati ijobiy hal etilishiga erishildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#jarayon

Bekobod tumani 3-sektor Qurg’on mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oila B.Rajabovning xonadoni yaroksiz holga kelib qolganligi bois xonadonini qurilishi uchun qo’shnilari tomonidan hashar ishlari olib borilmoqda.

Shu o’rinda mahallamizdagi tadbirkor xoji Axmad Abdullayev tomonidan 10 ming dona g’isht exson qilindi. Mahalla fuqarolari A.Abdullayevni duo qilishib , minnatdorchilik bildirishdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, hayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Shu o’rinda Bekobod tumani 1-sektor hududi Qoraqo’yli va Birdamlik mahallalarida hashar tashkil qilinib, mahllaning ko’chalari ariq-zovurlar tartibga keltirildi.

"Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, ko'chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
“Tadbirkor bilan uchrashuv”

Bugun tuman IIB Probatsiya guruhi tashabbusi bilan, Probatsiya guruhi binosida, nazorat ostidagi yoshlar va tadbirkor uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuvga taklif qilingan “Invest qurilish” MChJ rahbari S.Roziqov, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati davomida amalga oshirgan ijobiy ishlari hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo’lgan yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berdi.

O’z o’rnida uchrashuvda qatnashgan Probatsiya nazoratidagi yoshlar ham tadbirkorlik yo’nalishida o’zlarini qiziqtirgan savollariga tadbirkordan tegishli javoblar olishdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook