Bekobod tumani MMTB
496 subscribers
4.53K photos
254 videos
124 files
1.12K links
Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi,
Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy
E-mail: [email protected]
Telefon:(+998 70) 935-21-80

Admin bilan bog'lanish: @BekobodTXTBadminbot
Download Telegram
#расман

Ўзбекистонда муддатидан илгари Президент сайлови ўтказилади.


Сайлов куни – 9 июль.


@BekobodtumaniMMTB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo'lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi.

Qadrli hamyurtlar!

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan siz azizlarga, qadrli urush va mehnat faxriylariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik, dasturxonlaringizga to’kinlik hamda barcha ezgu niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi xizmatlaringizda zafar hamisha yor bo’lsin!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9️⃣-may — Xotira va Qadrlash kuni!

💐Inson xotira bilan tirik qadr bilan 
doimo e’zozda.

👨‍✈️Ushbu kun vatanimiz ozodligi, tinchligi va farovon kunlar uchun jon fido qilganlarni yod etish,  mamlakatimiz rivojlanishida mehnat qilganlarni qadrlash, sharaflash kunidir.

🕊Insonga har kuni tinchlik - osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun xizmat qilganlarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

⚡️Bekobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi barcha urush faxriylari va mehnat faxriylarini bugungi bayram bilan tabriklaydi!

👨‍✈️Shuningdek, bugun fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga 78 yil to‘ldi.

@BekobodtumaniMMTB
#Bekobod_tumani
#1_IDUM
#Vatan_fidoyi_farzandlarini_unutmaydi

Bugun Bekobod tumani Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda "VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI" shiori doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir tumanimizning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida tug'ilib o'sgan, mard, jasur umrining so'nggigacha o'z vatani uchun jonini fido qilgan sobiq ichki ishlar xodimi, jasorat medali sohibi O'rmonov Dilmurod Bo'tabiyevichning yorqin xotirasiga bag'ishlandi.
Tadbirni RMMM Bekobod tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi M.Sherbekov ochib, Dilmurod O'rmonovning chinakam o'zbek o'g'iloni bo'lganligi, uning xotirasi mangu barhayot ekanligi hususida gapirib o'tdi.
So'zga chiqqanlar maktab direktori U. O'sarova, tuman IIB boshlig'i o'rinbosari N. Qorabekov, Dilmurod O'rmonovning yaqinlaridan A. Toirovlar marhumning haqiqiy insonparvarligi haqida gapirdilar.U o'qigan maktabda Dilmurod O'rmonovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Xotira burchagi" tashkil etildi.

@BekobodtumaniMMTB
Qo'shma qaror.PDF
4.8 MB
Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qo‘shma qarori
3.05.2023 yil

@BekobodtumaniMMTB
#Toshkent_viloyati
#19_maktab
#Vatan_fidoyi_farzandlarini_unutmaydi

Tumanimizning 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Xotira abadiy - Qadr muqaddas" deb nomlangan ma'naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori X.Abdurazzoqov ochib,
9-may "Xotira va qadrlash" kuning bayram qilinishi, bu borada maktabda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Tadbir mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir K.Mavlonov bayramning xalqimiz
hayotidagi o‘rni to‘g‘risida gapirdi. Shoir o‘zining sh'erlari bilan davraga shukuh bag‘ishladi.

O‘quvchilari ijrosida sh'er, qo‘shiq, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni shoir K.Mavlonov taqdirladi Tadbirni o‘tkazishda MMIBDO‘ T.Umarov, ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari B.Alishboyeva, D.Eshonqulovalar faollik ko‘rsatishdi.
Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.

@BekobodtumaniMMTB
Bugundan Oʻzbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi

Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan rejaga ko’ra, siyosiy partiyalar 15-maygacha saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi kerak.

Prezidentlikka nomzodlar 6-iyungacha ro’yxatga olinadi.

@BekobodtumaniMMTB
☕️ Бекобод тумани мактабгача ва мактаб таълим бўлими тасаруффидаги умумий ўрта таълим мактабларида тадбиркорлар томонидан ўз маблағлари хисобидан мактаблар учун ошхоналар қуриб бериб, ҳозирги кунда 2-3 нафар фуқароларни иш билан таъминлаб ўз фаолиятларини юритиб келмоқдалар.

@BekobodtumaniMMTB