Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.45K subscribers
26.8K photos
3.08K videos
128 files
8.5K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: https://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik

⚡️Bekobod tumanida jami 60 ta umumiy o'rta ta'lim maktabi bo'lib shundan 50 ta maktab tabiiy gaz bilan va 10 ta maktab ko'mir bilan isitiladi.

🛠 Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida maktablarda isitish tizimlarini to'liq va soz holatlarda ishlashi hamda sovuq havo kirishi mumkin bo'lgan deraza va eshiklarni butlash ishlari amalga oshirilmoqda.
#Ta’ziya

Bekobod tumani hokimligi jamoasi Bekobod tuman hokimligi texnik xizmat xodimi Shavkat Jo’rayevning vafoti munosabati bilan marxumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Sh. Jo’rayev 1963 yil Bekobod tumanida tug’ilgan. Uning shaxsiy tashabbus va jonkuyarligi qisqa fursatda tuman hokimligi jamoasi e’tiboriga tushgan, Ushbu hamkasbimizning bu borada hali bundanda katta maqsad va ezgu rejalari bor edi.

Ajoyib do’st, kamtarin inson, izlanuvchan va tashabbuskor, o’zgalarga bilna ҳazilkash kamtarin bo’lgan Shavkat Jo’rayev xotirasi do’stlari va yaqinlari, ҳamkasblari yodida abadiy yashaydi.
#Yashil_makon_umummilliy_loyiha
#press_tur


📍 Bugun Bekobod tumani hokimi F.Xudoyberdiyev, tuman prakurori B.Jalilov, IIB boshlig’i, 3-sektorrahbari E.Baymuxamedov boshchiligida sektor xududi Isfara mahallasidan o’tgan Toshkent Bekobod yo’l yoqasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

🌴Seminar so’ngida shu joyning o’zida bo’sh turgan 1,5 gektar maydon tekislanib IIB boshlig’i 3-sektor rahbari E.Baymuxamedov, mahallalarga biriktirilgan 51 nafar hokim yordamchilari, YPX xodimlari, tuman ekologiya rahbari O.Yakubov hamda din ishlari vakillari hamkorligida har xil turdagi 500 tup mevali va 1000 tup terak lo’chatlarini keltirilib o’tkazdi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
#davlat_ramzlari

Bayrog'imiz - milliy g'ururimiz


⚡️Barcha mustaqil davlatlar singari O'zbekiston Respublikasi ham o'z davlat bayrog'iga ega. Bayroq bu davlatning mustaqillik ramzlaridan biridir. Biz o'zbek xalqi ana shu bayrog'imizni ko'rganimizda beixtiyor qalbimizda unga nisbatan hurmat, iftixor, faxr, g'urur, hurlik, erkinlik elparvarlik, vatanparvarlik kabi ko'plab tuyg'ularni his etamiz va har birimiz uni e'zozlab butun jahon bo'ylab ko'klarga ko'tarishni hayol qilamiz. Bayroq bor ekanki demak davlat bor, davlat bor ekanki xalq bor, xalq borki demak oila, inson bor.

📍Demak bayrog'imiz har bir o'zbekning borligini o'zida aks etib turadi. Shunday ekan har birimiz boshqa davlatimiz ramzlari singari bayrogʻimizni e'zozlab, dunyoga tanitsak, o'zbek elini dunyoga tanitgan bo'lamiz. Buning uchun esa qo'limizdan kelgan barcha ishni qilsak arziydi albatta.
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz ramzlari bolalar nigohida

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#yongʻin_xavfsizligi_oyligi

“Yongin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok eting!

Bekobod tumani hokimining 2022-yil 16-noyabrdagi 249-10-135-F/22-
sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dеkabrigacha shahar hududida “Yong'in xavfsizligi oyligi” o’tkaziladi.

Hurmatli tumandoshlar!

⚡️Aholi yashash uylarida, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va qurilish maydonlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok eting.

❗️O‘zingiz, oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang hamda is gazidan zaharlanishdan saqlaning!

📞Yong‘in xavfini sezganda yoki sodir bo‘lganda zudlik bilan Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi navbatchisiga 70 935-19-01,
70 935-11-01 yoki qisqa 101, 1050
raqamlari orqali xabar bering.

Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi.