Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.7K photos
2.9K videos
127 files
8.03K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani

"YANGI O'ZBEKISTON  - MA'RIFATLI JAMIYAT"

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasi tomonidan "YANGI O'ZBEKISTON  - MA'RIFATLI JAMIYAT" konsepsiyasi doirasida insonparvarlik g'oyalarini targ'ib qiluvchi, yurtimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha millat va elat vakillari uchun bir xil sharoit hamda imkoniyatlar yaratilib berilayotganligi aks etgan viderolik tayyorlandi.

O'ZBEKISTON BARCHAMIZNING VATANIMIZ!

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
1.Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar-mart oylarida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati: yalpi hududiy mahsulot hajmi 24,9 trln so‘mni, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 25,0 trln so‘mni, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3,6 trln so‘mni, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 13,8 trln. so‘mni va ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8,6 trln so‘mni tashkil qildi.

2.Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish ulushi 91,3 %ni tashkil etdi

2024- yilning yanvar - mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 4 547,9 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 91,3 %ni tashkil etdi.

3.Bekobod tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qanchani tashkil etdi?

2024- yilning yanvar-mart oylarida Bekobod tumanida 135,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,8 %ni tashkil etdi. Viloyatning jami sanoat mahsulotlari hajmida tumanning ulushi 0,5 %ga yetdi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 2,2 mln. so‘mga yetdi.

4.Bekobod tumanining demografiyasi


2024 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Bekobod tumanida aholi soni 166 254 kishini tashkil etdi. Shundan: shahar aholisi 27 558 kishini va qishloq aholisi 138 696 kishiga yetdi. Erkaklar soni 84 200 kishini. ayollar soni 82 054 kishini, tug‘ilishlar 951 tani, o’lim soni 184 kishini, nikohlar 183 tani, ajrimlar 56 tani tashkil qildi.

5.Bekobod tumanida 34,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan


2024- yilning yanvar-mart oylarida Bekobod tumanida 69 ta qurilish tashkilotlari tomonidan jami 34,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shu jumladan: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 3,7 mlrd. so‘mlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 12,2 mlrd. so‘mlik, norasmiy sektor tomonidan 18,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

6.Bekobod tumanida ulgurji savdo aylanmasi


2024- yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo aylanmasi 15,8 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % bo‘ldi. Bunda yirik korxonalar savdo aylanmasining hajmi 0,1 mlrd. so‘mni, mikrofirma va kichik korxonalar savdo aylanmasi hajmi 15,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumanining demografiyasi

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Bekobod tumanida aholi soni 166 254 kishini tashkil etdi.

Shundan:

▪️Erkaklar – 84 200 kishi

▪️Ayollar – 82 054 kishi

▪️Tug‘ilishlar - 951 kishi

▪️O’lim – 184 kishi

▪️Nikohlar – 183 ta

▪️Ajrimlar – 56 ta

▪️Shahar aholisi - 27 558 kishi

▪️Qishloq aholisi - 138 696 kishi

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Xitoylik investor Shamol elektr stansiyasi loyihasi bilan

Bugun Bekobod tumani hokimining birinchi o’rinbosari E.Imamov va tuman hokimi o’rinbosari B.Isamutdinovlar shamol elektr stansiyasi qurish istagida bo’lgan Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorni qabul qildi.

Shu o’rinda shamol elektr stansiyasi — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular oʻrnatiladigan inshoatlardan iborat. Shamol elektr stansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda yani— dasht, cho'l va chala cho'llarda elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasida 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilishi mumkin deydi janob Van.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumanida tez kunlarda 300 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda

Bekobod tumani “Oq tepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “MAXGREEN” MChJ paxta-to’qimachilik klaster tomonidan 2024-yil sentyabr oyiga qadar loyiha qiymati 31 mlrd. 250 mln so’mlik Paxtani qayta ishlash zavodini hamda 6 mlrd.552 mln so’mlik tikuv fabrikasini tashkil etish loyihalari ishga tushirish xisobiga 300 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda “MAXGREEN” MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida tuman hokimi o'rinbosari B.Isamutdinov borib, o'zining ko'rsatma va takılarını bildirdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sog’liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti (https://president.uz/uz/lists/view/7249) bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности и новыми предложениями Центра проектов здравоохранения.
#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #sugurta

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook