Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.6K photos
2.89K videos
127 files
7.99K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Siz kelmang biz boramiz.

📍 Kuni kecha xabar berganimizdek Bekobod tuman hokimi Sh.Mirzayev, tuman sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi mudiri I.Hamraqulov tashkilot rahbarlari hamkorligida tuman Yangi ovul mahallasida fuqarolarni murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o’tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy olish uchun subsidiya olish, tibbiy xizmat-order, imtiyozli kredit olish, kommunal sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish, Klaster yeridan yo’l ochib berishdagi nizolar kabi turli masalalarda 130 nafardan ziyod murojaatlar yo‘llandi.

♻️Murojaatlarning aksariyati joyning o’zida hal etilib, qolgan nizoli murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosini sektor rahbarlari o’z nazoratiga oldi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir

🕌Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o’zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, chetda qolib, yolg’izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo’llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so’ralmoqda. Hyech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko’rsatib berilmoqda. Yurtimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganla hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

🎁Shu o’rinda tuman Nogironlar jamiyati tomonidan jamiyat a’zolarining 30 nafar “ALMERRO GROUP” MChJ homiligida 3 mln so’mlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi
.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Tumanimizni “Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikdan xoli hudud” va “Ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantiramiz.

📍Bugun Bekobod tumani Madaniyat va turizim bo’limida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublikasi komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishining 2023 yil 22 avgustdagi 3-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Tuman mahallalarini “jinoyatchilikdan xoli hudud” va “Ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

🏵Uchrashuda tuman hokimi Sh.Mirzayev, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla beshligi qatnashdi.

♻️Yuqoridagi bayonda berilgan topshiriqdan kelib chiqib, mahallalarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish, ishsizlik darajasini kamaytirish borasida aholi o‘rtasida, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
📊 Bekobod tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi

〽️2023-yil yanvar- iyul oylari holatiga Bekobod tumanining tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 4,3 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.

Shundan:

🔶Eksport – 2,7 mln.AQSh dollari
🔶Import – 1,6 mln.AQSh dollari

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#hokim_yordamchisini_faoliyatidan

Bekobod tumani Farhod MFY hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda.

2022-2023 yillarda jami 11 nafar fuqaroga subsidiya, 85 nafar fuqarolarga imtiyozli kreditlar amaliy ko‘maklar berildi.

Shuningdek, daftarlardagi jami 75 nafar fuqaro kasb-xunarga o‘qitildi. 11 nafariga esa yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil qilishda yordamlar berildi. 197 nafar ishsiz aholiga dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun dehqon xo‘jaligi yerlari ajratildi. O‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida ham 107 nafar fuqaro rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi.

Hududning infratuzilmasini yaxshilashda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Mahallada 2 ta yangi zamonaviy dala do‘koni tashkil etildi. Paxtakor ko‘chasi bugun "mahalla beshliklari" tashabbusi bilan ko‘rkam qiyofaga kirdi.

Telegram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BEKOBOD TUMANI_TADBIRKORLAR AHOLI BILAN MULOQOT QILMOQDA

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi