Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.81K subscribers
28.2K photos
3.24K videos
133 files
9.02K links
Bekobod tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov kuni kecha fuqarolar murojaatlari yuzasidan o’tkazgan qabulida Dehqonobod mahallasi fuqarosi xonadonida qo’ziqorin yetishtirib kelayotganligi va bu faoliyatini kengaytirishda amaliy yordam so’ragan edi.

Bugun tumani hokimi Sh.Do’sbekov ushbu fuqaroning xonadonida bo’lib, mavjud imkoniyatlar va zahiralarni ishga solib, xonadonning bo’sh binolaridan samarali foydalanib kengaytirishida amaliy ko’mak berishini aytib, tuman Xalq banki rahbariga ko’rsatma berdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Endilikda markazlashgan holda pilla boqiladi.

Bugun Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov 1-sektor hududi Dehqonobod mahallasida bo’lib, fermer xo’jaliklari bo’sh turgan binodan samarali foydalib, o’zaro birlashib markazlashgan holatda pilla boqish uchun tayyorlayotgan binosi mavsumga tayyorligini ko’rib, hudud rahbariga ikki qavatli qilib boqilsa joyidan unumliy foydalangan bo’lishlari to’g’risida to’xtalib, atrofning obodonlashtirilmaganligiga e’tiroz bildirdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to’liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazgan yig’ilishda bergan bir qator topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun Bog’ishamol mahallasida Bekobod tumani hokimi Shuxrat Do’sbekov, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi rahbari tumandagi barcha muammosi bor tadbirkorlar hamda tadbirkorlik qilish istagidagilar bilan ochiq muloqot qildi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan mas’ullarga murojaat qildi. Murojaatlarning aksariyati joyning o’zida yechim topdi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq ko’rsatmalar berildi.

Shu o’rinda mahallalardagi hokim yordamchilari kundalik faoliyatida tadbirkorlar bilan muloqot vaqtida uchrab turadigan masalalar yuzasidan ham mas’ullarga murojaat qilib, huquqiy maslahat olishdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#Brifing

Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tezkor bo’linma boshlig’i M.Maxkamboyev ishtirokida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan brifing tashkil qilindi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov Buzruk bobo ziyoratgohida bo’ldi

🕌 Tuman markazidan bir necha chaqirim narida joylashgan Buzruk bobo ziyoratgohi to'risidagi rivoyatlarga ko’ra, X asr boshlarida Said Ne’matullo Mag’ribiy Mag’ribdan, ya’ni G’arbiy Afrikadan kelgan. U olim bo’lib, mahalliy fholiga arab yozuvini o’rgatishi bilan birga dehqonchilikka ham qo’l urib, yerga ishlov berish va hosil olishni ham o’rgatgan.

📍Tuman hokimi Sh.Do’sbekov, sektor rahbarlari bir guruh nuroniylar boshchiligida Buzrukbobo qabrlarini ziyorat qildi va 2024-yilda dehqonchiliklarimizga mo’l ko’lchilik, qut-baraka bo’lishligi maqsadida duo qilib, jonliq so’yilib kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalarga ehson tashkil qilindi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hudud va klaster rahbarlariga seminar tashkil etildi.

Bugun Farxod mahallasida tuman hokimi Sh.Do’sbekov boshchiligida chigit ekish bo’yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda chigit ekish oldidan amalga oshirilish lozim bo’lgan yani yerni namligi, ekilayotgan chigitni chuqurligi bo’yicha aniq ko’rsatmalar berilib, Agroinspeksiya bo’limi tomonidan harbir maydonga agronomlarni jalb qilgan holda ekilishini tashkil qilish bo’yicha ham tegishli tavsiyalar berildi.

▶️Batafsil lavhamizda👆

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Jaholatga qarshi maʼrifat bilan birgalikda kurashamiz!

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

📍Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning kasb-hunar maktablarida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida Gulzor mahallasidagi kasb-xunar maktabda tadbir o‘tkazildi.

⚜️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U.Berdiyorov va M.Sherbekovlar so'zga chiqib yoshlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#jarayon

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

🎗Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to’liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazgan yig’ilishda bergan bir qator topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun Xos mahallasi 38-maktabning tadbirlar zalida Bekobod tumani hokimi Shuxrat Do’sbekov, 3-sektor rahbari, Xalq qabulxonasi rahbari tumandagi barcha muammosi bor tadbirkorlar hamda tadbirkorlik qilish istagidagilar bilan ochiq muloqot qildi.

🏵Ochiq muloqotda tadbirkorlar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan mas’ullarga murojaat qildi. Murojaatlarning aksariyati joyning o’zida yechim topdi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq ko’rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook