Bekobod tumani MMTB
457 subscribers
5K photos
292 videos
127 files
1.18K links
Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi,
Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy
E-mail: [email protected]
Telefon:(+998 70) 935-21-80 Murojaatlar uchun bot: @bekobodtmmtbmurojaat_bot
Download Telegram
🔰 Бекобод тумани ММТБ бошлиғи А.Махмудов бошчилигида "Янги Ўзбекистон Конституциясида таълим-тарбия ва ёшлар масалалари" мавзусида ўқув семинар бўлиб ўтди

Ўқув семинарда ММТБ ходимлари, мактаб директорлари ва директор ўринбосарлари иштирок этишдилар.

Кун тартиби бўйича янги ўқув йили олдидан "Ота-оналар мажлислари"ни юқори савияда ўтказиш, намунавий ўқув дастур асосида, умумтаълим мактабларининг педагог ходимлари учун ўқув-семинарининг мактаб босқичини ташкил этиш, мактаб раҳбарияти ва педагог-ходимларга Ўзбекистоннинг янги - Конституциясига фарзанд тарбияси ва мактаб таълими масалалари юзасидан киритилган қўшимча ва ўзгаришлар, ўқувчи-ёшлар ўртасида назоратсизлик, қаровсизлик, ҳуқуқбузарликлар ва бошқа ғайриижтимоий хатти-ҳаракатларнинг олдини олиш, мактабда соғлом ижтимоий-маънавий муҳитни таъминлашда ота-оналар билан ҳамкорликнинг аҳамияти каби устувор масалалар кўриб чиқилди.

@BekobodtumaniMMTB
📣DIQQAT E'LON!

Maktablarda dars soatlari taqsimoti bo‘yicha soha xodimlari uchun vebinar
tashkil etiladi

Hurmatli soha xodimlari va o‘qituvchilar!

📣 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida dars soatlar taqsimoti bo‘yicha soha xodimlariga to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔰Ushbu vebinarda:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi;
dars soatlarini taqsimlash mezonlari;
boshlang‘ich va yuqori sinflardagi mavjud sinflar misolida dars soatlari taqsimoti bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

👉 Mazkur vebinarda vazirlikning rasmiy sahifasi orqali ishtirok etish mumkin.

Vebinar 2️⃣2️⃣ avgust kuni soat 1️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣da bo‘lib o‘tadi.

O‘TKAZIB YUBORMANG!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2023-2024-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda) bilish olish mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning hududiy seminar tadbirlari Bekobod tumanining 38-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Bugun tumanimizdagi 38-umumiy o'rta ta'lim maktabida fan o'qituvchilari o'rtasida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning hududiy bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

📍Joylardagi yetakchi trener va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur seminar tadbirlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan keng islohotlar mazmun-mohiyati, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja hamda tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarining samarali joriy etilishiga doir muhim masalalar muhokama etilmoqda.

🔰 O‘zaro muloqot shaklini olgan seminar tadbirlarida sohaga doir yana boshqa ko‘plab masalalar xususida trener va malakali ustozlar tomonidan keng doiradagi fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

@BekobodtumaniMMTB
#Bekobod_tumani
#29_maktab
#seminar

📘 KUTUBXONACHILAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR O'TKAZILDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tumanimizdagi 60 ta umumiy o'rta ta'lim maktabi kutubxonachilari uchun o‘quv-seminarlari kaskad usulida tashkil etildi.

🎙O‘tkazilgan ushbu o‘quv-seminarda kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.

📚 Tadbir so'ngida bir qator soha vakillari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

@BekobodtumaniMMTB
#Bekobod_tumani
#5_maktab

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023-yil 7-avgustdagi 04-04/3-1269-sonli xatiga asosan 2023-yil 24-avgust kuni Bekobod tumanidagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida maktabning pedagog xodimlari uchun ''Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar'' mavzusida ōquv-seminarning maktab bosqichi bōlib ōtdi.

Bunda 190-sonli qaror bilan to'liq tanishildi hamda sinf rahbarlari faoliyati batafsil yoritildi.

@BekobodtumaniMMTB
#РАСМАН

⚡️Сентябрдан бошлаб барча мактабларда бепул овқатланиш жорий этилади

Давлат дастурига кўра, янги ўқув йилидан бошлаб республикамиздаги барча мактабларда бошланғич синф ўқувчилари бепул овқатланади.

Менюда қуритилган мевалар, мини-кабоблар, кöфте, творогли пудинглар, турли хил пишириқлар ва бошқа кўплаб нарсалар мавжуд.

@BekobodtumaniMMTB
❗️Хусусий ОТМларининг баъзи йўналишдаги дипломлари тан олинмайди.

Баъзи хусусий ОТМлар 2023/2024 ўқув йили қабулидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаларида сиртқи таълим шаклига қабул амалга оширилмайдиган таълим йўналишларига талабаларни сиртқи таълимга (асосан Махсус педагогика (фаолият турлари бўйича) йўналишига) олишмоқда. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 июндаги ПҚ-289-сон қарори 1-иловасида 2023/2024 ўқув йили қабулидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаларида сиртқи таълим шаклига қабул амалга оширилмайдиган таълим йўналишлари келтирилган бўлиб унга кўра, юқорида расмда келтирилган йўналишларга бу йилги ўқув йилидан сиртқи таълимга қабул бўлмаслиги белгиланган. У на давлат ОТМ бўлсин ва на хусусий.

Агар сиз бу йўналишларда бу йилги қабул бўйича сиртқи таълимга кирсангиз сизнинг дипломингиз тан олинмаслиги мумкин. 

Юристлар маслаҳати

@BekobodtumaniMMTB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янги_ўқув_йилида_кутилаётган_янгиликлар

📣📣"Kundalik.com" endi o'z faoliyatini "e.maktab.uz" sifatida davom ettiradi

Yangi o'quv yilidan e'tiboran "Kundalik.com" portalida qanday o'zgarishlar amalga oshirilmoqda? Mazkur platformaning afzalliklari qanday?

Kundalik smart o’quvchilarni uyga vazifani tayyorlashga bo’lgan qiziqishini oshiradimi?

Ayni paytda 365 ta maktabda joriy etilishi kutilayotgan yangicha - Summativ baholash tizimining o'ziga xos tomonlari nimada?

Summativ baholash tizimi baholash jarayonidagi nisbiylikka barham beradimi?

❗️Mazkur savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sardor Rahimboyev va Axborot kommunikatsiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov javob berishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi

«Muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratyapmiz», dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. Xususan, o‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshgani (o‘rtacha oylik 3 million so‘m) ta’kidlangan.

Natijada, 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni – 23 mingga yetgan, 10 mln so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshgan.

Yana 2 mingga yaqin muallimlarga Vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti. Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.


@BekobodtumaniMMTB
Bu yil 387 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlagan bo‘lsa, shundan:

138 mingtasi oliygohlarga o‘qishga kirgan;
— yana 54 mingtasi professional taʼlim bilan qamrab olinadi.

“Qolgan 195 ming nafar yoshlar-chi? Ular ertaga ish topa olmasa, kim bo‘ladi?”, — dedi Shavkat Mirziyoyev va mas’ullarni jiddiy so’roqqa tutdi, tegishli vazifalarni belgilab berdi.

@BekobodtumaniMMTB