Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.6K photos
2.9K videos
127 files
8.02K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Murojaat tuman prokurori nazoratida

Bekobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari B.Jalilov Dalvarzin mahalla binosida Dalvarzin, Boburmirzo, Yangibozor mahalla fuqarolari murojaatlari yuzasida ochiq muloqot o’tkazdi.

Mazkur muloqotda fuqarolar tomonidan ichki yo’llarni shag’allashtirish, elektr beton tayanchlar o’rnatish, ichimlik suvi tortish, moddiy yordam, tibbiy yordam kabi turli masalalarda 37 nafardan ziyod fuqarolar murojaat yo’lladi.

Ayrim murojaatlar joyning o’zida echim topilgan bo’lsa ayrimlariga qonun doirasida tushuntirishlar va muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot mutasaddilarga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.


Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
Siz kelmang – o’zimiz boramiz


🏵Bugun Вekobod tumani 3-sektor rahbari S.Ergashxodjaev  Siz kelmang – o’zimiz boramiz shiori ostidagi ochiq muloqotni Mustaqillik mahalla fuqarolari bilan o’tkazdi.

💠Mazkur ochiq muloqotda sektor rahbari ijtimoiy nafaqa, kasb-hunar o'rganish, kredit, uy-joy kabi murojaatlarni ko’rib chiqdi.

⚜️Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish bo’yicha sektor rahbari shaxsan nazoratga oldi.

Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
#Qurilish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA IShLAB ChIQARISh INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh DASTURI HAMDA BOShQA DAVLAT DASTURLARI IJROSI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRIShGA DOIR QO’ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA" gi PQ-43-sonli qaror talablari asosida tuzilgan tuman shtabi rahbari, Bekobod tumani prokurori B.Jalilov hamda shtab a’zolari tomonidan tumanning Xonobod mahallasidagi MTT binosida qurilish ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirilib, pudrat tashkilotiga zaruriy ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Hurmatli yurtdoshlar!

Agar siz:
✔️ Sanitariya sohasidagi qoidabuzarliklar;
✔️ Sanitariya-epidemiologiyaga oid mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish;
✔️ Sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilmaslik;


🟢 Bu kabi murojaatlarni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida tashkil etilgan Call-markazining 1354 qisqa raqami orqali qoldirishingiz mumkin.

‼️ Eslatib o‘tamiz 1354 raqamiga qo'ng'iroqlar uzluksiz qabul qilinadi!

🔷 Bundan tashqari, murojaatingizni
@Sanepidmurojaatbot ga ham yo‘llashingiz mumkin.

Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tuman

Oila va xotin-qizlar bo'limi

Ayol - milliylik targ‘ibotchisi, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ezguliklar, tom ma’noda  hayot manbai.

Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni oshirish choralari ko'rilmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig'i ijrosini samarali tashkil etish va natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi ijroga mas’ul xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi Sh.Jumayev, Bekobod tumani adliya boʻlimi boshligʻi Q.Jo‘rayev tomonidan, "Hokimiyat tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10 -fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son Qarori asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash va bajarilishini tashkil qilish" hamda "Ijroga mas’ul tashkilot va xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish" mavzularida ma'ruzalari eshitildi.


Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 7-chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi bo’lib o’tdi

Sessiya kun tartibida 2025-yilda Bekobod tumanining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to’g’risida tuman iqisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i M.Turdimatovaning xisoboti eshitildi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi tomonidan masalalar atroflicha o’rganilib tegishli qaror qabul qilindi.


Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website