Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.5K photos
2.89K videos
127 files
7.97K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Bekobod tumani hokimining OAV hodimlariga bayram tabrigi.

Qadrli do’stlar!

🎤Avvalo, Siz azizlarni — yurtimizdagi barcha jurnalistlar, teleradio, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini 27 iyun — "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari" kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o’zimning chuqur hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

🎥Jurnalistlar va blogerlar mehnatining naqadar mashaqqatli va mas’uliyatli ekanini chuqur anglagan inson sifatida men, bugungi fursatdan foydalanib, Sizlarning ezgu orzu-intilish va tashabbuslaringizni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanimni, sizlarni o’zimning eng yaqin yordamchim va maslakdoshlarim deb bilishimni takroran aytmoqchiman.
Sizlarni qutlug’ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ijodiy yutuqlar tilayman.

✍️Bekobod tumani hokimi F.A.Xudoyberdiyev

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Forwarded from Bekobod diyori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги ОАВ ҳамда медиа соҳасининг барча фидойи ходимларини касб байрами – 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан самимий қутлайди.

Аҳолига тезкор ва холис ахборот етказиш, маҳаллий ва жаҳондаги муҳим воқеликларни ёритиш, шу жумладан, танқидий-таҳлилий материаллар орқали жамиятдаги муаммоларни ҳал этилишида қўшаётган фидокора хизматларингиз ҳамиша халқ эътирофида.

АОКА замон билан ҳамнафас равишда мамлакатда соҳа ривожига ҳисса қўшаётган барча ОАВ ва медиа ходимларини қўллаб-қувватлайди ҳамда уларнинг ҳақ-ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, шунингдек, фаолиятларида қонун устуворлигини таъминлаш борасидаги саъй-ҳаракатларида собитлик билан давом этади.

Байрамингиз муборак бўлсин!


Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobod_diyori
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasi Shifohonaga ketish yo'lida axlathonani hozirgi holati iltimos kerakli tashkilotlar tozalab berishsin hidiga chidab bo'lmayapti deya Umarov Alisherning video murojaati yuzasidan Bekobod tumani hokimligining rasmiy munosabati:

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga borish, Bo’ston mahallasidagi chiqindixona haqiqatdan ham chiqindilarga to’la bo’lib ayni damda Tozza xudud DUK tomonidan tozalab muammoni bartaraft etdi.

Shu o’rinda xurmatli tumandoshlar mayishi chiqindilar uchun tolovlarni o’z vaqtida to’lashingizni so’rab qolamiz!

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_tumani
#27-iyun_OAV_xodimlari kuni

"27-iyun - Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan Bekobod tumani aholisiga bir necha yillardan buyon tuman hokimligi axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimida ishlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali tuman aholisiga ma'naviyat, ma'rifat tarqatib, insonlarning muammolarini bartaraf etishda o'z yordamini berib kelayotgan fidoyi inson Akrom Mamadaliyevni chin dildan tabriklab, ularga oilaviy tinchlik, sihat-salomatlik, uzoq umr va ijodiy barkamollik tiladik.


Bayram muborak bo'lsin!

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasi
✏️ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Бугун юртимизда кенг нишонланаётган Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан сиз, азизларни, муҳтарам фахрийларимизни чин қалбимдан самимий муборакбод этаман.

Бу айём
нафақат ўз ҳаётини шу соҳага бағишлаган фидойи инсонлар, балки уларнинг машаққатли ижод ва меҳнат маҳсулидан баҳраманд бўладиган миллионлаб муштарийлар, тингловчи ва томошабинлар, бутун жамиятимиз учун ҳам қадрлидир.

Мана шундай кунларда миллий матбуотимизнинг тамал тошини қўйган жадид боболаримизнинг: “Матбуот фикрлар тилмочи, миллат ва эл-юрт ривожи йўлида хизматчи, одамлар онгу шуурининг қуёши, ҳар кимнинг виждонига тутилган кўзгу бўлмоғи лозим” деган фикрлари ҳозирги кунимиз учун ҳам ғоят муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлашимиз табиийдир.

