Bekobod tumani MMTB
503 subscribers
4.53K photos
254 videos
124 files
1.12K links
Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi,
Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy
E-mail: [email protected]
Telefon:(+998 70) 935-21-80

Admin bilan bog'lanish: @BekobodTXTBadminbot
Download Telegram
#Odob_axloq_qoidalariga_amal_qilish

⚡️Bekobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o'quvchilari o’rtasida “Odob axloq qoidalariga amal qilish” mavzusida nafaqaga chiqqan ustozlar bilan davra suxbatlari o’tkazilmoqda.

Bu davra suxbatlarida nafaqadagi ustozlar o’quchilarga xozirgi davrlari nixoyatda go’zalligi, yurtimizning tinchligi, yoshlar uchun berilayotgan barcha imkoniyatlar hamda o’quvchilardan faqat talab ta’lim olishlari, o'z kasbining yetuk kadrlari bo'lib chiqishlari, odob-axloq qoidalari haqida o'z maslahatlarini bermoqdalar.

@BekobodtumaniMMTB
Bugun Bekobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlari qatnashdi.

Yig‘ilishda 2022-2023-o‘quv yili sarhisobi, maktablarda ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishi bo'yicha amalga oshiriloytgan ishlar ahvoli, o'quvchilar davomati, kasbga yo'naltirish ishlar holati, o'quvchilar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ishlari va turli masalalar tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi.

Yig'ilish so'ngida ma'sullarga ushbu ishlar ijrosi bo'yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

@BekobodtumaniMMTB
203-10-0-Q_23.pdf
332 KB
🧾 TOSHKENT VILOYATI HOKIMINING 08.05.2023-YILDAGI 203-10-0-Q/23 SONLI QARORI

TOSHKENT VILOYATINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH
VA “HACKATHON” TANLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

@BekobodtumaniMMTB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 15-16-17-iyun kunlari Toshkent viloyatida “CodeFest” viloyat hokimi xakatoni bo‘lib o‘tadi.

💸 Umumiy mukofot jamg'armasi 1 milliard so'mni tashkil etadi.

Xakaton Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida IT Park tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatning IT salohiyatini oshirish va innovatsion loyihalar uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

Tanlov 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yo'nalishda o'tkazilishi rejalashtirilgan:
☑️ Sun’iy intellekt;
☑️ Ijtimoiy yo’nalishlar;
☑️ Kiberxavfsizlik;
☑️ Tadbirkorlik va Moliya;
☑️ O’yinlar sanoati;
☑️ Maxsus yo'nalish.

❗️Tanlovda 16 yoshdan oshgan fuqarolar qatnashishi mumkin.

5-iyun 23:59 ga qadar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin: https://forms.gle/ALCHRbXqmhYSAuXT8

@BekobodtumaniMMTB
📌 Бекобод туманидаги 51-умумий ўрта таълим мактабида юкори синф қизлари ўртасида кийиниш маданияти, эрта турмушни олдини олиш, муомила маданияти мавзуларида маҳалла маслахатчиси ва отин ойилари иштирокида давра сухбати бўлиб ўтди.

@BekobodtumaniMMTB
#Bekobod_tumani

Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumanidagi mahalla yetakchilari mahalladagi yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, sektorlar kesimida sektor birinchiligi "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.

🎖 Intellektual o’yin ko’tarinki ruh va yuqori kayfiyatda ishtiyoq bilan o’tkazilmoqda.
Shu o’rinda Qog’onsir mahallasi yoshlar yetakchisi 34-maktab o’quvchilar o’rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etdi. Shuningdek, o’yin so’ngida faol ishtirok etgan jamoalar mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish👉 https://t.iss.one/Bekobodtumanihokimligi
125 б.pdf
347.1 KB
Умумий ўрта таълим муассасалари учун 2023-2024 ўқув йилига мўлжалланган таянч ўқув режаси тасдиқланди.
2023 йил 15 май

@BekobodtumaniMMTB
⚡️1-синф ўқувчилари учун “Информатика ва ахборот технологиялари” фани жорий этилади

Жорий ўқув йилидан бошлаб, умумий ўрта таълим мактабларининг 1-синфида “Информатика ва ахборот технологиялари” фани жорий этилади.

Бу ҳақда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2023 йил 15 май кунги "Умумий ўрта таълим мактаблари учун 2023-2024-ўқув йилига мўлжалланган таянч ўқув режани тасдиқлаш тўғрисида"ги 125-сонли буйруғида назарда тутилмоқда.

Унга кўра, Республика таълим маркази бир ҳафта муддатда 1-синф “Информатика ва ахборот технологиялари” фанини ўқитиш методикаси, ўқув дастури, давлат таълим стандартлари ва тақвим-мавзу режаларини амалиётга татбиқ этиш бўйича вазирликка таклиф киритади.

Шунингдек, А.Авлоний номидаги педагогларни касбий ривожлантириш ва янги методикаларга ўргатиш миллий-тадқиқот институти томонидан бошланғич синф ўқитувчилари учун 1-синф “Информатика ва ахборот технологиялари фани”ни замонавий методикалар асосида ўқитиш ва ўргатиш бўйича қисқа муддатли ўқув курсларининг дастурини ишлаб чиқади.

2023 йилнинг 25 августига қадар бошланғич синф ўқитувчилари учун “Информатика ва ахборот технологиялари” фанининг мазмун-моҳияти бўйича қисқа муддатли ўқув курслари ташкил этилиб, ўқув курсларини муваффақиятли якунлаган ўқитувчиларга сертификат берилади.

@BekobodtumaniMMTB