Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.5K photos
2.89K videos
127 files
7.97K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Prezident xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.

Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablag’lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug’urtasiga o’tish tezlashtiriladi.

Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.

Sog’lom ovqatlanish rasioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o’rgatish ishlari yo’qligi ta’kidlandi.

Shu bois, “To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Narx-navoning barqarorligi- xalq farovonligi yo’lidadir.

Har bir joyda narx- navoning barqarorligini ta’milash, aholi turmush farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasil oshirib borishda ichki iste’mol bozorida narx-navoning barqarorligi muxim o’rin tutadi. Narx- navoning oshib ketishi aholining xarid qobiliyatini pasaytiradi.
📈Ana shunday holat yuzaga kelmasligi uchun tuman hokimligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamentining Bekobod tuman bo’limi tuman markazida qulay narxdagi yarmarka tashkil qilinib, hamda olis Achamayli mahallaga ko’chma do’konlar tashkil qilindi.
💥Shu o’rinda aytib o’tish joizki, amalga oshirilayotgan ishlarimizning bosh maqsadi- tumandoshlarimizning turmush darajasini yaxshilash, ularning iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini yana-da to’liqroq qondirish hamda munosib yashash sharoitlarini yaratishdir.

📍Tumanda mazkur yo’nalishda amaliy ishlar izchil davom etiriladi.
Prezidentimiz keyingi yili qo’shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.

Barcha tug’ruq komplekslari to’liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o’rinlar soni 35 foizga ko’paytiriladi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.

Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Farg’ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz (bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor).
Маҳалла – тинчлик ва осойишталик пойдевори, аҳиллик ва ҳамжиҳатлик, маърифат ва тарбия қўрғонидир.

Шунинг учун ҳам бундан буён давлат инвестиция дастурлари маҳалла даражасига туширилади, деди Президент.

Авваламбор, 2023 йилда аҳоли томонидан таклиф берилган сув, электр, йўл, мактаб каби лойиҳалар учун қарийб 3 баробар кўп, яъни 8 триллион сўм йўналтирилади.

Ҳар бир маҳалла ўзининг кутубхонаси, спорт майдончасига эга бўлиши зарурлиги таъкидланди.

Маҳалла ўзининг муаммосини мустақил ҳал этиши учун “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилади. Бунинг учун 1 январдан бошлаб, мол-мулк ва ер солиқларининг бир қисми маҳалланинг ўзида қолади.
Prezident Konstitusiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo’lishi to’g’risidagi yangi moddalarni kiritish lozimligini ta’kidladi.

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.

Kelasi yilda Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

Dastur doirasida, birinchi navbatda, turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.

Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o’zgaradi.

Toshkent shahri uchun qo’shimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.

Hududlarda ham yo’lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yo’lga qo’yiladi.
«Tintuv o’tkazish, telefon so’zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o’tkazamiz» — Prezident

"Tintuv o’tkazish, telefon so’zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o’tkazamiz»

Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo’ya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo’yicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi?

Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo’ladi", — dedi Prezident.
"Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitusiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

So’nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o’rnatish bo’yicha ko’p ish qilingani, shu bilan birga, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog’liq holatlar uchrayotgani ta’kidlandi.

"Nima uchun, haligacha davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni “elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?", - deya savol qo’ydi Pezident va tez kunlarda ushbu tizimning to’liq ishga tushirilishini ta’minlashni topshirdi.

Qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o’rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratiladi.

Eng avvalo, odamlarning joylarda sudma-sud sarson bo’lib yurishlariga barham beriladi.
Yangi tizim doirasida:

- tintuv o’tkazish, telefon so’zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga o’tkaziladi;

- tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo’ya olmaydi. Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo’ladi;

- sudda ishlarni ko’rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o’qitiladi, ishni sudda ko’rishda xolis, mustaqil bo’lishi qonun bilan belgilanadi;

- odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko’rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi;

- sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.

- ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo’yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o’rganiladigan tizim joriy qilinadi.
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo’yicha og’riqli masalalar ko’tarilayotganini qayd etdi.

"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo’lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo’ladi", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o’rnatiladi.

Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo’lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko’rish amaliyoti joriy qilinadi.

O’zbekistonda mulk va investisiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo’yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
Prezidentimiz eng dolzarb muammo bo’lgan korrupsiya masalasiga alohida to’xtalib o’tdi.

"O’tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo’yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.

Davlatimiz rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo’yicha faol bo’lishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini ta’kidladi.

Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha bo’shliqlarga barham berilishi ta’kidlandi.
Murojaatnomada ekologiya, ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida so’z yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham o’ylashimiz shartligi qayd etildi.

Amudaryo o’zanida yangi kanal qurilishi bo’yicha qo’shni Afg’onistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro me’yorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi ta’kidladi.

Mamlakatimizda suv xo’jaligi tizimi isloh qilinishi ta’kidlandi.

"Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak", - dedi Prezident.

Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo’yicha sa’y-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.
Qishloq xo’jaligida islohotlar qat’iy davom ettiriladi.

Shu yilning o’zida 100 ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun bo’lib berildi. Buning hisobidan 1,5 million tonna qo’shimcha oziq-ovqat yetishtirildi. Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo’jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band bo’lib, daromad olayapti.

Shu bois, 2023 yilda ham suv ta’minoti yaxshi 100 ming gektar qo’shimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi.

Kooperasiya faol qo’llab-quvvatlanadi, kichik va o’rta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.

Umuman, agrar sohada yuqori qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023 yilda 1 milliard dollar ajratiladi.
Prezidentimiz iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to’liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo’llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Birinchi navbatda, hududlar o’rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo’yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.

Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.

Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensasiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo’ladi.

Biznesga soliq yukini kamaytirish bo’yicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1 yanvardan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so’m mablag’ qoladi.

Ilg’or tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murchiligi jiddiy isloh qilinadi.
"Халқимиз ҳам, тадбиркор ва инвесторлар ҳам, биздан долзарб масала бўлган энергетика соҳасида аниқ ечимлар кутаётгани сир эмас", - деди Президент.

Иқтисодиётимиз барқарор ривожланиши учун энергетика соҳасига 25-30 миллиард доллар инвестиция керак. Бунга фақатгина хусусий инвестицияларни жалб қилиш орқали эришиш мумкин.

Шу боис, сўнгги уч йилда соҳага 8 миллиард долларлик тўғридан-тўғри инвестициялар жалб қилинди.

Бухоро, Жиззах, Қашқадарё, Навоий, Самарқанд, Фарғона ва Тошкент вилоятларида барпо этиладиган қуёш ва шамол электр станциялари ҳисобига қўшимча 14 миллиард киловатт электр ишлаб чиқарилади. Бу орқали хонадонларга бериладиган электр энергияси 50 фоизга кўпаяди.

Келаси уч йилда барча давлат ташкилотларида қуёш панеллари ва иссиқ сув коллекторлари ўрнатилади.

Аҳоли хонадонларида эса қуёш панели ўрнатишга ажратиладиган субсидиялар ҳажми 2 баробарга кўпайтирилади.

Facebook|Instagram|Twitter
"Uy, ishxona, bog’cha, maktab va ko’chalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o’rgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur", - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari gaz zaxiralarini ko’paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo’yicha o’n yillik dastur qabul qilinishini ta’kidladi.

Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko’p) gaz qazib chiqarish ishlari boshlanadi.

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.

Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha lisenziyalar qayta ko’rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo’yicha tegishli choralar ko’riladi.