Мамлакатимиз оммавий ахборот воситалари халқаро ахборот маконига ҳам дадил кириб бормоқда. Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси ҳамда бир қатор хусусий телестудияларнинг кўрсатувлари жаҳоннинг 100 дан ортиқ давлатларига узатилмоқда. Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги, “Дунё” ахборот агентлиги ўз хабарларини 10 та хорижий тилда тарқатмоқда.

Биз Янги Ўзбекистоннинг янги журналистикасини яратиш вазифасини ўз олдимизга қўйган эканмиз, бу борадаги миллий анъаналаримиз билан бирга ривожланган давлатлар тажрибасини ҳам ҳар томонлама ўрганишимиз, оммавий ахборот воситалари бўйича дунёдаги етакчи олийгоҳлар, нуфузли халқаро ташкилотлар ва медиа компаниялар билан ҳамкорлик алоқаларини янада кучайтиришимизни ҳаётнинг ўзи талаб этмоқда.

Шу сабабли оммавий ахборот воситаларини изчил ривожлантириш бундан буён ҳам эътиборимиз марказида бўлиб қолади.

✔️Батафсил

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod tumani Axborot-kutubxona markazi

Bugun "27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan bibliografiya boʻlimi tomonidan tayyorlangan tabriknomasi.
AZIZ YURTDOSHLAR, QADRLI TUMANIMIZ AHLI!

Butun musulmon ummati katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, tumanimizdagi barcha mo’minlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o’rin egallab, jamiyatimizda o’zaro hurmat, mehr-oqibat va bag’rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug’ bayram barchamizga muborak bo’lsin!

Mana shunday shukuhli va saodatli ayyomda hammamiz avvalo Alloh taboraka va taologa beadad shukronalar aytishimiz tabiiydir.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, Yurtimizda so’nggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, e’tiqod erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar o’rtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.

Butun mamlakatimizda bo’lgani kabi tumanimizda ham tabarruk qadamjolarni obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o’rganish va targ’ib etish borasida boshlagan xayrli ishlarimiz ilmu ma’rifatning qadriga yetadigan el-yurtimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlanmoqda.

Hurmatli tumanimiz faollari!

Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman! “Diling – Allohda, qo’ling – mehnatda bo’lsin”, degan olijanob e’tiqod bilan yashayotgan xalqimiz doimo omon bo’lsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hyech qachon arimasin!
Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning o’zi hamisha madadkor bo’lsin!

✍🏻Bekobod tumani hokimi F.Xudoyberdiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e’tirof

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot xizmatlari xodimlari kuni munosabati bilan Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan viloyat bayram tadbiri tafsilotlari "Nurafshon" telekanalida namoyish qilindi.

Batafsil lavhada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Bugun erta tongdan Dunyoning xar bir joyida hayit nomozini o’qish uchun barcha mo’minlar masjidda jam bo’lishdi.

🕌Shu o’rinda Bekobod tumanidagi 18 ta jome masjidlarimizda 12000 ga yaqin tumandoshlarimiz hayit nomozini ado etishdi.

💫Hayit nomozidan Bekobod tumani hokimi va sektor rahbarlari Buzruk bobo ziyoratgohida bo’lishib, keksa hamda yoshlar ishtirokida jonajon vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka arimasin, olib borilayotgan hayirli ishlarga shukrona keltirib jonliq so’yib, exson qilindi.

Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning o’zi hamisha madadkor bo’lsin!

▶️Batafsil lavhamizda
👆🏻

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Audio
ХАЙИТИНГИЗ МУБОРАК.
БЎЛСИН.
28.06..2023.й.
Бекобод тумани
Бош имоми.
У БЕРДИЯРОВ.
Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir

💫Xalqni tinglash, ularning og’irini yengil qilish, tom ma’noda birlamchi va ustuvor vazifadir. Ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muxtoj oilalar holidan xabar olish bugun davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarilgani, ayni haqiqat.

🎗Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o’zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, chetda qolib, yolg’izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo’llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so’ralmoqda. Hyech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko’rsatib berilmoqda. Tumanimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganla hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

🕌Shu o’rinida Qurbon Hayiti munosabati bilan Paxtakor, O’zbekobod, Terakzor mahalla raisilari homiylar yordamida olib borilgan hayirli ishlar fotorepartajimizda

Kanalga
ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi