Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.78K subscribers
25.4K photos
2.88K videos
127 files
7.94K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Bekobod_tuman_IM

Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar o'rtasida maktab prezidentligiga 17-noyabr kuni saylov bo'lib o'tdi.

📩 Saylovda maktabimizning barcha o'qituvchi, ota-onalar va o'quvchilari to'liq ishtirok etishib, o'quvchilar o'rtasida maktab prezidentini saylashda o'z hissalarini qo'shishdi.

📨 Saylovda jami 346 nafar fuqarolar ovoz berishgan

Shundan:

Murodov Sh - 124 ta ovoz
Abdumannonov M - 70 ta ovoz
Omonov I - 152 ta ovoz to'plashgan.


Shu o'rinda 152 ta ovoz bilan 10-03 sinf o'quvchisi Omonov Ilyosbek maktab prezidentligiga saylandi.

🎉 Maktab direktori Nodira Zayirqulovna Ilyosbekni maktab prezidenti bo'lgani bilan tabriklab kelgusidagi faoliyatiga omad tilab o'quvchilarimizga e'lon qildilar.

kanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik va o’rta biznes tadbirkorlikning eng katta bo’g’inidir

Joriy yilning 10 noyabridagi Prezident Farmoni bilan kichik va o’rta biznes vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilmoqda.

kanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
BEKOBOD TUMANI HOKIMI SHUXRAT MIRZAYEVNING HOKIMLIK JAMOASIGA MUROJAATI

Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borishga jiddiy kirishildi.

Shunga qaramay, mazkur illat davlatning ayrim sohalarida uchrayotganligi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga albatta oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatib kelmoqda.


▶️Batafsil👈🏻

kanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
📢 Diqqat

⚡️Nomzodlar taklifi amalda: test sinoviga kirib, 56 ball to’plagan nomzod 3 oy davomida qaysi lavozim uchun ariza topshirsa ham faqat suhbat bosqichida ishtirok etadi
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab, tanlovlarning test sinovi bosqichiga yagona o’tish balli belgilanadi.

Bunda nomzod tomonidan 56 ball to’plangan taqdirda avtomatik ravishda uning portaldagi shaxsiy kabinetiga tanlovning suhbat bosqichiga o’tganligi haqidagi xabar keladi.
Yana bir muhim yangilik. Endilikda nomzodlar tomonidan test sinovi jarayonida 56 ball to’plangan taqdirda, ular 3 oy davomida tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etishlari shart bo’lmaydi.
Ya’ni 1 dekabr kuni test sinoviga kirib, 56 ball to’plagan nomzod 3 oy davomida shu ball bilan boshqa vakant lavozimlar uchun tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.

Bunda nomzod hujjatlari malaka talablariga javob bergan taqdirda avtomatik suhbat bosqichiga o’tganligi yuzasidan xabar oladi.

Кanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Minbar #Bekobod

MAXSUS LOYIHA: «YoShLAR YeTAKChISI MINBARI»

🏆Bolalikdagi maqsaddan jahon chempionligigacha. Bekobod tumani "Paxtakor" MFY yoshlar yetakchisi Ismoil Boboyevning hayotiy hikoyasi.

Кanalga ulashish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

#Jarayon

🏘Xonobod mahallasida " Obod xonadondan obod mahallagacha" shiori ostida bo’layotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

👆🏻Ayni kunlarda Xonobodda ishlar qizg’in olib borilmoqda, lavhamiz Nurafshon telekanali nigohida.📸

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla
#Jarayon

🏘So’ngi yillarda xalqchil islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida qishloqlarimiz obod bo’lib, shaharmonand qiyofa kasb etyapti. Chekka hududlar aholisining turmush farovonligi yuksalib, odamlar islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o’z hayoti misolida his qilib yashamoqda.

💠Bekobod tumani Xonobod mahallasi “Obod mahalla dasturi” bo’yicha "Obod ko’cha obod xonadon" tamoyilli asosida bugundan qiyofasi tubdan yangilanmoqda.

📍Shu o’rinda “Obod xonadondan obod mahallagacha” shiori ostida olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Respublika ishchi guruxidan Qaxramon Sariyev hamda tuman sektor rahbarlari mahalla va xonadonlarda bo’lib, jarayonga munosabatini bildirib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berdi.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Maktablarda davomat o‘rganildi

Bugun Bekobod tumanidagi 60 ta umumta’lim maktablarining barchasida o‘quvchilar davomati o‘rganildi. Davomatni o‘rganish davomida Bekobod tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Kurbanova ham ishtirok etdi. O‘rganishda asosan qizlar davomati jiddiy nazoratga olindi. Aniqlanishicha, darsga kelmayotgan o‘quvchi qizlar kasal bo‘lib dars qoldirishmoqda. Shu o’rinda sababsiz dars qoldirayotgan o‘quvchi qizlar ham aniqlanib, ularning davomati bilan maktab ma’muriyati hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda nazoratga olinishi bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt va boshqa texnologiyalar rivojlangan davrda kitob o’qishga zaruriyat bormi?

Kitobxonlik “Alsgeymer” kasalligini oldini olishni kafolatlaydi(mi)?

Kitobxonlik shaxsning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradimi?

Aqlli bo’lish uchun nechta kitob o’qish kerak?

Mutolaani qaysi kitobni o’qishdan boshlash kerak?

Shaxs rivojlanishida mutolaaa ahamiyati va zaruratining 8 ta sababini bilishni istaysizmi?

Fakt: Hayotida ko’p kitob o’qiganlar mutolaa qilmaydiganlarga qaraganda yoshga bog’liq xotira pasayishi va kognitiv qobiliyatning yomonlashishiga kechroq duch keladi.

Kanalga ulanis
h👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook