Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.76K subscribers
27.7K photos
3.2K videos
130 files
8.88K links
Bekobod tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Bekobod tumanida kasanachilik faoliyati o‘rganildi.

♻️Bugun tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Kurbanova tomonidan tumanimizda faoliyat olib boruvchi tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi.

⚜️O‘rganish davomida kasanachilarga qulay soliq rejimini joriy etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z faoliyatiga kasanachilarni keng jalb qilishni rag‘batlantirish orqali aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni ish bilan band qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.

kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
✔️ Hurmatli atrof-muhitga befarq boʼlmagan faol fuqarolar va ekovolontyorlar!

🌐 30-mart “Butunjahon chiqindisiz kun” munosabati bilan mamlakatimizda keng miqyosda ekologik aktsiya oʼtkaziladi.

Bekobod tumanida ham 🌇 "Chiqindisiz tuman", 🏞 "Chiqindisiz mahalla", 🛣 "Chiqindisiz koʼcha" shiorlari ostida Ekoaktsiya oʼtkazish belgilangan.

🟢 Shu munosabat bilan barcha mahalla faollarini, fuqarolarimizni, korxona va tashkilotlar, ekofaollarni hamda tashabbuskor yoshlarni oʼz hududlarini chiqindilardan tozalashda faol ishtirok etib, viloyatimiz ozodaligiga hissa qoʼshishlariga chorlab qolamiz.

✍🏻Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod tumani bo‘limi

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oila muqaddas dargoh

♻️Bekobod tuman “Oila markazi”da bugungi kunda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎗Ushbu yarashtiruvlarda tuman hokimi o‘rinbosari, oilav va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Qurbanova, “Oila markazi” rahbari F.Yuldasheva, otinoyilar, imom-xatiblar va mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

⚜️Jumladan, bugun “Oila markazi”da 3 ta oilada er-xotin, qaynona-kelin o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish, norasida farzandlarning yarim yetim bo‘lib qolishlarini oldini olish, oilaning to‘liq bo‘lishini ta’minlash borasida yarashtirish ishlari olib borildi. Natijada, 3 nafar oilaviy nizolar ko‘rib chiqilib, bir oila yarashtirildi, ikki oilaning yarashishlarini uchun muhlat berildi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Bekobod_tumani
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kitobxonlik
#Kitob_xazina_bilim_boylik

🔰Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasining haftalik ish rejasiga asosan, Bekobod tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Kitob - xazina, bilim - boylik" mavzusida kitobxonlik tadbiri o'tkazildi.

🎗Tadbirda so'zga chiqqanlar ishtirokchilarga kitob va kitobxonlik yuzasidan qiziqarli ma'lumotlarni hamda o'zbek va jahon adabiyoti vakillari asarlaridan tavsiyalarni aytib o'tdilar.

⚜️Tadbir davomida tumanimizning yosh ijodkorlari o'zlarining ijod namunalaridan o'qib berishdi.

🎭Yakunida iste'dodli o'quvchilarning bir guruhiga badiiy adabiyotlar sovg'a qilindi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori:

— Ta'lim — har bir davrda taraqqiyotning poydevori bo‘lib xizmat qilgan. Hozirda O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari kelajagimiz bo‘lgan yoshlar istiqboli uchun eng to‘g‘ri qadamdir. Ayni paytda nafaqat rahbar, balki oddiy ayol sifatida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman. Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 52-moddasida davlat o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoyalashi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayotgani meni quvontirdi. Bu — yurtimiz yangi tarixining yangi sahifasidir. Men o‘qituvchilarning huquqi himoyalanishiga ovoz beraman. Qaysi davlat dunyoni ta'lim bilan ta'minlasa, o‘sha davlat dunyoni ham boshqaradi.
Forwarded from Bekobod diyori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#my_portfolio

⭕️ ⚠️ Канал кузатувчилари ҳабарингиз бор “Маҳалла” радио канали орқали ҳамкорликда “Ҳуқуқий маслаҳат” рукни остида, фуқаролардан келиб тушган ҳуқуқий соҳадаги саволларга жавоблар бериб келинмоқда.

Видеода меҳнатга лаёқатсизлик варақасини яшаб турган жойидан бошқа ердан олиб келса инобатга олиш ёки олинмаслиги тушунтирилган.

Янада кўпроқ маълумот олиш учун 👉https://t.iss.one/Bekobod_diyori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Абдурашид Йўлдошев, хонанда:

— 30 апрель куни бўлиб ўтадиган референдумда оила аъзоларим билан қатнашамиз. Сизларни ҳам фаолликка чақирамиз. Азиз юртдошлар, Ватанимиз, фарзандларимиз келажаги учун бефарқ бўлманг!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Музаффар Джалалов, Тошкент шаҳридаги ИНҲА университети ректори:

— Ҳар қандай муваффақият тарихи бу — сифатли таълимдир. Ёшларимиз олий маълумот олишлари учун кенг имкониятлар бор. Биргина мисол, 5 йил олдин университетлар сони 60 тадан сал кўпроқ эди, ҳозирда 210 тадан ошди. Нодавлат ва хусусий университетлар ҳам очилди. Уларда ҳам давлат грантлари ажратиладиган бўлди. Муҳими, профессор-ўқитувчилар мажбурий ишларга жалб қилинмаяпти. Шу каби ислоҳотларга мен #befarqemasman!
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

🔰Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 50-umumta'lim maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi rahbari va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

♻️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U. Mallayev va N.Jalilovlar so'zga chiqib yoshlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.
Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.