Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.78K subscribers
25.5K photos
2.88K videos
127 files
7.95K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Tumanimizni “Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikdan xoli hudud” va “Ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantiramiz.

📍Bugun Bekobod tumani Madaniyat va turizim bo’limida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublikasi komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishining 2023 yil 22 avgustdagi 3-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Tuman mahallalarini “jinoyatchilikdan xoli hudud” va “Ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

🏵Uchrashuda tuman hokimi Sh.Mirzayev, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla beshligi qatnashdi.

♻️Yuqoridagi bayonda berilgan topshiriqdan kelib chiqib, mahallalarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish, ishsizlik darajasini kamaytirish borasida aholi o‘rtasida, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
📊 Bekobod tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi

〽️2023-yil yanvar- iyul oylari holatiga Bekobod tumanining tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 4,3 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.

Shundan:

🔶Eksport – 2,7 mln.AQSh dollari
🔶Import – 1,6 mln.AQSh dollari

Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#hokim_yordamchisini_faoliyatidan

Bekobod tumani Farhod MFY hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda.

2022-2023 yillarda jami 11 nafar fuqaroga subsidiya, 85 nafar fuqarolarga imtiyozli kreditlar amaliy ko‘maklar berildi.

Shuningdek, daftarlardagi jami 75 nafar fuqaro kasb-xunarga o‘qitildi. 11 nafariga esa yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil qilishda yordamlar berildi. 197 nafar ishsiz aholiga dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun dehqon xo‘jaligi yerlari ajratildi. O‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida ham 107 nafar fuqaro rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi.

Hududning infratuzilmasini yaxshilashda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Mahallada 2 ta yangi zamonaviy dala do‘koni tashkil etildi. Paxtakor ko‘chasi bugun "mahalla beshliklari" tashabbusi bilan ko‘rkam qiyofaga kirdi.

Telegram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BEKOBOD TUMANI_TADBIRKORLAR AHOLI BILAN MULOQOT QILMOQDA

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#Bekobod_tumani
#Jarayon

🛠Tuman aholisi bilan o’tkazilgan sayyor qabulda Birdamlik mahallasi nomidan kommunal sohadagi muammolar, nosozliklar bo’yicha kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko’rib chiqib, yuzaga kelgan holatlarini bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasining barcha kuch-vositalari shay holatga keltirildi.

🏘Shu o’rinda tuman hokimi Sh.Mirzayev hamda ishchi gurux 1-sektor xududi Birdamlik mahallasida bir qator amaliy ishlarni davom ettirmoqda.

⚡️Birdamlik mahallasi Darxon berk ko’chasiga eskirgan sim yog’ochlar o’rniga 28 dona elektr beton tayanchlar keltirilib o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
“Oilalarda ajrimlarni oldini olish” bo‘yicha seminar bo’lib o’tdi

♻️Bugun tuman Madaniyat va turizim bo’limi bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ko‘cha boshi va otinoyilar ishtirokida “Oilalarda ajrimlarni oldini olish” bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminar Madaniyat va turizim bo’limining falklyor jamoasining “Kelinsalom” urf-odatini namoyishi bilan boshlandi.

⚡️Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Kurbanova, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Q.Jo‘rayev, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudi raisi G‘.Voxidov, tuman bosh imom xatibi U.Berdiyorov va “Oqila ayollar” harakati a’zosi G.Po‘latovalar ishtirok etishib, bugungi kunda oilalarda sodir bo‘layotgan ajrimlarning sabablari, ajrimga olib keluvchi omillar haqida to‘xtaldi.

📍Seminarda so‘zga chiqqan mas’ullar oilaviy ajrimlarni kamaytirish borasida o‘zlarining kerakli tavsiya va maslahatlarini berdi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
#tayinlov

📍Bugun Bekobod tumani hokimi Sh.Mirzayev, sektor rahbarlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda tuman hokimligida bo’sh turgan lavozimlariga tayinlangan shaxslarni tanishtirdi.

⚡️Tanishtiruvda Saydullayev Mansur Xabibullayevich Bekobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

⚡️Isamutdinov Baxtiyorjon Komiljonovich Bekobod tumani hokimi o’rinbosari — investisiyalar sanoat va savdo bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

⚡️Mo’minov Dilshod Erkinovich Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi