Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.74K subscribers
25.3K photos
2.87K videos
127 files
7.89K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati is gazining zarari haqida navbatdagi videorolikni tayyorladi. Is gazi to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling. Tavsiyalar ushbu videorolikda.
————-
Информационная служба МЧС подготовила очередной ролик об опасности угарного газа. Ознакомьтесь с этим явлением как можно лучше. Инструкция в данном видеоролике.

Rasmiy sahifalar👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tuman sport maktabida xotin-qizlar o'rtasida sportning Shaxmat-shashka, stol tennisi, Badminton va parashashka sport turi bo‘yicha Bekobod tumani ochiq chempionati o‘tkazildi.

🏸Musobaqamizning asosiy maqsadi xotin-qizlarimizni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish sportga bo‘lgan qiziqshlarini yanada oshirish va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni adaptiv sportga qiziqtirish eng ustivor vazifa qilib belgilangan

Tadbirda tuman hokim o‘rinbosari D.Mirzakulov va Bekobod tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari V.Xudoyberdiyev tashrif buyurib sportga qiziquvchi xotin-qizlarimizga va adaptiv sportchilarimizga omad tilab musobaqamizni ochib berdilar

🏆Musobaqa murosasiz va qizg'in bahslarga boy bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g'olib va sovrindorlari Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Rasmiy sahifalar👇

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Turizm

"Santa Klaus parki"  yoxud farovonlik sari sayohat


Bekobod tumani hokimligi tomonidan ajoyib va ertaknamo sayohat tashkil qilindi.

Tumanda istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestriga kiritilgan oila farzandlari, ota-onalari hamrohligida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan Green Hills Resortʼdagi “Santa Klaus parki”ga olib borildi.

Finlyandiya madaniy merosining muhim ramzi boʻlgan “Santa Klaus parki”ning tashkil etilishi Oʻzbekistonning madaniy diplomatiyani rivojlantirish va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

Quvonarlisi, park mehmonlarini Laplandiyadan olib kelingan haqiqiy Santa Klaus uyi va uning mashhur egasi kutib turadi. Shuningdek, parkda yangi yil archasi, ertak qahramonlari bilan interaktiv teatr tomoshalari, koʻngilochar shoular va koʻplab sovgʻalar mavjud.

Oʻylaymizki, sayohatchi 125 nafarga yaqin bolajonlarning har biri unutilmas xotirlarga sho'ng'ib, ertaknamo sayohatdan mamnun boʻldilar.

Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

▪️ Bugun 18-yanvar sanasida Xos mahallasi binosida Bekobod tuman IIB boshlig'i S.Ergashxodjaev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri U.Boltaev hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.

▪️Qabul jarayonida 28 nafar fuqarolardan 11 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 4 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi. Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
“Hashar elga yarashar”

📍Ayni kunlarda tumanimiz hududidagi barcha mahallalarda  tozalash va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Jumladan,
2-sektor O'zbekobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan obodonlashtirish, tozalik ishlari olib borilmoqda. Natijada qabriston hududi shox-shabbalardan, ko’chalar chiqindilardan tozalash ishlari boshlab yuborildi.

🔹Erta tongdan hashar bo’lishini eshitib, mahallamiz yosh-u qari kelishdi. Hashar, ayniqsa, ko’cha va ichki yo’llar tozaligi va obodonchiligi uchun o’tkaziladigan hashar insonga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir sanaladi. U o’zaro mehr-oqibat rishtalarini bog’laydi. Buni anglagan mahalladoshlarimiz hasharda birdamliklarini ko’rsatishmoqda.


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook