Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.8K subscribers
25.6K photos
2.9K videos
127 files
8.02K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Hurmatli tadbirkorlik sub’ektlari
DIQQATIGA!
⚡️⚡️⚡️

🏪Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2022- yil uchun 1-kb shakli (yillik) hamda Fermer xo‘jaliklari tomonidan 1-fx shakli yillik davlat statistika hisobotlarini e-Stat 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali 2023- yilning 27- fevralidan kechiktirmay elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan.

📍Hisobot taqdim etish uchun ko‘rsatma:

1. Hududiy Davlat xizmatlari markazidan elektron raqamli imzo (ERI) kalitini olish;
2. (ERI) kaliti bilan (Google Chrome Brauzeri) orqali,
hisobot.stat.uz veb sahifasiga kirish;
3. Ro‘yxatdan korxona nomini tanlash;
4. 1-kb shakli hisobotini kiritish uchun (Kichik biznes va tadbirkorlik) tegishli bo‘limiga,
-1-fx shakli hisoboti hisobotini kiritish uchun (Qishloq xo‘jaligi va ekalogiya) bo‘limini tanlash va xisobotni kiritib (jo‘natish tugmasini) bosish orqali hisobot taqdim etiladi.
1-kb (yillik) hamda 1-fx shakli davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, ularga tezkor yordam va maslahat berib borish maqsadida, viloyat statistika boshqarmasining tegishli tarmoq statistika bo‘limida “Call centre” tashkil etilgan.
Hisobotni tayyorlash va taqdim etish jarayonida vujudga kelgan savollar bo‘yicha o‘zingiz joylashgan joydagi hududiy statistika bo‘limlariga quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin:

📌 Bekobod tuman statistika bo'limi:
☎️ASILBEK: 99-888-63-95, 77-044-48-88
☎️OTABEK: 99-853-36-95, 77-044-49-99

💠Hududiy statistika bo‘limlari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmasa viloyat statistika boshqarmasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin: (71) 203-45-00 (ichki kod-1), (71)202-86-77,
Qishloq xo‘jaligi :(71) 203-45-00 (ichki kod-7) (71)202-86-69

Bekobod tuman statistika bo'limi
Hisobot topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar diqqatiga!

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1-kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

Оn-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir boʻlimi, undagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

On-line muloqotlar “STATISTIKA” telegram kanalida (havola https://t.iss.one/statistika_rasmiy) 2023-yilning 16-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar tashkil etiladi.

❗️ Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevralda yakunlanadi.

❗️ On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!
❇️Toshkent viloyatida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 349,5 ming gkal ga kamaygan

2022- yil yanvar-noyabr oylarida, yirik sanoat korxonalari tomonidan 3249,4 ming gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib,o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 349,5 ming gkal ga kamaygan.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📍O‘zbekiston Respublikasida 84,8 % uy xo‘jaliklari xususiy hovlida yashaydi.

🏘Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari boyicha taqsimlanishi:
- alohida uy (xususiy hovli) – 84,8 %;
- ko‘p kvartirali uylar – 14,4 %;
- boshqa turdagi uy-joylar – 0,8 %ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#Bekobod_tumani

🪨Bugun tumanimizning tabiiy gaz yetib bormagan chekka xududlaridagi Paxtakor, Dehqonobod hamda Yeshlik-2 mahallalari aholisi uchun sektor rahbari tuman hokimi yordamida jami 49 tonna ko'mir olib kelib tarkatilmoqda. Ob-havoning sovuqligiga qaramay aholi bir yoqadan bosh chiqarib keltirilgan ko'mirni taqsimlab olib ketishar ekan, tuman rahbarlariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

🔥 Tumanimizdagi ko'mirga ehtiyeji bor aholiga bugungi kungacha jami 370 to'nnadan ortiq komir yetkazib berildi.
Forwarded from Bekobod tumani MMTB
🔖 Bekobod tumanidagi 46-maktabning 3 nafar oʼquvchisi IELTSdan yuqori ballarni qoʼlga kiritdi

Bekobod tumanidagi 46-maktabning 3 nafar 11-sinf oʼquvchisi IELTS imtihonlarida qatnashib, C1 va B2 darajadagi sertifikatlarga ega boʼldilar.

Joriy oʼquv yilida mazkur maktabni 39 nafar oʼquvchi bitiradi. Bugungi kunda ularning 3 nafari IELTS imtihonlarida 6 dan 7 ballgacha boʼlgan natijalarni qo‘lga kirirtishdi.

Shuningdek, maktabning 8 nafarga yaqin oʼquvchisi ushbu sertifikatni qo'lga kiritish arafasida turibdi.

Oʼquvchilarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz.

@BekobodtumaniXTB
Президент Шавкат Мирзиёев Мудофаа вазирлигининг Марказий ҳарбий клиник госпитали ва Қуролли Кучлар Ҳарбий тиббиёт академиясини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центральный военный клинический госпиталь Министерства обороны и Военно-медицинскую академию Вооруженных Сил.

#Mirziyoyev #tanishuv #gospital #akademiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter