Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.73K subscribers
25.1K photos
2.85K videos
127 files
7.84K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Saxovatpesha millat

Odamlar o'rtasidagi mehru muhabbatni, xayr-saxovatni koʻpaytiradigan, insonlarni bir-biriga oqibatini mustahkamlaydigan, beva bechora va qariyalarga yordam qoʻlini choʻzadigan amallar nechogʻli koʻp qilinsa, jannatmakon Oʻzbekistonimizga, muqaddas zaminimizga shunchalik koʻp rizq va baraka yogʻilaveradi.

🪹Bugun Bekobod tumani Paxtakor mahallasida saxovat dasturxoni yozildi. Ushbu ehson tadbirida diydorlashgan nuroniylarimiz, mehnat faxriylari, mahalla kayvonilari, oqsoqollar, hoji ota, hoji onalarimiz, qoʻyingki barcha mahalladoshlar qatnashib, el-yurtimizga qut-baraka tiladilar.

🕌 Tadbirda ishtirok etgan Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov ehson dasturxonini yozgan mahalla yettiligiga hamda tadbirkor va fermerlarga minnatdorchilik bildirib, sunnat to’yi bilan jajji kichkintoylarini tabrikladi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Rasmiy_munosabat

“Bekobod ovozi” gazetasining 13.04.2024 yildagi "E’tiborsizlikdan qutilamiz...mi?" deya chiqargan maqolasiga Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy munosabati.

“Bekobod ovozi” gazetasida Zafar shaharchasida avtoturargohlar yo’qligi, ”Mustaqillik” ko’chasidagi avtomobillar yo’l harakatiga halaqit qilayotgani, xususiy tadbirkorlarning sotuvga qo’yilgan mahsulotlari piyodalar yo’lagining ikki tomoniga qo’yilib, yo’lakdagi ahvol juda achinarli holatdaligi, shaharchada bozor yo’qligi tanqid qilingani aks etgan edi.

▶️Batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur_Toshkent_viloyati

Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil etildi

🟢Unda chekka hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni migratsiyadan qaytarish va qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🟢Dastlab, "Mallaboy" mahallasidagi markazlashgan holda hamda aholi xonadonlarida ipak qurti boqish jarayonlari kuzatildi.
Joriy mavsumda Toshkent viloyatda pillachilik yo‘nalishida 84 mingdan ortiq fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishilayapti.

🟢Shuni alohida ta’kidlash kerakki, viloyatda barcha yo‘nalishlarda bu yil 705 ming aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan. 1-chorak mobaynida bu ko‘rsatkich 115 foizga yetkazilgan.

🟢"Mallaboy" va "Saryuz" mahallalaridagi "daftarlar"da ro'yxatda turuvchilar va xorijdan qaytgan fuqarolarga subsidiya,  kreditlar ajratish, shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarga yer ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt📌Facebook📌YouTube
📌Instagram📌Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💼 Hamma ish bilan band
Bekobod tumanidagi xonadonlarda yerdan bir yilda 3 martagacha hosil olinmoqda

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil etildi
Nurafshon telekanali nigohida


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган.

Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади.

Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди.

Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди.

Facebook|Instagram|X
Шунингдек, энергетика йўналишидаги давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга ошириш тажрибасини ижтимоий ва бошқа инфратузилма соҳаларида ҳам кенг татбиқ этиш режалаштирилган.

Тадбиркорларга ер ажратишнинг замонавий шаффоф тамойиллари – яъни, аукцион савдо тизими йўлга қўйилди. Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш доирасида қонунчиликни уйғунлаштиришга қаратилган 60 дан ортиқ норматив ҳужжатлар қабул қилинди.

Коррупцияга қарши курашиш агентлиги тузилиб, 2030 йилгача мўлжалланган Миллий стратегия ишлаб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|X
Kuni kecha Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov Tajsoft kompaniyasi bosh direktori Yormatov Firdavs Abuxalilovichni qabul qildi.

Uchrashuvdan maqsadi IT bozorini tumanda rivojlantirish, ish o’rni yaratish hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni o’qitib mutaxassis tayyorlash.
Shu o’rinda tomonlar muzokaralar yuritib, qo’shimcha tashabbuslarni o’rtaga tashlab istiqbolli loyihalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook