Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
27K photos
3.11K videos
129 files
8.61K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Hokim yordamchisi – xalqning ko'makchisi

Bekobod tumani 2-sektor hududi Guliston mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Anvarova Shaxnoza tomonidan mahallada tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ichimlik suvi, eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish, ko‘chalarni shag‘allashtirish, hunarmandchilik va tomorqachilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi yo‘nalishlarda reja asosida ish olib borilmoqda.

Shu o’rinda mahalla xududida faoliyat yuritayotgan,MiSS PARVINA MCHJ rahbari bilan hokim yordamchisi hamkorligida ishsiz ayollarni ish bilan band qilish maqsadida kelishuvga erishdi. Mahalladagi ishsiz bo’lgan Xamrayeva Kamolaga 12.5 million imtiyozli kredit olishda ko'maklashib, xonadonida tikkvchilikni yo'lga qo’yib, Rozikov Avaz esa 32 million imtiyozli kredit olib xonadonida 16 kuti asalari boqib kelmoqda.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

UCh AVLOD UChRAShUVI!


Bugun Bekobod tumani Parchayuz mahallasi hududida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida tasdiqlangan reja asosida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda "Nuroniy" jamg’armasi Bekobod tumani bo’linmasi nuroniylar Kengashi a’zosi F.Dehqonov va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tarix, bugun va kelajakni o’zida mujassam etgan “Uch avlod" uchrashuvi kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go’zal an’anaga aylangani to’g’risida gapirib o’tdilar. Tadbirda "Keksalar maslahati" guruhi rahbari so'zga chiqib voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga bermasligi uchun ularning ota-onalari bilan ayniqsa qarindoshlar quda bo’lmasligi haqida to’xtalishdi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

⚡️Xalqparvar


Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to’xtab, mulohaza qilishimiz uchun...

Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun "davlat xizmati" shunchaki tushuncha! Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo’l ekanligini yaxshi anglashadi. Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon!

Ba’zan, go’yoki hammasi avval ham bo’lgan yoki bo’lishi shart deb o’ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilarining ko’rinmasdek tuyulgan mehnati mujassam bo’ladi.

Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yanada rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo’lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz!

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Aholini ro’yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari.

Aholini ro’yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo’yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to’g’risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig’ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to’g’risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.


▶️batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrda “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to’g’risidagi nizom asosida Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablarini o’rganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi joriy etildi.

Shunga ko’ra Bekobod tumani IIB boshlig'i, 3- sektor rahbari S.S.Ergashxodjaev raisligida "Gulzor" mahallasida sodir etilgan jinoyat yuzasidan fuqarolar ishtirokida muxokama qilindi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook