Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.5K photos
2.89K videos
127 files
7.97K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Йиғилишда соҳага ипак қуртини парваришлаш, касалликдан сақлаш агротехникаси ва инновациялари кириб келмагани ҳисобига уруғдан пилла олишда йўқотишлар сақланиб қолаётгани таъкидланди.

Шунингдек, дунёда ипак маҳсулоти импортини 45 фоизи тўғри келаётган Европа бозорига чиқиш муҳимлиги қайд этилди.

Экспортда ипакдан тайёр маҳсулот улушини, жумладан, пиллани чуқур қайта ишлаб, тайёр ипак маҳсулотлари, мато ва уй текстили ишлаб чиқарадиган қувватларни кўпайтириш зарур.

Пиллачилик учун озуқа базаси бўлган тутзорларда янги навли ҳосилдор тут экишини кенгайтириш муҳим. Биздаги 1 миллион гектарга яқин пахта майдонига бир-икки қатордан тут экилса, 50-60 минг тонна озуқа захирасини шакллантириш мумкин.

Facebook|Instagram|X
Пиллани харид нархи пастлиги учун пиллакорларда манфаатдорлик паст.

Шунинг учун ипакчиликни ривожлантириш бўйича куни кеча имзоланган Президент фармони билан пилла харид нархи 25 фоизга оширилди.

Пиллакорлар даромад ва ижтимоий солиқлардан озод қилинди, тутзорлар учун ер солиғининг 10 фоизи тўланади.

Мутасаддилар ва ҳокимларга янги тутзорлар ташкил қилса бўладиган 105 минг гектар ер ажратиш топширилди. Бу ерлар лотларга бўлиниб, аукционда берилади, аукциондаги ернинг бошланғич нархи 10 фоиз этиб белгиланади.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда ипак олишнинг муқобил усулларини йўлга қўйиш кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Масалан, Хитойда канакунжут қуртини парваришлаб, ипак олиш кенг йўлга қўйилган.

Бу янги йўналишни ўзимизнинг иқлим шароитимиздан келиб чиқиб татбиқ қилиш мақсадга мувофиқлиги қайд этилди.

Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлигига канакунжут ўсимлиги ва қурти уруғларини олиб келиб, Ипакчилик институтида синов ишларини бошлаш топширилди.

Умуман, ҳокимлар ва соҳа мутасаддиларига пилла мавсумини сифатли ташкил этиб, ҳосил йўқотишсиз йиғиб олинишини таъминлаш бўйича қатор топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X
Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov tuman madanyat bo’limida olib borilayotgan qurilish-rekonstruktsiya ishlarini o’rgandi.

Bugun tuman madaniyat bo’limida tadirlar zali va qo’shimcha xonalarida qirilish va pardozlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Olib borilayotgan bo'yicha tuman hokimi o'rganib, hokim o’rinbosarlari va quruvchi tashkilot rahbariga e’tiroz bildirdi.

Shu o'rinda madaniyat bo'limining tashqi fasad qismi, devorlarga beriladigan ranglar, yoritgichlar, pol va shift qismi bo’yicha mutasaddi rahbarlarga kerakli tafsilari berdi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Telegram ijtimoiy tarmog’idagi Yoshlar kundaligi kanali orqali "To’qboy" "Vodakanal"ga begonami? Maqola orqali chiqarilgan tanqidga Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy bayonoti:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-408 sonli qaroriga asosan Bekobod tuman Nayman MFY (To’qboy qishlog’i) hududi axolisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kiritilgan bo’lib, hududga 2 019 823 552 so’m mablag’ ajratilgan. Ushbu mablag’ evaziga 1 ta suv olish inshooti ya’ni (1 ta yangi suv qudug’i qazilgan, 1 ta boshqaruv binosi qurilgan, 1 ta suv minorasi va 1 ta transformator) o’rnatilib, 13.1 km tarmoq tortilib, hududda 350 ga yaqin xonadon bo’lsada, shundan qurilish loyixa smetasiga asosan 110 ta xonadon suv xisobdonlari bilan ta’minlangan. Qolgan xonadon egalariga o’z xisoblaridan suv xisobdoni olib o’rnatishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Bugungi kunda Nayman MFY (To’qboy qishlog’i) axolisi ichimlik suvi bilan ta’minlangan, biroq “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Bekobod tuman filiali bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmaganliklari va shartnoma tuzishdan bosh tortayotganliklari sababli, filial xodimlari tomonidan suv olish inshooti o’chirilib, axoliga ichimlik suvi berish to’xtatilgan. Hozirda sarflangan elektr energi 2403 kVt.s ni tashkil etib, natijada 2 162 700 so’mlik elektr energiya sarflanib, ko’tarilgan suv xajmi 5126 m3 bo’lib, jami 11 483 136 so’m debitor qarzdorlikni tashkil etadi. Vazirlar Maxkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qaroriga asosan xudud axolisi “Suvta’minoti” korxonasi bilan ikki tomonlama to’liq shartnoma tuzilmagunga qadar ichimlik suvi berish to’xtatilishi xaqida, Bekobod tuman filiali xodimlari tomonidan Nayman MFY axolisi bir necha bor ogoxlantirishiga qaramay, har xil vajlar orqali ikki tomonlama shartnoma tuzishdan bosh tortib kelayotganligi sababli, suv olish inshooti elektr energiyasi tarmog’idan o’chirilganligini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#ochiq_muloqot

Bekobod tuman prokurori 2-sektor rahbari B.Jalilov fuqarolarni murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o’tkazdi.


🏵Kuni kecha Xamza, Oltin vodiy, Buyodkor mahallalaridagi fuqarolar bilan sektor rahbari uchrashib ular tomonidan moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy ta’miri uchun ko’mak, tibbiy xizmat-order, imtiyozli kredit olish, kommunal sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish, kabi turli masalalardagi murojaatlarini tingladi.

♻️Murojaatlarning aksariyati joyning o’zida hal etilib, qolgan murojaatlar bo’yicha ijobiy yechimi yuzasidan sektor rahbari shaxsan joyiga borib o’rganib, o'z nazoratiga olishini bildirdi.

🏥Shu o'rinda Oltin vodiy mahallasida qayta mukammal ta'mirga tushgan oilaviy shifokorlik maskanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
📣📣📣📣📣📣📣Bekobod tumani fuqarolari diqqatiga!!!

💠 Xurmatli fuqarolar ertaga 13-may Dushanba kuni soat 11:00 da fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Bekobod tumani hokimi Sh.Do'sbekov hamda sektor rahbarlari boshchiligida va barcha tashkilot rahbarlari ishtirokida tuman hokimligi binosi oldida ochiq osmon ostida qabul tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumani hokimi va sektor rahbarlarining qabuli bo’lib o’tdi.

📍Kuni kecha xabar berganimizdek, Bugun tuman hokimligi binosi oldidagi bog’da tuman hokimi Sh.Do’sbekov, sektor rahbarlari hamda Xalq qabulxonasi rahbari ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda 72 nafardan ziyod fuqarolar o’zlarining qiynab kelayotgan murojaatlari bilan ishtirok etib, sektor rahbarlariga muammolarini bildirdi.

📝Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy ta’miri uchun ko’mak, tibbiy xizmat-order, imtiyozli kredit olish, kommunal sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish, kabi turli masalalarda murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlarning ijrosini sektor rahbarlari o'z nazoratiga oldi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook