Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.72K subscribers
25.3K photos
2.86K videos
127 files
7.88K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_qudratli

Yoshlar, eshitmadim demanglar ! 📣📣📣

💥13-aprel kuni soat 16:30 dan boshlab, tuman markaziy o‘yingohida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi 🏆 uchun tuman saralash bosqichiga start beriladi!

Mavsumning ilk o‘yinida Guliston mahallasi yoshlari Turon mahallasi yoshlari bilan bellashadi.
Shuningdek yoshlarimiz uchun tumanimiz san'atkorlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

💥Barchangizni ushbu sport bayramida kutib qolamiz!
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

⚡️Kuni kecha Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 12-maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o'quvchilari bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

⚜️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U.Berdiyarov va N.Jalilovlar so'zga chiqib xodimlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

📍Kuni kecha Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 15-maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o'quvchilari bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

♻️Suhbat davomida N.Mirsaidov, U.Berdiyarov va N.Jalilovlar so'zga chiqib xodimlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.
#Iftorlik

⚡️Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan Bekobod tumani hokimligi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo’linmasi hamkorligida kuni kecha "Davronbek" "Xonobod" mahallasida yashovchi ro’zador aholiga, "Temir daftar","Ayollar daftari"dagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolariga iftorlik dasturxoni yozildi.
⚡️Iftorlikka kelgan fuqarolar shunday ezgu ishlarni amalga oshirayotgan yurtboshimizga, bu iftorlik tadbiri tashkilotchilariga minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakuni bo’yicha Bekobod tumanida ovoz ko’p to’plab g’olib dep topilgan 6 ta loyiha va 2 ta qo’shimcha loyiha jami 8 ta loyihani amalga oshirish tadbirlari.

🟢“Qo’rg’on” MFYda joylashgan 3 oilaviy poliklinikaga 9066 ta ovoz bilan 800,0 mln. so’mlik binoga kirish kismini kapital ta’mirlash va tom kismini 100 % yangilash. Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish. 👉📍Joylashgan manzili

🟢“Nayman” MFY Jasorat ko’chasidagi 2 ta bo’lakka bo’lingan ko’chaning umumiy uzunligi 1 220 metr va Kamolat ko’chasidagi 4 ta bo’lakka bo’lingan ko’chaning umumiy uzunligi 1 390 metr qismiga 7567 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,6 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Nayman” MFY Navqiron ko’chasiga 6462 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,0 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Qushtamg’ali” MFY Me’mor kuchasi 15 sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonidan Me’mor kuchasi 36 uygacha 1,4 km masofa va Birlashgan kuchasi asosiy ko’cha boshidan 0,6 km qismiga 6011 ta ovoz bilan
1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,0 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“UYaS” MFY ko’chalari 5860 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik na’munaviy shag’allashtirish (20 sm shag’al, 5sm klines) Qirovul va Maqsad ko’chalarini bog’lovchi piyodalar ko’prigi qurish xamda tungi chiroqlar o’rnatish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Oq tepa” MFYda joylashgan 28 sonli umumta’lim maktabiga 3770 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik qo’shimcha o’quv sinfxonalar qurish.
👉📍Joylashgan manzili

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qaroriga asosan tumanda 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan jami 2 ta loyiha.

🟢“Xos” MFYdagi Shodlik ko’chasiga 150 metr, Taraqqiyot ko’chasiga 350 metr, Gulzor ko’chasiga 900 metr, Mustaqillik ko’chasiga 485 metr, Ma’rifat ko’chasiga 120 metr, Ma’naviyat ko’chasiga 150 metr jami 2,2 km qismiga 2167 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Pastki kerayit” MFYda joylashgan 3-DMTTga 2107 ta ovoz bilan 350 mln. so’mlik ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.
👉📍Joylashgan manzili

👉Kanalga ulanish👈🏻
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Salomatlik_sayli

🚑Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz boʻylab Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi doirasida tadbirlar viloyatning har bir hududida tashkil etildi.

🚨 Bugun Toshkent viloyati prokurori tashabbusi bilan Bekobod tumanining olis xududlaridan 4-sektor xududi Nayman mahallasida Nayman, Uyas, Achamayli mahallalari axolisi uchun ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Toshkent viloyatining malakali shifokorlari hamkorligida “Salomatlik sayli” tadbiri o'tkazildi.

🩺 Salomatlik saylida bir qancha mutaxassisliklar boʻyicha Toshkent viloyati malakali shifokorlari, shuningdek, tuman tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari 127 nafar aхolini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

🏥Tadbir doirasida oilaviy poliklinikalarda roʻyxatda turgan bemorlar, yoshi ulugʻ keksalar ham jalb qilindi.

https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#онлайн

‼️Айни дамда Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказувчи 10-Тошкент вилояти округ комиссиясида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

⚡️Маълумотларга кўра, Тошкент вилояти бўйича жами 958 та референдум участкалари ташкил этилди. Муҳими, ташкил этилган референдум участкалари овоз берувчилар учун қулай ҳудудларда бўлишига алоҳида эътибор қаратилди. Бунинг учун сўнгги беш йил ичида янги қурилган бино ва иншоотлар танланган.
 
🔘Жумладан, 560 та референдум участкалари мактабларда, 89 таси маҳалла  фуқаролар йиғинларида, 54 таси коллеж, лицей ва техникумларда, 11 таси олий ўқув юртлари биноларида, 56 таси тиббиёт, санаторийлар ва дам олиш масканларида, 73 таси давлатга қарашли корхона ва ташкилот биноларида, 56 таси маданият ва спорт марказларида, 22 таси махсус референдум участкаларида, 10 таси Адлия ва Давлат хизматлари марказларида, 27 таси эса тадбиркорларга тегишли биноларда ташкил этилган. 

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bekobod diyori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Фазлиддин Собиржонов, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси:

— Бугунги кунда янги таҳрирдаги Ўзбекистон Конституциясида, биринчи навбатда, самарали иқтисодиёт, эркин бошқарув тизими, кучли ижро ҳокимияти шаклланиши, Сенат ва қонунчилик палаталари ўртасида ваколатлар тақсимланиши ҳамда энг асосий масала — инсон ҳуқуқ ва эркинликларининг самарали ҳимоя қилиниши, конституцион норма асосида кафолатланишини ўзгартиришларнинг асосий мезони сифатида кўришимиз мумкин.
Конституцион ислоҳотлар аввало инсон қадри, ҳуқуқ ва эркинликларини ҳозирги жамият ва келажак авлод учун конституциявий кафолатлашни назарда тутади. Бу ислоҳотлар бутун бошқарув тизимида самарали тизимни яратишга асос бўлади.
Dala madaniyati fermer majburyati


♻️Bugun Bekobod tumani hokimi va sektor rahbarlari Toshboy Jo’rayev agro fermer xo’jaligi dala shiponida tumandagi barcha fermer xo’jalik rahbarlari, Bekobod APK klasteri rahbar xodimlari hamda qishloq xo’jaligi soha vakillari ishtirokida Dala madaniyati fermer majburyati shiori ostida amaliy seminar tashkil etildi.

🚜Seminarda Qishloq xo’jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori atroflicha tushuntirildi.

⚜️Shu o’rinda tuman hokimi F.Xudoyberdiyev fermer xo’jaliklari dala chetlaridagi yer maydonlarini o’zlashtirish, ularda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularning ishonchli xaridini tashkil qilish ishlarini tizimlashtirish, ushbu tizimga alohida mas’ul tashkilotni biriktirish hamda dala cheti yer egalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida alohida tushuntirdi.