Bekobod tumani MMTB
489 subscribers
4.55K photos
256 videos
124 files
1.13K links
Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi,
Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy
E-mail: [email protected]
Telefon:(+998 70) 935-21-80

Admin bilan bog'lanish: @BekobodTXTBadminbot
Download Telegram
⚡️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi

❗️2023-yil 1-iyundan boshlab
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;

❗️2024 yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;

❗️2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

@BekobodtumaniMMTB
Ҳурматли 🖐 НМТТБАТ фойдаланувчилари!

🖐 НМТТБАТ нинг янги мобил иловаси ишлаб чиқилганлиги тўғрисида 15-май куни хабар берилган эди.

24 май кунидан бошлаб фақат янги илова орқали йўқламалар қабул қилиниши ва аввалги мобил илова орқали юборилган йўқламалар ҳисобга олинмаслигини маълум қиламиз.

Мобил иловани nodavlat-bogcha.uz манзилидан ёки қуйидаги ҳавола ёрдамида юклаб олишингиз мумкин.

Мобил иловани юклаб олиш

@BekobodtumaniMMTB
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

❗️2023-yil 1-sentabrdan boshlab:

✔️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;

✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi

✔️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;

✔️ 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;

✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;

✔️2024-yil 1-apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.

Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlariga maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalariga maslahatchi sifatida Prezident maktablari direktorlari;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari biriktiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#kasb_o'rgatish
#Bekobod_tumani_35_maktab

🔰 Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari endilikda ikkita xorijiy til va bitta kasb egasi bo‘lib chiqish imkoniyati yaratilmoqda.

🪡 Shu tashabbus doirasida, Bekobod tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

📌 Bugun Bekobod tumani hokimi o'rinbosari D.Mirzaqulov hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.Maxmudovlar tumandagi 35-maktabga tashrif buyurdi va oʼquvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

@BekobodtumaniMMTB
Буйруқ вазир жамғармаси.pdf
4 MB
#Vazir_jamg'armasi
#Bekobod_tumani

VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN TANLOV NATIJALARI

Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlaridan o'tgan o'qituvchilarimiz 8 nafar (viloyat bo'yicha 7,5%) ni tashkil etmoqda.

📊 Toshkent viloyati bo'yicha ushbu ustamani oluvchi o'qituvchilar 106 nafarni tashlik etmoqda. Statistika bo'yicha viloyat bo'yicha 22 ta tuman va shahar ichida foiz hisobida tumanimiz 1-o'rinda (viloyat bo'yicha tumanimiz foizi 7,5% tashkil qilmoqda) turibdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanib kelinmoqda.

@BekobodtumaniMMTB
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

@BekobodtumaniMMTB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OILAMIZ EDI, KETISH OG‘IR BO‘LYAPTI

Maktabga kelib, darslarga kirmaganimiz, vaqtimizni zoye ketkazganimiz, maktab davrini qadriga yetmaganimiz...

Ustozlarimizdan kechirim so‘raymiz, bergan bilimlaringizga rahmat, biz sizlarni sog‘inamiz...

Bitiruvchilar iqrori
Ertaga “So‘nggi qo‘ng‘iroq”. U qanday o‘tishi kerak?

Maktablarda 2022-2023-o‘quv yilini yakuniga bag'ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertaga - 25-may kuni bo‘lib o'tadi.

Vazirlik tavsiyalariga ko‘ra:

"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

@BekobodtumaniMMTB
Prezidentning bitiruvchi yoshlarga tabrigi.pdf
3.4 MB
“Сўнги қўнғироқ” тадбирларида Президент табриги ўқиб эшиттирилди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги (24.05.2023-й 06-06/3-1083-сонли хат) томонидан жорий йилнинг 25-май куни мактабларда ўтказиладиган “Сўнги қўнғироқ” тадбирларини юқори савияда ташкил этиш, барча даражадаги ҳокимлар, секторлар, йирик корхона ва ташкилот раҳбарлари, олий таълим муассасалари ректорлари, зиёлилар, ёзувчи ва шоирлар ҳамда жамоатчилик вакилларининг мазкур тадбирларда бевосита иштирокини таъминлаб, Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг мамлакатимиз мактабларининг битирувчиларига табригини тантанали ўқиб эшиттириш ҳамда юртимизда таълим соҳасида олиб борилаётган кенг кўламли чуқур ислоҳотларнинг мазмун-моҳиятини батафсил тушунтириш сўралган.

@BekobodtumaniMMTB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari

@BekobodtumaniMMTB